Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)


Yozuvchi ijodining ilk davrida yozilgan



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

1. Yozuvchi ijodining ilk davrida yozilgan 
asarlar: «Hissiyot va hissiyotga berilish» («Chuvst-
vo i chuvstvitelnost»), «Andisha va g‘urur» («Gor-
dost i predubejdeniye») va «Nortenger abbatligi» 
(«Nortengerskoye abbatstvo»).
2. Yozuvchining yetuklik davrida yozgan asar-
lari:
«Mensfild-park», «Emma» va «Idrok asoslari» 
(«Dovodi rassudka»).
Jeyn Ostin o‘z asarlarini yozuvchining vazifalari 
to‘g‘risidagi tasavvurlari va qat’iy prinsiplaridan ke-
lib chiqib, faqat o‘zining hayotiy tajribalaridan bil
-
ganlarigagina asoslanib yozadi. 
Yozuvchi «Andisha va g‘urur» («Гордост и 
предубеждение») asarida qishloq dvoryanining qizi 
Elizabet Bennet bilan o‘zining kelib chiqishi, boyli-
gi ila mag‘rur boy pomeshchikning o‘g‘li Fitsuilyam 
Darsi o‘rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qiladi. Asar 
1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida katta 
shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu asar haqida o‘sha 
paytdagi «Britaniya tanqidchisi» jurnali shunday 
yozgan edi: «Ushbu asar shu paytgacha o‘quvchilar 
hukmiga havola qilingan bu turdagi hamma roman-
lardan yuqori turadi». Umid qilamizki, mazkur asar 
hurmatli o‘zbek kitobxonlariga ham manzur bo‘ladi.
Asarning tarjimoni haqida ikki og‘iz so‘z. Tarjimon 
Muhabbat Ismoilova 1951-yilda Toshkent shahrida 


5
tug‘ilgan. U 1969–1974-yillar davomida Toshkent 
Davlat Chet tillar institutining ingliz filologiyasi 
fakultetida tahsil olgan. 1976-yildan 1985-yilga
-
cha shu institutda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ish-
lagan. 1987-yildan 1997-yilgacha Toshkentdagi 
48-umumta’lim o‘rta maktabining rus sinfl arida 
o‘zbek va ingliz tillaridan dars bergan. 1997-yildan 
shu kungacha TTESI qoshidagi akademik litseyda 
katta o‘qituvchi lavozimida ishlab, yoshlarga ingliz 
tilidan saboq berib kelmoqda.
Muhabbat Ismoilovaning oilasida ko‘ptillilik, 
ayniqsa, ingliz tilida so‘zlashish muhiti muhayyo 
edi. Bunga uning umr yo‘ldoshi, o‘z sohasining 
atoqli tilshunos allomasi, O‘zbekiston Davlat Jahon 
tillari universiteti rektori lavozimida faoliyat yurit
-
gan Abdulla Ismoilovning ingliz tili va adabiyoti-
ning noyob mutaxassisligi hamda ijodga xayrixoh 
oliyjanob inson ekanligi sharoit yaratgan edi. Be-
vosita ing liz tilidan o‘zbek tiliga badiiy tarjima bilan 
shug‘ullanish bu insonlarning orzulari edi. 
Muhabbat Ismoilova badiiy tarjima bilan ke yingi 
yillarda jiddiy shug‘ullana boshladi. 2009-yili «Jahon 
adabiyoti» jurnalining may oyi sonida Agata Kris-
tining «Tikuvchining xatosi», «Ustasi farang o‘g‘rilar» 
hikoyalari, 2010-yilda «O‘zbekiston matbuoti» jur-
nalining 1- va 2-sonlarida yuqoridagi yozuvchining 
«Klapamlik oshpazning yo‘qolishi», 2010-yilda «A’lo 
kayfiyat» jurnalining 10-sonida ingliz yozuvchisi Je
-
rom K.Jeromning «Missis Kornerning pushaymoni» 
hikoyalari tarjimalari bosib chiqarilgani tarjimon 
ijodiy tajribasining dastlabki natijalaridir. Jahon-
ga mashhur ingliz adibasi Jeyn Ostinning «Andi-
sha va g‘urur» asari tarjimonimiz qo‘l urgan birinchi 
yirik asardir. Shuning uchun tarjimada uchrashi 
mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar uchun ziyrak 


6
o‘quvchilarimizdan oldindan uzr so‘raymiz. O‘ylay-
mizki, tarjimonimizning badiiy uslubi va mahorati 
asardan-asarga tobora sayqal topib boradi hamda 
o‘zbek kitobxonlarini hali dunyo adabiyotining ko‘p 
nodir namunalaridan bahramand etadi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish