«Men polkovnik Forsterdan bu yigitning tanish-bi-
lishlaridan uning Londonda biror tanishimi yoki qa-
rindoshimi bor-yo‘qligini bilib berishini iltimos qildim.
Agar bor bo‘lsa, ulardan Uikxem shaharning qay qismi-
da yashiringanini bilish mumkin edi. Chunki biz qurol
qilib olishimiz uchun hozir qo‘limizda hech narsa yo‘q.
Men aniq ishonamanki, polkovnik bizga yordam berish
uchun qo‘lidan keladigan hamma narsani qiladi. Lekin
mening xayolimga birovlardan ko‘ra Lizzining o‘zi yigit
borishi mumkin bo‘lgan qarindoshlarining nomini bili-
shi mumkin, degan fikr keldi».
Elizabet nima uchun mister Gardinerning xayoliga
bunday fikr kelganini da
rrov tushundi. Lekin unda
308
bu to‘g‘risida hech qanday axborot yo‘q edi. Uikxem-
ning bir necha yillar burun o‘tib ketgan ota-onasidan
bosh qa qarindoshlari borligi haqida hech narsa eshit-
magandi. Lekin uning ...shir polkidagi birorta tanishi
ko‘proq narsa bilishi mumkin. Qizning bunga ishon-
chi bo‘lmasa-da, polkovnik Forster biror yangilik ayta-
di, degan umidi bor edi.
Kunlar vahima bilan o‘tardi. Lekin eng odamni eza-
digan payt – bu pochtaning kelishini kutish bo‘lib, xat
olishlari katta voqea edi. Xatlardan qidirish ishlarining
yaxshi yoki yomon ketayotganini bilish mumkin bo‘lib,
har bir kun eng muhim xabarni olib kelishi mumkin
edi.
Lekin bir kuni, ularning mister Gardinerdan nav-
batdagi xatni olishlaridan burun, mister Bennetga
atalgan xat keldi. U mister Kollinzdan edi. Mister Ben-
net o‘ziga kelgan xatlarni ochib o‘qishlarini ta yinlab
ketgan edi. Xatni avval Jeyn ochib, o‘qib chiqdi. Keyin
Kollinzning xat yozish uslubini yaxshi bilgan Elizabet
o‘qidi. Unda quyidagilar yozilgan edi:
«Xurmatli ser!
Siz bilan qarindoshchiligimizni va mening jamiyatda
tutgan o‘rnimni e’tiborga olgan holda, biz kecha Xart-
fordshirdan olgan xat orqali eshitganimiz oilangizda
sodir bo‘lgan xunuk voqea tufayli sizga o‘z ta’ziyamni
izhor qilishni o‘z burchim deb bilaman. Hurmatli ser,
ishoning, biz missis Kollinz ikkimiz Sizga va Sizning
Oilangizga hamdardmiz. Boshingizga tushgan qayg‘u
juda og‘ir bo‘lsa kerak, chunki bu voqeaning asoratla-
rini vaqt bilan davolab bo‘lmaydi. Men o‘zim tomondan
sizning bu jiddiy baxtsizligingizni biroz yumshatish yoki
sizning ota sifatida yuragingiz ezilib ketayotgan ushbu
damlarda sizni ovutish uchun o‘z daldamni ayamay-
man. Agar qizingiz vafot etganda edi, uning qayg‘usi
hozirgi voqealar boshingizga solgan qayg‘udan yengil-
309
roq bo‘lgan bo‘lardi. Undan ham og‘irrog‘i, bu voqealar
sababi, men o‘zimning aziz Sharlottamdan eshitganim,
qizingizning yengil tabiatliligi uning tarbiyasida yo‘l
qo‘yilgan beparvolik orqasidan ekanligini tan olish bo‘lsa
kerak. Qizingizning ota-onasiga tasalli berish uchun
men, uning shunday yosh bo‘la turib bu narsaga qa-
dam qo‘ygani bunday yengiltaklik asli uning tabiatida
bo‘lgan bo‘lsa kerak, degan fikrdaligimni aytib qo‘yishim
lozim. Nima bo‘lganda ham, Siz chuqur tasalliga muhto-
jsiz. Bu fikrimga faqat missis Kollinz emas, men orqali
bu gaplardan xabar topgan ledi Ketrin va miss de
Byor-
lar ham qo‘shilishadi. Ular
yana mening Sizning qizlar-
ingizdan birining noto‘g‘ri qadami orqasida boshqa qiz-
laringiz ham yomonot liqqa chiqadi, degan xavotirimga
Do'stlaringiz bilan baham: |