Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

Greyschyorch-strit, dushanba, 2-avgust.


314
Hurmatli mister Bennet, axiri men o‘z jiyanim haqida 
sizni biroz tinchlantiradigan xabar aytishim mumkin.
Siz shanba kuni jo‘nab ketganingizdan so‘ng men 
ularning Londonning qaysi burchagida yashiringanla-
rini bilishga muvaffaq bo‘ldim. Ikir-chikirlarini ko‘rish-
ganimizda aytib beraman. Ularning topilgani va men 
ular bilan uchrashganim ham hozircha yetarli..

– Mana, mening aytganim bo‘libdi, – Elizabetning 
gapini bo‘ldi Jeyn, – ular nikohdan o‘tishibdi.
«
Men ularning ikkisini ham ko‘rdim. Ular nikohdan 
o‘tishmagan va nikohga hech qanday tayyorgarlikni 
ham ko‘rmadim. Lekin men qo‘rqmasdan nomingizdan 
aytgan shartlarga rozi bo‘lsangiz, yaqin orada to‘y bo‘la-
di. Sizdan talab qilinadigani faqat – ota-onasi o‘tib ket-
gandan keyin farzandlaringizga qoladigan besh ming 
funtning beshdan bir qismini Lidiyaga qoldirishingizni 
va Sizlar tirikligingizda qizingizga yiliga yuz funt to‘lab 
turishingizni yozma tarzda tasdiqlab berishdan iborat. 
Bo‘lib o‘tgan bunday gaplardan keyin sizning menga 
ishongan vakolatingizdan foydalanib, ularning shartiga 
rozi bo‘ldim. Men ushbu xatni chopardan berib yubora-
yapman, chunki iloji boricha tezroq javobingizni olishim 
kerak. Aytib o‘tgan gaplarim ko‘pchilik hozir hisoblayot-
gandek mister Uikxemning ishlari unchalik ham umid-
siz emasligiga sizni ishontiradi, deb umid qilaman. Bu 
o‘rinda hamma adashgan – u hamma qarzlarini to‘lab 
bo‘lgan taqdirda ham, unda Lidiyaning pullariga qo‘shib 
qo‘yadigan pul ortib qoladi. Agar Siz bu shartlarning 
hammasiga ko‘nsangiz, men darhol Sizning nomin-
gizdan Xagerstonga kerakli qog‘ozlarni tayyorlashni top-
shiraman. Londonga kelishingiz hech ham shart emas, 
shuning uchun menga hammasini ishonib, bemalol uyda 
bo‘lavering. Javobni tezroq yozib yuboring va iloji boricha 
fikringizni aniqroq ifodalang. Biz bu yerda – siz albatta 


315
rozi bo‘lishingizga ishonaman – jiyanim cherkovga bizni-
kidan ketadi, deb qaror qildik. Boshqa ishlar hal bo‘lishi 
bilan yana xat yozib yuboraman.
Sizning Edv.Gardineringiz». 
– Nahotki? Nahotki, Uikxem unga uylansa? – xatni 
buklay turib, dedi Elizabet.
– Demak, Uikxem biz hammamiz o‘ylaganchalik ab-
lah emas ekan! – xitob qildi Jeyn. 
– Xatga javob yozdingizmi? – so‘radi Elizabet.
– Yo‘q, hali. Lekin tezroq yozishim kerak.
Elizabet otasini bu ishni orqaga surmaslikka un-
dadi.
– Otajon, iltimos, uyga kirib, tezroq yozing. Bunday 
ishlarda sustkashlik qilib bo‘lmasligini o‘zingiz juda 
yaxshi bilasiz-ku!
– Agar javob yozishni xohlamayotgan bo‘lsangiz, 
sizning nomingizdan men yoza qolay? – taklif qildi 
Jeyn. 
– Albatta, xohlamayapman, – javob berdi mister 
Bennet. – Lekin afsus, xatni yozish kerak.
Shu gaplar bilan ular uyga kirishdi.
– Otajon, sizdan bir narsani so‘ramoqchi edim... Siz 
aytilgan shartlarni qabul qilasizmi? – so‘radi Elizabet.
– Qabul qilamanmi? Uning shunchalik kam so‘ra-
ganidan uning uchun men uyalib ketayapman.
– Va Lidiya unga tegishi kerak! Uning shunday 
odamligiga qaramay!
– Ha, unga tegishi kerak. Endi hech nima qilib 
bo‘lmaydi. Lekin men ikkita narsani tushunishni 
xohlardim. Birinchisi, tog‘angiz unga necha pul ti-
qishtirganki, ikkinchisi, men bu pullarni unga endi 
qanday qilib qaytaraman?
– Pul? Tog‘amga? Nimani ko‘zda tutayapsiz? – hay-
ron bo‘ldi Jeyn.


316
– Aqli bor birorta yigit ham yiliga keladigan allaqan-
day yuz funt va men o‘lganimdan so‘ng keladigan besh 
ming funt uchun Lidiyaga uylanmasdi.
– Rostdan ham. Bu narsa mening xayolimga ham 
kelmabdi. Qarzlardan qutulib, yana qolar ham emish. 
Albatta, bu ish tog‘amsiz bitmagan bo‘lsa kerak. 
Tog‘amiz qanday saxiy-a! Bu bilan u inqirozga uchra-
masa bo‘ldi! Bu yerda kam pul bilan ish bitmasdi.
– Hech qanaqasiga, – Elizabetga qo‘shildi mister 
Bennet. – Agar o‘n mingdan kamiga ko‘nib, qizimizga 
uylansa, Uikxem ahmoq bo‘lardi. Albatta, u bilan qa-
rindosh bo‘ladigan bo‘lganimizdan keyin Uikxem haqi-
da yomon gapirishni xohlamayman.
– O‘n ming! Lekin biz bu pulning yarmini ham qay-
tara olmaymiz-ku!
Mister Bennet javob bermadi va hammalari o‘z 
o‘ylari bilan band bo‘lgancha uyga kirishdi. Mister 
Bennet xat yozish uchun to‘g‘ri kutubxonaga kirib ket-
di, qizlar esa nonushta qilish uchun xonaga kirishdi.
– Nahotki, ular nikohdan o‘tishadi? Odamning 
ishon gisi kelmaydi! – xitob qildi Elizabet. – Biz yana 
bunga suyunishimiz kerak! Baxtli bo‘lishga hech qan-
day umid yo‘qligi va erining barcha kamchiliklariga 
qaramay – to‘y bo‘ladi – mana, endi gap-so‘zlarning ol-
dini olishning yagona yo‘li! Eh, Lidiya, Lidiya!
– Men esa, – dedi Jeyn, – agar uning Lidiyada ko‘ng-
li bo‘lmasa, hech qanaqasiga uylanmasdi, deb o‘zim-
ni ovutayapman. Agar tog‘amiz unga yordam bergan 
bo‘lsa ham, men bu o‘n ming va hatto shunga yaqin 
bo‘lishiga ham ishongim kelmayapti. Gardinerlarning 
bolalari bor, balki yana bo‘lar. Axir, tog‘amiz bolalari-
ning rizqini qiymaydi-ku!
– Agar biz Uikxemning qarzlari qanchaligini, ni-
koh shartnomasi bo‘yicha Lidiyaning nomiga necha 
pul qo‘yishini bilsak, tog‘am unga qancha berganini 
aniqlab olsak bo‘ladi. Uikxemning o‘zining bir tiyini 


317
ham yo‘q. Biz qarzimizni hech qachon uzolmaymiz. 
Ular Lidiyani o‘z himoyalariga olishgani, unga qili-
shayotgan g‘amxo‘rliklari uchun uzoq yillar davo mida 
minnatdor bo‘lsak-da, hech qachon uzolmaymiz. Ho-
zir Lidiya ularnikida bo‘lishi kerak! Agar ularning unga 
nisbatan shunday oliyjanoblik qilishganini tushun-
masa, u baxtli bo‘lishga sazovor emas! U xolamizning 
ko‘ziga qanday qaray olgan ekan?!
– Uikxem va Lidiyaning qilmishlarini eslamaslikka 
harakat qilaylik, – dedi Jeyn. – Odam ularning baxt-
li bo‘lishiga ishongisi kelayapti. Uning Lidiyaga uyla-
nishga rozi bo‘lgani – tuzala boshlaganining alomati. 
Ikkalasining bir-biriga intilishi ularni og‘irroq bo‘lish-
ga undaydi va ular asta-sekin yaxshi hayot kechira 
boshlashadi, deb umid qilaman va bu voqealar ham 
sekin-asta unutilib ketadi.
– Ularning qilgan qilmishlarini hech kim – na men, 
na sen va na boshqalar, hech kim unutmaydi. Buni 
gapirib o‘tirishning hojati yo‘q.
Gap shu yerga kelganda qizlar onalarining hali xat 
kelganidan xabari yo‘qligini eslab, otalaridan unga 
aytish kerak-kerakmasligini so‘rash uchun kutubxo-
naga kirishdi. Mister Bennet hali xatini yozib tugatma-
gan edi. Boshini ko‘tarmay, befarq ovozda dedi:
– O‘zinglar bilasizlar.
– Onamga o‘qib berish uchun xatni olsak maylimi?
– Xohlagan narsani olib, meni tinch qo‘yinglar.
Elizabet stol ustidan xatni olib, Jeyn ikkalasi yu-
qoriga yugurib ketishdi. Meri bilan Kitti onalarining ol-
dida edilar. Yaxshi xabarlar kelganini aytishgandan ke-
yin xatni baland ovozda o‘qib chiqishdi. Missis Bennet 
o‘zini zo‘rg‘a tutib turardi. Jeyn mister Gardinerning 
to‘y haqidagi gaplariga kelganda, uning yuzida hayrat 
ifodasi paydo bo‘ldi va borgan sari bu ifoda kuchaya 
bordi. U yaqinginada boshiga tushgan g‘am-tashvish-
dan qanchalik qayg‘uga botgan bo‘lsa, hozir bu yaxshi 


318
xabardan shunchalik hayajonlangan edi. Unga qizi 
turmushga chiqayotgani to‘g‘risidagi xabarning o‘zi 
yetarli edi. Qizining hayoti yaxshi bo‘lib ketishi uchun 
qilinadigan harakatlar, uning qilib qo‘ygan yengiltak-
ligidan afsuslanish xayoliga kelmaganidek, onaning 
esiga ham kelmayotgan edi.
– Lidiya, qizalog‘im! – xitob qildi missis Bennet. – 
Qanday ajoyib! U turmushga chiqadi! Yaqinda men 
uni ko‘raman! O‘n olti yoshida turmushga chiqa yapti! 
Ukaginam! Shunday tugashini bilgandim –
uning 
qo‘lidan hamma narsa keladi! Qizimni qanchalik 
ko‘rgim kelayotganini bilsangiz edi! Uikxemni ham! 
Nikoh ko‘ylagini nima qilamiz? Hoziroq missis Gar-
dinerga yozib yuborish kerak, Lizzi, qizginam, yugurib 
otangdan nikoh ko‘ylagi uchun necha pul bera olishi-
ni so‘rab kelgin. Yo‘q, yo‘q, to‘xta! Yaxshisi, men o‘zim 
boraman. Kitti, Xillni chaqirgin. Hozir, kiyinib olay. 
Lidiya, qizginam mening! Mana ko‘rasizlar, u kelganda 
uyimizda bayram bo‘lib ketadi!
Jeyn onasiga ko‘p masalada Gardinerlardan qarz-
dorliklarini aytib, uning oh-vohlarini to‘xtatmoqchi 
bo‘ldi.
– Faqat tog‘amning marhamati bilangina hammasi 
yaxshilik bilan tugadi. U Uikxemga yaxshigina miqdor-
da pul bergan bo‘lsa kerak, – qo‘shib qo‘ydi Jeyn.
– Nima qilibdi, bu tabiiy! – dedi missis Bennet. – 
Jiyani to‘g‘risida tog‘asi qayg‘urmasa, yana kim qay-
g‘uradi? Agar uning oilasi bo‘lmaganda pullari menga 
va qizlarimga o‘tardi. Qilishgan sovg‘alarini aytma-
sa, u bizga birinchi marta nimadir berayapti. Lekin 
men shunday xursandman, shunday xursandman! 
Yana biroz vaqtdan so‘ng – qizlarimdan biri turmush-
ga chiqqan bo‘ladi! Missis Uikxem! Qanday chiroyli 
jaranglayapti. Axir u endigina o‘n oltiga to‘ldi! Jeyn, 
jonginam, shunchalik to‘lqinlanib ketdimki, hech nar-
sa yozolmayman, shekilli. Otang bilan pul to‘g‘risida 


319
ham keyinroq gaplasharmiz. Lekin ko‘ylakni hoziroq 
buyurishimiz kerak. 
Shu bilan missis Bennet har xil gazmollar nomini 
aytib, har birining afzalliklarini sanab o‘tib, buyurt
-
ma berishga tayyor turganda Jeyn mister Bennet-
ning roziligini olmaguncha, bu ishni qilmay turishga 
onasini zo‘rg‘a ko‘ndirdi. Jeynning onasiga tushunti-
rishi bo‘yicha bir kun kechroq buyurtma berish katta 
ahamiyatga ega emas ekan. Kayfiyati baland bo‘lib tur
-
gan missis Bennet indamay ko‘nib qo‘ya qoldi. Uning 
miyasida yangi rejalar paydo bo‘la boshlagan edi:
– Hozir kiyinib bo‘lib, yangiliklarni aytish uchun 
Meritonga, Filipsnikiga boraman. Qaytayotganda esa 
Lukaslarnikiga va missis Longlarnikiga kirib o‘taman. 
Kitti, pastga tushib, karetani tayyorlashlarini ayt. Qiz-
lar, Meritonda sizlar uchun nima qilishimni xohlaysiz? 
Mana, Xill ham keldi. Xill, azizam, bizdagi yangilikni 
eshitdingizmi? Miss Lidiya turmushga chiqayapti!
Missis Xill, albatta, eshitgan yangiligidan xursand 
bo‘ldi, Elizabet va boshqa qizlarni yangilik bilan tab-
rikladi. Bu shovqin-surondan biroz charchagan Eliza-
bet hammasini yana bir marta o‘ylab ko‘rish uchun o‘z 
xonasiga qarab ketdi.
Aslida Lidiyaning sharoiti yig‘laydigan darajada 
bo‘lsa-da, bundan ham battar bo‘lishi mumkinligini 
hisobga olsa, xursand ham bo‘lish kerak edi. Elizabet 
shunga sevinayotgan edi. Agar kelajakka nazar solin-
sa, Lidiyani na oilaviy baxt, na to‘la-to‘kislik kutayot-
gan edi. Lekin ikki soatgina burun qanday qo‘rquvda 
o‘tirishganini o‘ylab, Elizabet bu voqeaning shunday 
tugaganiga ham shukur qildi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish