Yong‘inga qarshi himoya sistemasi – yong‘in o‘chirish jihozlari va texnikalaridan, yong‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yong‘in signalizasiyasi va yong‘in o‘chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuasiya yo‘llari bo‘lishini ta’minlash, binoning yong‘inga mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yonish xavfi yuqori bo‘lgan joylar bu portlash hususiyati yuqori bo‘lgan moddalar saqlanadigan omborlar va joylardir.
Yong‘in va portlashlar uzviy bog‘liqligi sababli barcha tashkilotlarda sodir bo‘ladigan yong‘inlar natijasida portlashlar ham bo‘lishi mumkin yoki aksincha portlash natijasida yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.
Yong‘in bilan kurash muvaffaqiyatli o‘tish har bir kishining yong‘inda harakat qilinishining ketma-ketlikligiga rioya qilishlariga bog‘liq. Har bir ob’ektning xususiyatiga ko‘ra, yong‘inga qarshi o‘ziga xos rejim o‘rnatiladi:
-ob’ektlarga olib chiqadigan yo‘llar tartibliligi;
-materiallarni, tayyor mahsulotni saqlash normalari;
-ochiq olovni ishlatish qoidalari;
-ob’ektga transportni kirish-chiqishi;
-yong‘inga qarshi asbob-uskunalarning etarliligi;
-korxonaning yong‘inga qarshi kurash haqida boshqa me’yoriy hujjatlari va ko‘rsatmalariga rioya qilinishi.
Evakuatsiya-chiqish yo‘llari, ularga bo‘lgan talablar.
Evakuatsiya yo‘llari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganda, odamlarni bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga olib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi. Bunday elementlarga odamlarni doimiy ish joyidan eng qisqa yo‘l bilan tashqariga olib chiqadigan yo‘nalish bo‘ylab joylashgan yo‘laklar, dahliz, zinapoyalar va maydonchalar, darvozaxonalar, chiqish eshiklari va boshqalar kiradi.
Ma’lum vaqtda odamlarni xavfli joydan xavfsiz joyga chiqishiga yordam beradigan yo‘llar chiqish-evakuasiya yo‘llari deyiladi. Masalan, binoning hohlagan qavatidan tashqariga xavfsiz joyga chiqadigan yo‘llar, eshik, dyeraza, darvoza narvon, zinalar chiqish- evakuasiya yo‘llariga misol bo‘la oladi.
Yong‘in xavfsizligi norma, qoidalariga asosan evakuasiya yo‘llari o‘tga chidamli matyeriallardan tayyorlanishi, harakat yo‘lida begona to‘siqlar bo‘lmasligi kyerak. Har bir xona va binoda kamida ikkita chiqish-evakuasiya yo‘li bo‘lishi kerak.
Portlash – bu qisqa vaqtning o‘zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishidir. Portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida yuqori bosim ta’sirida sodir bo‘ladi. Portlashlar asosan, yong‘in portlash xavfi bor tashkilotlarda sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar portlash xavfi bor tashkilotlar hisoblanib, ularda ma’lum sharoitlarda portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bularga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, non mahsulotlari saqlovchi omborxonalar kiradi.
Portlashning zarar etkazuvchi omillari:
1. Zarba to‘lqinlari;
2. Siniq parchalarning sochilishi.
Bular birlamchi holatlar bo‘lsa, ikkilamchi portlashlar, yong‘inlar, falokatlar, kimyoviy va radiasion shikastlanishlar, keng tusda to‘g‘onlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir etilishi binolarning qulashiga olib keladi.
Portlatuvchi omillar:
1. Kimyoviy (portlovchi moddalar);
2. Yadroviy (yadroli qurollar);
3. Mexanik uslubdagi (yuqori bosimdagi suyuqliklarni quyuvchi-tarqatuvchi idishlarning
yorilishi).
4. Elektromagnit (uchqun razryadi, lazer uchquni).
Do'stlaringiz bilan baham: |