Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

«...Nikoh haqidagi kelishuvimizdan so‘ng, men bir 
necha bor bu to‘g‘rida undan so‘ragan edim, – yozardi 
mis ter Gardiner. – Menimcha, uning polkdan ketishi 
o‘zi uchun ham, Lidiya uchun ham yaxshi bo‘lishiga siz 
ham qo‘shilsangiz kerak. Mister Uikxem doimiy armi-
yaga kirishni rejalashtirayapti. Do‘stlari orasida unga 
bu borada yordam bera oladigan odam bor ekan. Unga 
shimolda joylashgan general ...ning polkida praporsh-
chik unvonini va’da qilishayapti. Ularning bu yerlardan 
uzoqroqda bo‘lishlari menga yoqayapti. U o‘zini yaxshi 
tutib yurishga va’da berayapti, men ham ular o‘zlarini 
munosib tutib yurishlari shart bo‘lgan yangi muhitda 
aqllari kirib qoladi, degan umiddaman. Men ishlarimiz 
qanday ketayotgani haqida polkovnik Forsterga yozib 
yubordim va undan Brayton va boshqa yaqin-atrofdagi 
Uikxemga pul qarz bergan odamlarni yaqin orada pul-
lari qaytarilishini aytib, tinchlantirib qo‘yishni, bu bora-
da hamma javobgarlikni men o‘z bo‘ynimga olishimni 
yetkazishini so‘radim. Balki siz ham uning Meritondagi 
kreditorlarini shu gap bilan ishontirib qo‘yarsiz. Men Uik-
xemdan olgan ro‘yxatimni sizga yuboraman. U hamma 
qarzlarining ro‘yxatini berdi. U bizni aldama yapti, deb 
umid qilaman. Xagerstonga kerakli ko‘rsatmalar beril-
gan va bir hafta ichida hamma ishlar tugaydi. Shundan 
so‘ng, agar ular Longbornga taklif qilinmasa, o‘z polk-
lariga qarab jo‘naydilar. Missis Gardinerning aytishi-
cha, Lidiya jo‘nab ketishidan oldin sizni juda ko‘rgisi 
kelayotgan emish. U sog‘-salomat, siz bilan onasiga sa-
lom aytayapti. 
Sizning E.Gardineringiz».


326
Mister Bennet va qizlari Uikxemning polkdan 
ketishining yaxshiligini mister Gardinerdan ham 
yaxshiroq tushunishardi. Lekin bu missis Bennet-
ga uncha yoqmadi. U hali ham Lidiya yaqin-atrofda 
yashaydi, degan umidini yo‘qotmagan edi. Shun-
ing uchun qizining endi uning yonida bo‘lib, onasi-
ning ko‘nglini ko‘taradi, deganda ularning shimolga 
ketishlari, missis Bennetning hafsalasini pir qildi. 
Bundan tashqari Lidiyaning shuncha xushtorlari 
bor, hamma bilan tanish bo‘lgan polkdan ketishlari 
ham uni qayg‘uga soldi:
– U missis Forsterni shunaqa yaxshi ko‘radi, ularni 
ayirish gunoh! Yana polkda unga yoqadigan bir nech-
ta yigitlar bor. General ...ning polkidagi zobitlar uncha 
yoqimtoy bo‘lmasligi mumkin.
Mister Bennet avvaliga Lidiyaning shimolga ketish-
dan oldin uydagilar bilan ko‘rishishni so‘rab qilgan 
iltimosini rad qildi. Lekin singillariga ichlari achigan 
Jeyn va Elizabet, otalariga yalinib, erkalanib, undan 
Lidiyaning to‘ydan keyin shimolga ketishidan oldin 
Uikxem bilan birga Longbornga kelib-ketishiga rux-
sat berishini so‘rashdi. Nihoyat, mister Bennet ro-
zilik berdi. Missis Bennet ham, qizining shimolga 
surgunga ketishlaridan oldin eri bilan qo‘ni-qo‘shni-
lar oldida ko‘rina olishidan boshi osmonga yetdi. 
Mister Bennet ularning kelishiga roziligini bildirib, 
qaynisiga xat yozib yubordi. Yoshlarning to‘y maro-
simidan keyin darrov Longborn ga jo‘nab ketishlariga 
kelishildi. Elizabet Uik xemning bunga rozi bo‘lgani-
ga hayron qoldi. Agar uning o‘ziga qolsa, yigit bilan 
uchrashmaslik uchun hamma narsaga rozi edi.
IX bob
Jeyn va Elizabet to‘y bo‘ladigan kuni kelindan ham 
ko‘proq hayajonlanishdi. Yoshlar uchun jo‘natilgan 


327
ekipaj ularni... yonida kutib turishi va tushlik paytiga-
cha bu yerga qaytib kelishi kerak edi.
Bu daqiqalarni ikkala katta miss Bennetlar ham 
juda betoqatlik bilan kutdilar. Ayniqsa Jeyn, bu vo-
qealarning aybdori o‘zi bo‘lganda, his qiladigan 
tuyg‘ularni Lidiyaga yopishtirib, juda to‘lqinlanayot-
gan edi. Singlisi nimalardan o‘tganini his qilib, unga 
achinib ketayotgan edi.
Kelin-kuyovlar nihoyat yetib kelishdi. Butun oila 
ularni kutib olish uchun mehmonxonaga to‘plandi. 
Uyning oldiga ekipaj kelib to‘xtaganda missis Bennet-
ning yuzlariga tabassum yoyildi, mister Bennet juda 
jiddiy, qizlar esa hayajondan o‘zlarini noqulay sezisha-
yotgan edi.
Tashqaridan Lidiyaning ovozi eshitildi, eshik lang 
ochilib, u xonaga yugurib kirdi. Onasi unga qarab qu-
chog‘ini ochgancha yugurdi. Keyin muloyimgina jilmayib, 
Uikxemga qo‘lini uzatdi va quvnoqlik bilan xuddi shun-
day bo‘lishi aniqdek, ikkala yoshga baxt tiladi.
Onasidan keyin ular mister Bennetga yaqinla-
shishdi. Lekin u xotinichalik xursandligini izhor qil-
madi. Uning yuzi battar jiddiylashgan, hatto og‘zini 
ham ochmayotgan edi. Bu ikki yoshning yengiltakligi 
uning battar jahlini chiqarishi mumkin edi. Elizabet 
hayratda, hatto Jeyn ham hayron edi: Lidiya oldingi 
Lidiyaligicha qolgan edi – surbet, aqlsiz, tinib-tinchi-
mas va maqtanchoq, o‘ziga bino qo‘ygan qiz. Bir opasi 
bilan ko‘rishib, ikkinchisiga o‘tar ekan, u opalarining 
har birini o‘zini tabriklashga majbur qildi. Nihoyat, 
hammalari stol atrofiga o‘tirishganda, u hamma yoqni 
ko‘zdan kechirib, xonada bo‘lgan o‘zgarishlarga e’tibor 
berdi va kulib, u oxirgi marta bu xonada bo‘lganiga 
ancha bo‘lganini aytdi.
Uikxem ham bemalol o‘tirar edi. Agar hammalari 
bu yigitning asli qandayligini bilishmaganida, singil-
lariga hamma qatori uylanganida edi, uning o‘zini chi-


328
royli tutishlari, jilmayishlari hammani o‘ziga jalb qilgan 
bo‘lardi. Ilgari yigitning o‘z-o‘ziga bunchalik ishonishi 
qanday oqibatlarga olib kelishini Elizabet o‘ylab ko‘rma-
gan edi. Hozir shu xonada o‘tirib, bundan buyon uyat-
siz insonning hayosizligining chegarasi bo‘lishiga hech 
qachon ishonmaslikka o‘z-o‘ziga so‘z berdi. Dam o‘tgan 
sayin u qizarib ketayotgan edi. Jeyn ham. Lekin ularni 
qizarishga majbur qilganlarning esa rangi o‘zgarmas edi.
Suhbat osonlik bilan boshlandi. Yangi kelin onasi 
bilan gaplashib to‘ymas edi. Elizabetning yonida o‘tirib 
qolgan Uikxem esa o‘zining xartfordshirlik tanishlari 
to‘g‘risida shunchalik beparvolik bilan so‘rar ediki, qiz 
uning savollariga javob berishga ojiz qoldi. Xuddi bu 
ikki yosh hayotiga soya soladigan hech narsa bo‘lma-
gandek. Ular hech narsadan pushaymon emas edilar. 
Lidiya esa suhbat mavzusini, opalari o‘lib qolsa ham 
yaqin kelmaydigan mavzuga burmoqchi bo‘lardi.
– Bu yerdan ketganimga uch oy bo‘libdi! – xitob qildi 
qiz. – O‘lay agar, menga endigina ikki hafta bo‘lgan
-
ga o‘xshaydi. Lekin bu vaqt ichida ancha-muncha vo-
qealar bo‘lib o‘tdi. Men bu yerdan jo‘nab ketayotganim-
da, endi bu yerga erli ayol bo‘lib qaytaman, degan fikr 
xayolimda ham yo‘q edi. To‘g‘ri, shunday bo‘lsa rosa 
qiziq bo‘lardi, deb o‘ylardim.
Qiz bu gaplarni aytayotganida otasi unga tikilib qa-
radi. Jeyn o‘zini noqulay seza boshladi, Elizabet esa 
Lidiyaga ma’noli tikildi. U esa o‘ziga xos bo‘lgan: agar 
xohlamasa na ko‘rmaydigan, na eshitmaydigan tarzda 
gapini davom ettirdi:
– Aytgancha, onajon, bu yerda mening erga tek-
kanimni hamma biladimi? Men bu gap hammaga yetib 
bormagan bo‘lsa, deb rosa qo‘rqdim. Shuning uchun 
Uilyam Goldinglarning aravasini quvib o‘tayotganimiz-
da u ham bilsin deb, karetaning oynasini ochib uzukli 
qo‘limni chiqardim. Keyin unga ta’zim qildim, jilmayib 
qo‘ydim va hokazo.


329
Elizabetning sabr kosasi to‘layotgan edi. U sakrab 
turib, xonadan chiqib ketdi va hammalari boshqa xo-
naga o‘tishmaguncha u yerga qaytib kirmadi. U ye-
makxonaga kirib kelganda, Lidiya onasining o‘ng to-
monida o‘tirgan Jeynga qarab gapirayotgan edi:
– Jeyn, sening o‘rningga endi men o‘tirishim kerak, 
sen esa surilasan. Axir men turmushga chiqqanman.
Vaqti kelib Lidiyada biroz bo‘lsa-da uyat paydo 
bo‘ladi, deb umid qilish qiyin edi. Aksincha u battar-
roq surbet va manmanga aylangandi. U missis Filips, 
missis Lukas va boshqa qo‘shnilarni tezroq ko‘rgisi 
va ularning unga «missis Uikxem» deb murojaat qi-
lishlarini eshitgisi kelib ketayotgandi. Hozir esa, hech 
bo‘lmaganda xizmatkorlarga maqtanib qo‘yish uchun 
tashqariga chiqib ketdi.
– Xo‘sh, onajon, mening erim sizga yoqayaptimi? – 
onasidan so‘radi qiz. – Ajoyib-a? Opalarimning menga 
rosa hasadlari kelyapti. Ular menda borining yarmiga 
ega bo‘lishsa ham xursand bo‘lardim. Ular ham Bray-
tonga borishlari kerak. Mana, qayerdan er qidirish 
kerak! U yoqqa butun oilamiz bilan borolmaganimiz 
uchun hali ham achinaman.
– Bo‘lmasam-chi! Agar mening qo‘limda bo‘lsa, 
hammamiz borgan bo‘lardik. Lekin Lidiya, rosti, sen 
u yerdan qay holda ketib qolganing menga yoqmadi. 
Shunday qilish shartmidi?
– Voy, albatta-da! Nima qilibdi? Shunisi qiziq-da! 
Endi, otam ikkalangiz, opalarim bizni ko‘rgani bo-
rishinglar kerak. Biz butun qish bo‘yi Nyu-kaslda ya-
shaymiz va men aminman, u yerda ballar bo‘lib tura-
di. Menga ishoning, u yerda opalarimning hammasiga 
yigit yetadi.
– Eng xohlayotgan narsam ham o‘zi shu!
– Uyga qaytayotganda opalarimdan bir-ikkitasi-
ni biznikida tashlab kelsanglar bo‘ladi. Ishonavering, 
qish tugaguncha men ularga er topib beraman.


330
– Menga g‘amxo‘rlik qilayotganing uchun xursand-
man, – dedi Elizabet. – Lekin sening erga tegish uslu-
bing menga yoqmaydi.
Yosh kelin-kuyovlar bu yerda faqat o‘n kun bo‘lish
-
lari rejalashtirilgan edi. Londondan ketishlari oldidan 
mister Uikxem u biriktirilgan polkka ikki haftadan 
so‘ng yetib borishi haqida ko‘rsatma olgan edi. Ular-
ning Longbornda bunchalik kam vaqt bo‘lishlaridan 
missis Bennetdan boshqa hech kim xafa bo‘lgani yo‘q. 
Ona-bolaning butun vaqtlari qo‘shnilarinikiga chiqish 
va o‘z uylariga mehmon chaqirish bilan o‘tdi. Uylarida 
doimo begonalarning bo‘lishi, biror narsa haqida jid-
diy xayol surayotganlar uchun ham, aksincha, hech 
narsani o‘ylashni xohlamayotganlar uchun ham qulay 
bo‘layotgan edi.
Uikxemning xotiniga munosabati xuddi Elizabet 
kutgandek edi. Bu munosabatni hatto Lidiya eriga 
nisbatan his qilayotgan tuyg‘u bilan solishtirib ham 
bo‘lmasdi. Ularga bir qarashning o‘ziyoq, qochish fik
-
ri Uikxemdan emas, Lidiyadan chiqqanini tasdiqlab 
turardi. Uik xemning pul ishlarida ancha muammo-
lari borligini yaxshi bilgan Eliza bet yigitning Lidiya ni 
sevmay turib, qanday qilib bu ishga qadam qo‘yganini 
hech tushuna olmayotgan edi: Uikxem shunday sha-
roitda ham birorta qizni yo‘ldan uradigan yigitlar toifa
-
sidan emasdi.
Lidiya esa Uikxemdan boshi osmonda edi. U erini 
«azizim Uikxem» deb atash uchun har bir bahonadan 
foydalanayotgandi. Qizning fikricha, u tengsiz edi. Bir 
kuni, ikkala katta opasi bilan o‘tirgan Lidiya Elizabet-
ga dedi:
– Sen hali biz qanday turmush qurganimizni bil-
maysan-a? Men boshqa opalarimga, onamga aytib 
berayotganimda sen chiqib ketgan eding. Qanday 
bo‘lganini senga aytib beraymi?
– Yo‘q, rahmat, hojati yo‘q. Bu narsalarni qanchalik 
kam eslasak, shuncha yaxshi.


331
– Voy, qiziqsan-a! Men baribir senga aytib bera-
man. Biz avliyo Kliment cherkovida nikohdan o‘tdik, 
Uikxemning uyi o‘sha prixodda. Hamma soat o‘n 
birda yig‘ilishi kerak edi. Men tog‘am va xolam bi-
lan borishim, qolganlar esa bizni cherkovning oldi-
da kutishlariga kelishilgan edi. Dushanba kuni men 
rosa hayajonlandim – xuddi bir nima bo‘ladigandek, 
xuddi to‘yni qoldirishadigandek bo‘ldi. Buning usti-
ga yana kiyinayotganimda xolamning menga o‘rgatib 
yotgan gaplari. Xuddi ma’ruza o‘qiyotgandek. To‘g‘ri-
si, aytayotgan gaplarining o‘ndan birini tushunayot-
gandim. O‘zing bilasan, men o‘zimning aziz Uikxemim 
haqida o‘ylayotgandim: uning ko‘k mundir kiyish-kiy-
masligi meni qiziqtirayotgandi.
Shunday qilib, soat o‘nda, har kungidek nonushta 
qilgani o‘tirdik. Ochig‘ini aytishim kerak, ularnikida 
ekanligimda Gardinerlar menga juda yomon munosa-
batda bo‘lishdi. Ishonasanmi, ikki haftagacha hech 
qayerga chiqa olmadim. Hech qayerga bormadim va 
hech kim kelmadi! To‘g‘ri, London bo‘m-bo‘sh edi, le-
kin Kichik teatr ishlayotgan edi. Xullas, axiri kareta 
kelganda, ish bilan mister Stoun chaqirib qoldi. O‘zing 
bilasan-ku, ikkalasi topishsa, oxiri ko‘rinmaydi. Nima 
qilishni bilmadim, jonim chiqib ketayotgandi, chunki 
o‘sha kuni kechiksak, bizni qabul qilishmasdi. Bax-
timga o‘n daqiqalardan so‘ng tog‘am bo‘shadi va biz 
yo‘lga tushdik. Keyin xotirladim: axir, tog‘am ushlanib 
qolsa ham, uning o‘rniga mister Darsi bor edi-ku!
– Mister Darsi? – hayron bo‘lib qoldi Elizabet.
– Ha, mister Darsi. U Uikxem bilan kelishi kerak 
edi. Voy, yodimdan ko‘tarilibdi: buni aytish mumkin 
emasdi-ku! So‘z bergandim. Endi Uikxem nima deydi? 
Bu sir edi-ku!
– Agar bu sir bo‘lsa, boshqa gapirma, – dedi Jeyn. – 
Men seni ayt, deb majburlamayman.
– Ha, ha, – dedi qiziqib qolgan Elizabet. – Biz sendan 
hech narsani so‘ramaymiz.


332
– Rahmat, qizlar, – dedi Lidiya. – Agar so‘rasanglar 
hamma narsani aytib yuborardim va mening aziz Uik-
xemimning rosa jahli chiqqan bo‘lardi.
Savol berishdan o‘zini zo‘rg‘a ushlayotgan Elizabet 
yaxshisi uzoqroqqa ketishni ma’qul ko‘rdi. Lekin hech 
narsani bilmay qolish ham bo‘lmasdi. Hech bo‘lmagan-
da qandaydir bir yangilikni bilmay o‘tirish azobiga chi-
dash qiyin edi. Mister Darsi uning singlisining to‘yiga 
kelgan! Bu ayni u yoqtirmagan sharoit va u yoqtirma-
gan odamlar edi-ku! Bu nimani anglatishi mumkin, 
degan turli-tuman farazlar uning xayolidan ketmay 
qoldi. Lekin ularning birortasi ham haqiqatga yaqin 
emasdi. Unga xush yoqadigan va yigitni uning nazari-
da osmonga olib chiqib qo‘yadigan sabablar unga isho-
narli emasdek tuyulardi. Elizabet bu noaniq likka ortiq 
chiday olmadi. Tezda qog‘oz olib, missis Gardinerdan, 
Lidiyaning og‘zidan chiqib ketgan gapni tushuntirib 
berishni so‘radi:

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish