Basketbol-Futbol
1. Basketbol mashg‘ulotlari uchun zarur
sport maydonchalar qachon, qaysi shaharlarda quruldi?
Javob: 1921 yil Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Farg‘ona
shaharlarida
2. Basketbol tarixi. “Lokomotiv” jamiyatida murabbiylik vazifasini 1935 yil kim bajaragan? Javob: M.Fedorov
3. Basketbol tarixi. “Spartak” jamiyatida murabbiylik vazifasini 1935 yil kim bajaragan?
Javob: A.Kirillov
4. Basketbol tarixi. “Dinamo” jamiyatida murabbiylik vazifasini 1935 yil kim bajaragan?Javob: I.Konstantinov
5. O‘zbekiston erkaklar basketbol terma jamoasining 1935 yil birinchi murabbiyi kim?Javob: K.Morozov
6. Nechanchi yili shchitga texnik jihatdan ancha takomillashtirilgan temir halqalar o‘rnatildi?
Javob: 1936 yil sentabrda
7. Basketbol bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi nechanchi yildan buyon o‘tkazilmoqda?
Javob: 1946 yil
8. Sport jamiyatlari jamoalariga qaysi yildan “Chempion” unvoni berila boshlandi?
Javob: 1937
yildan boshlab
9. O‘zbek basketbolchilari qachondan “A” klassi bo‘yicha oliy liga jamoalari bilan baravor sobiq ittifoq chempionatida ishtirok eta boshladi?
Javob: 1964 yildan
10. O‘zbekistonda birinchi sport instruktorlar maktabi qaysi shaharda va qachon ochildi?
Javob: Toshkent shahrida 1946
yil ochildi
11. Basketbol tarixi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlaydigan jismoniy tarbiya instituti nechanchi yili tashkil etildi?
Javob: 1955 yil
12. Basketbol bo‘yicha XXR va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi marta halqaro uchrashuv qachon o‘tkazildi?Javob: 1958 yilda o‘tkazildi
13. O‘zbekistonda basketboldan ko‘rgazmali hakamlik o‘yinlari qaysi yildan o‘tkazila boshlandi?
Javob: 1939 yil qishi mobaynida ko‘rgazmali hakamlik o‘yinlari o‘tkazildi
14. O‘zbekiston xotin-qizlar basketbol jamoasi Pokistonda o‘tkazilgan ayollar to’rnirida ishtirok etib nechanchi o‘rinni egalladi?
Javob: 1996 yilda II o‘rinni egalladi.
15. Nechanchi yili, qayerda o‘tkazilgan Armiya klublari o‘rtasidagi musobaqada basketbol jamoamiz MHSK nechanchi o‘rinni egalladi?
Javob: 1996 yil AQSH da o‘tkazilgan musobaqada VII o‘rinni
egalladi
16. Malayziyada Xalqaro to‘rnirda O‘zbek basketbolchilari qachon va nechanchi o‘rinni egalladi?Javob: 1997 yili III o‘rinni egalladi
17. Basketbol tarixi. Qaysi yillar oralig‘ida ayollar jamoalari o‘rtasida “SKIF” jamoasi Respublika birinchiligida g‘olib bo‘lgan? Javob: 1991 yil
18. Basketbol o‘yin texnikasi - bu?
Javob: Musobaqaning aniq vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga imkoniyat beradigan usullar yig‘indisi
19. Basketbol o‘yin texnikasi nechta katta bo‘limga bo‘linadi?
Javob: Ikkita katta bo‘limga hujum va himoya texnikasi bo‘limlariga
20. Basketbolda hujum texnikasi-bu?
Javob: Maydonda harakat qilish va to‘p bilan bajariladigan
harakatlar texnikasi
21. Basketbolda himoya texnikasi-bu?
Javob: Maydonda harakat qilish texnikasi va to‘pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasi.
22. Basketbolda hujum texnikasida to‘p bilan bajariladigan harakatlar-bu?
Javob: Ilish, uzatishlar,
otishlar, to‘pni yerga urib yurish
23. Basketbolda yurish –bu?
Javob: Yurish maydonda harakat qilishning boshqa usullariga nisbatan kam qo‘llaniladi.
24. Basketbolda burilishlarning necha usuli mavjud?
Javob: Burilishning ikkita oldinga va
orqaga burilish usuli mavjud
25. Basketbolda yo‘nalishni o‘zgartirish bilan aldab o‘tish bu-?
Javob: Sapchish balandligini o‘zgartirib, burilishlar, to‘pni u yoqdan bu yoqqa o‘tkazib
26. Qachon va qayerda O’zbekistonning futbol bo’yicha Terma jamoasi Osiyo chempioni bo’lgan?Javob: 1994 y Xirosima
27. Xalqaro futbol asotsatsiyasi qachon tashkil etilgan?
Javob: 1904 y
28. Futbol maydonida o’yin nechinchi yildan boshlab hakam tomonidan boshqaradigan bo’ldi?
Javob: 1880-1881-yil
29. Qo‘qon shahrida futbol jamoasi qachon tashkil qilingan?
Javob: 1912-yil
30. Futbol bo‘yicha xalqaro birinchi o‘yin qachon va qaysi davlat jamoalari maydonga tushgan?
Javob: Angliya va Shotlandiya - 1873 y.
31. UEFA qachon tashkil etilgan?
Javob: 1956 y.
32. Futbol bo‘yicha birinchi jaxon chempionati o‘tkazilgan davlat, chempion bo‘lgan jamoa qaysi?Javob:
Urugvay
33. Futbol bo‘yicha 2014 yil Braziliyada o‘tkazilgan jaxon chempionatida g‘olib jamoa qaysi?
Javob: Germaniya
34. Futbol bo’yicha birinchi Osiyo Chempionat qachon o’tkazilgan? .
Javob: 1956 y,
Gonkong
35. O‘zbekistonda birinchi futbol jamoasi qachon tashkil etilgan?
Javob: 1912 y. Qo’qon
36. O‘zbekiston FIFAga qachon qabul qilingan?
Javob: 1994 y.
37. Futbol to‘pining og‘irligi qancha?
Javob: 410-450 gr.
38. Nechanchi yilda futbol Olimiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan?
Javob: 1908 y.
39. Futbol bo’yicha O’zbekiston super ligasi qachon tashkil qilindi?
Javob: 2018 yil