Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

lashgan. Bundan so‘ng ularning London tomonga yo‘l 
olishganigina ma’lum. Nima o‘ylashni ham bilmayman. 
Polkovnik Forster Londonning bu tomonida uchragan 
har bir shlagbaum oldida va mehmonxonalardan su-
rishtirib, Xartfordshirgacha kelgan, lekin hech qanday 
natija chiqmagan – qochoqlarni hech kim ko‘rmagan. 
U Longbornga juda ham asabiylashgan holda keldi 
va bizga o‘zining juda xavotirda ekanini aytdi. Mening 
polkovnik Forsterga ham, missis Forsterga ham hech 
qanday ginam yo‘q – ularning hech qanday ayblari 
yo‘q. Lizzi, azizam, hammamiz juda yomon ahvolda-
miz. Otam bilan onam eng yomon oqibatni kutisha-
yapti, lekin men mister Uikxem haqida yomon o‘ylagim 
kelmayapti. Balki Londonda hammadan yashirin ni-
koh o‘qitish uchun ularning jiddiy sabablari bordir. 
Agar yigit yaxshi oilaning qizini boshini aylantirmoqchi 
bo‘lgan, deb o‘ylasak, Lidiya ham shu darajada aqlini 
yeb qo‘ygan bo‘lishi mumkinmi? Bo‘lishi mumkin emas! 
Polkovnik Forster ularning nikoh o‘qitgan bo‘lishlariga 
juda ham ishonmayapti. Men unga o‘zim umid qilayot-
gan fikrlarimni aytganimda, u mister Uikxemning isho­
nib bo‘ladigan odamligiga shubha qilishini aytdi

Be-
chora onamning juda mazasi yo‘q, hatto xonasidan 
ham chiqmayapti. Agar biroz o‘zini qo‘lga olsa, osonroq 
bo‘lardi, lekin buning iloji yo‘q. Otamizga kelsak, men 
shu paytgacha uni bu ahvolda endi ko‘rishim. Ham-
ma bor gapni bilib turib yashirgani uchun Kittiga jahl 
qilyapti. Lekin u bechora ham o‘ziga ishonib aytishgan 
gapni sotib qo‘yishga haqi bormidi? Sen hozir bu vo-
qealar ichida emasligingdan juda xursandman. Lekin 


287
hozir, shuncha gap-so‘zlar bo‘lib o‘tgandan so‘ng, tezda 
qaytib kelishingni shunday xohlayapmanki! Lekin agar 
senga qiyin bo‘lsa, qaytib kelishing shart emas.
P.S. Hozirgina aytgan gapimdan qaytib, sening tez-
roq yetib kelishingni aytish uchun yana qo‘limga ruch-
ka oldim. Lekin sharoit sizlarning iloji boricha tezroq 
qaytib kelishlaringni taqozo qilyapti. Men yuqoridagi 
gaplarni bemalol ayta olishim uchun tog‘amlarni juda 
yaxshi bilaman va mening ularga alohida iltimosim bor. 
Otam hozir Lidiyani topib kelish uchun polkovnik For-
ster bilan Londonga jo‘nab ketyapti. Qanaqa qilib top-
moqchi, tasavvur ham qila olmayapman. Lekin uning 
hozir juda asabiyligini e’tiborga olsak, biror ishni aql bi-
lan qila oli shiga ham ko‘zim yetmayapti, polkovnik esa 
ertaga kech qurun Braytonga qaytib ketishi kerak. Bu 
sharoitda tog‘amiz maslahati va yordami ayni muddao 
bo‘lgan bo‘lardi. U mening ahvolimni darrov tushunadi 
va men ham uning yordam bera olishiga ishonaman».
Xatni o‘qib bo‘lishi bilan Elizabet o‘rnidan sakrab 
turib ketdi:
– Qani, ular qani, tog‘amni qayerdan topay?
Elizabet har daqiqani g‘animat bilib, mister Gardi-
nerni izlab ketmoqchi edi. Lekin u eshik oldiga kel-
ganda eshik birdan ochilib, mister Darsi kirib keldi. 
Qizning oppoq oqarib ketgani va o‘ziga qarab qadam 
tashlaganini ko‘rib, yigit nima qilishni bilmay qoldi. U 
Elizabetga bir og‘iz gap topib aytguncha, butun dar-
di-fikri hozir Lidiyada bo‘lgan qiz unga qarab, dedi:
– Uzr, lekin men hozir ketishim kerak. Muhim bir 
ish yuzasidan hoziroq mister Gardinerni topishim ke-
rak. Har daqiqa g‘animat.
– Nima bo‘ldi, menga ayta olasizmi? – odob-axloq 
qoidalaridan kelib chiqib, hamdardlik bilan so‘radi 
yigit. Biroz o‘tib, qo‘shib qo‘ydi: – Albatta, men sizni 


288
ushlab qolishga haqqim yo‘q. Lekin mister va missis 
Gardinerlarni topishni menga yoki xizmatchilardan 
biriga qo‘yib bering. Sizning mazangiz bo‘lmay qolishi 
mumkin, bir o‘zingizni qo‘yib yuborib bo‘lmaydi.
Elizabet o‘z gapida turib olmoqchi edi, lekin birdan 
oyoqlari bo‘shashib ketganini sezib, chindan ham Gar-
dinerlarni bir o‘zi topa olishiga ko‘zi yetmadi. Shuning 
uchun xizmatkorlardan birini chaqirdi-da, unga mis-
ter va missis Gardinerlarni topib, ularga tezda meh-
monxonaga yetib kelishlarini aytishni buyurdi. Qiz 
hayajonlanganidan zo‘rg‘a-zo‘rg‘a gapirardi.
Xizmatkor chiqib ketgach, oyoqlarida kuch qolma-
gan Elizabet kresloga cho‘kdi. Uning ko‘rinishi shun-
chalik ayanchli ediki, Darsi uni tashlab chiqib ketish-
ni nojoiz deb bildi va g‘amxo‘rlik bilan so‘radi:
– Oqsochni chaqiraymi? Quvvat beradigan biror 
narsa ichib olishingiz kerak. Bir qadah vino quyib be-
raymi? Juda mazangiz yo‘qqa o‘xshaydi.
– Yo‘q, yo‘q, minnatdorman, – hayajonini zo‘rg‘a 
bosib, dedi qiz. – Menga hech narsa qilmadi. Men sop-
pa-sog‘man. Faqat hozirgina Longborndan kelgan yo-
mon xabar meni izdan chiqazdi.
Bu gaplarni ayta turib, qiz o‘zini yig‘idan tiyib tura 
olmadi va ancha vaqtgacha gapira olmadi. Mister Dar-
si nima qilishni bilmay, qizga taskin berishga urinib 
nimalardir der va unga ayanch bilan termilib turar 
edi. Nihoyat, qiz yana gapira boshladi:
– Men hozirgina Jeyndan juda yomon xabar yozilgan 
xat oldim. Bu endi baribir hammaga ma’lum bo‘ladi. 
Mening eng kichkina singlim qochib ketibdi... mis ter 
Uikxem bilan. Ular birga Braytondan jo‘nab ketishibdi. 
Siz bu odamni juda yaxshi bilganingiz uchun ularning 
bu qilig‘i nimaligini juda yaxshi tu shunasiz. Singlim-
ning uni ushlab qolish uchun na puli, na tanish-bili-
shi – hech narsasi yo‘q – u tamom bo‘ldi.
Darsi hayronlikdan qotib qoldi.


289
– Axir, men buning oldini olishim mumkin edi-ku! 
– battarroq hayajonlanib davom etdi Elizabet. – Men, 
uning qanaqaligini juda yaxshi bilgan odam! Mening u 
yigit haqida bilganlarimning ozginasini aytib qo‘ysam 
bo‘ldi edi. Uning qanday odamligini bilishsa, bu narsa 
ro‘y bermagan bo‘lardi. Endi hech nima qilishning iloji 
yo‘q!
– Juda achinarli hol! Rosti, menga ham yomon ta’sir 
qildi. Lekin xuddi siz aytib berganingizdek bo‘lganiga 
aminmisiz? Xatdagi hamma gaplar to‘g‘rimikan?
– Afsuski, ha! Ikkalasi Braytondan yakshanba kuni 
tunda chiqib ketishgan, Londongacha izlarini topish-
gan, lekin u yog‘i noma’lum. Ularning Shotlandiyaga 
ketishmagani esa aniq.
– Nimalar qilinibdi? Singlingizni qaytarishga uri-
nishibdimi?
– Otam Londonga ketibdi. Jeyn xatida tog‘am ning 
tezroq qaytishini so‘rabdi. Lekin endi hech narsa qilib 
bo‘lmasa kerak. Endi hech ish chiqmasligini men 
juda yaxshi tushunib turibman. Axir, bunday odam-
ga ta’sir o‘tkazib bo‘ladimi? Hech bo‘lmasa ular topilsa 
ham edi, lekin qanday qilib? Hech narsaga ishonma-
yapman. Shunchalik ham bo‘ladimi?
Darsi uning gaplarini tasdiqlagandek, indamay 
boshini egdi.
– Axir, menga u haqda aytishgandi! O‘sha paytda 
men bu narsaning oldini olishim 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish