Yong‘in o‘chirgichlari - tarkibidagi yong‘in o‘chirish moddasini purkash yo‘li bilan yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish uchun ko‘chma va transportlanadigan qurilma. Bu yong‘in o‘chirishning eng ommaviy va qulay vositasidir. Ular bir qator ishlab chiqarishlarning texnologik jarayonlaridagi ish joylarida, turar uylarda, jamoat va sanoat inshootlarida, transportda va boshqa joylarda sodir bo‘ladigan yong‘inlarni o‘chirish uchun tavsiya qilinadi. Aynan shuning uchun, ular yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari bo‘lib hisoblanadi. Yong‘indan saqlash xizmati kelguniga qadar, avtotransport va boshqa harakatlanuvchi mexanizmlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirishda, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari ishonchli hisoblanadi.
Yong‘in o‘chirgich - tarkibidagi yong‘in o‘chirish moddasini purkash yo‘li bilan yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish uchun ko‘chma va transportlanadigan qurilma hisoblanadi.
Qo‘llaniladigan yong‘in o‘chirish moddasining turiga qarab yong‘in o‘chirgichlarni bir yoki bir nechta yong‘inlarni sinf (A, V, S va E)larini o‘chirishda qo‘llash mumkin.
Yong‘in o‘chirgichlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) transpartirovka qilish usuliga ko‘ra:
ko‘chma yong‘in o‘chirgich;
transportlanadigan yong‘in o‘chirgichlar;
b) yong‘in o‘chiruvchi moddalarning turiga ko‘ra:
suvli yong‘in o‘chirgichlar;
ko‘pikli (havo-ko‘pikli, kimyoviy - ko‘pikli) yong‘in o‘chirgichlar;
kukunli yong‘in o‘chirgichlar;
gazli (uglekislotali, xladonli) yong‘in o‘chirgichlar.
Ko‘chma yong‘in o‘chirgich – konstruktiv tuzilishiga ko‘ra og‘irligi 20 kg gacha bo‘lgan hamda fuqarolarni ko‘tarishida qulay hisoblanadigan yong‘in o‘chirgich.
Transportlanadigan yong‘in o‘chirgich - og‘irligi 20 kg dan 400 kg gacha bo‘lgan g‘ildirakka va aravachaga o‘rnatilgan yong‘in o‘chirgich.
Suvli yong‘in o‘chirgichlar - suv va suv qo‘shimchalari bilan to‘ldirilgan yong‘in o‘chirgichlar.
Ko‘pikli yong‘in o‘chirgichlar - suv qorishmalari va ko‘pik hosil qiluvchi modda qo‘shimchalari bilan zaryadlangan yong‘in o‘chirgichlar. Ular yonuvchi moddani yonish zonasidan izolyaSiyalash mexanizmi bo‘yicha ishlaydi. Shu bilan birga, ayniqsa qattiq matyeriallar yonganda ularni o‘chirishda, ko‘pikning sovituvchi ta’siri katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ko‘pikli yong‘in o‘chirgichlar ishqor metallar va moddalar, havo kirishi mumkin bo‘lmagan joylardagi yong‘inlar hamda kuchlanish ostidagi elektr moslamalardan tashqari, qattiq modda va matyeriallar, engil alangalanuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi suyuqliklarni o‘chirishda qo‘llaniladi.
Kuchlanish ostidagi elektr moslamalarni ko‘pikli yong‘in o‘chirgichlar bilan o‘chirish taqiqlanadi. Ko‘pikli yong‘in o‘chirgichlar kimyoviy-ko‘pikli va havo-ko‘piklilarga bo‘linadi.
Kukunli yong‘in o‘chirgich - kukun bilan zaryadlangan yong‘in o‘chirish moddasi kukun tarkibidan tashkil topgan. Yong‘inlarni kukunli tarkiblar bilan o‘chirish mexanizmi bir qator omillar bilan belgilab byerilgan. Kukunli yong‘in o‘chirgichlar kuchlanish ostidagi yonayotgan 1000 V gacha bo‘lgan moslamalar, plastmassa, kraska, lak, yonuvchi va engil alangalanuvchi suyuqliklarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Kukunli yong‘in o‘chirgichlar transportda, sanoatda va maishiy xizmat uylarida qo‘llaniladi.
Gazli yong‘in o‘chirgichlar - uglekislotali va xladonli yong‘in o‘chirgichlarga bo‘linadi.
Uglekislotali yong‘in o‘chirgich - uglyerod ikki oksidi bilan to‘ldirilgan yong‘in o‘chirgich. Uglekislotali yong‘in o‘chirgichlarda dioksid uglyerodi SO2 yong‘in o‘chirish moddasi hisoblanadi. Ularning ballonlari bosim ostida to‘ldiriladi. Bunda SO2 suyultiriladi. Suyultirilgan SO2 uglekislota deb nomlanadi. Uglekislota ballon hajmini butunlay emas, balki qisman egallaydi. Boshqa qismi esa uglekislotali gaz bo‘lib, yong‘in o‘chog‘iga yuqori bosim ostida siqib byeradi. Uglekislotali yong‘in o‘chirgichlar har xil turdagi modda va matyeriallarni, 10000 V gacha bo‘lgan kuchlanishdagi elektr qurilmalarni o‘chirishga mo‘ljallangan.
Uglekislotali yong‘in o‘chirgichlarning ishlash prinsipi ortiqcha bosim ostida ikki oksid uglyerodni siqib chiqarishga asoslangan. Ishga tushirish qurilmasini ishlatishda SO2 sifon quvur orqali rastrubga uzatiladi. SO2 suyultirilgan holatidan qattiq (qorsimon) holatga o‘tadi. Harorat keskin (-70o C gacha) pasayadi. Uglekislotali yong‘in o‘chirgich yonayotgan moddadan kislorodni ajratadi.
Xladonli yong‘in o‘chirgich - goloidli uglevodorod asosida yong‘in o‘chirish moddasi bilan to‘ldirilgan yong‘in o‘chirgich. Ular ham uglekislotali yong‘in o‘chirgichlar kabi ballonlarga bosim ostida to‘ldirilib va yong‘in o‘chirishda ishlatiladi. Xladonli yong‘in o‘chirgichlarning asosiy ta’sir samarasi ingibitorlardir (sekinlashtiruvchi). Yong‘in o‘chog‘ida xladonlar ajraladi, xamda hosil bo‘ladigan sekinlashtiruvchi modda yong‘in jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. A, V, S va E yong‘in siniflarini o‘chirishda qo‘llash tavsiya etiladi. Xladonlar zaharli, shuning uchun ham ularni tor va yomon shamollatiladigan xonalarda yong‘inlarni o‘chirish xavfli hisoblanadi. Yerto‘la va shaxtalardagi yong‘inlarni, hamda tutab yonadigan yong‘inlarni o‘chirish uchun xladonlardan foydalanish mumkin emas, chunki piroliz zaharli mahsulotlarining hosil bo‘lish ehtimoli paydo bo‘ladi. Shuningdek, ularni engil (Mg, Na, Al va boshqa) metallar yong‘inlarini o‘chirishda qo‘llash mumkin emas, chunki ular bilan o‘zaro ta’sir vaqtida portlash sodir bo‘lishi mumkin.
Yong‘in o‘chog‘ini izolyasiya qiluvchi mato (yopqich- koshma ) yoki kigiz yong‘in o‘chog‘idagi havoni izolyasiya qilish uchun mo‘ljallangan. Bu usul judayam samarali, lekin katta bo‘lmagan yong‘inlarda qo‘llaniladi. Katta bo‘lmagan yong‘in o‘chog‘larini yopish uchun asbestli, kigizli va dag‘al junli yopinchiqlar mavjud. Yong‘in ta’siri natijasida engil eriydigan va zaharli gazlar ajralib tarqaladigan sintetik matolarni yong‘in o‘chog‘ini yopinchig‘i sifatida izolyasiya qilish uchun ishlatish mumkin emas. Sintetik mahsulotlarning o‘zi yonuvchi hisoblanib, to‘satdan yonish qobiliyatiga ega. Asbestli matolar, 1 x 1 metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamli dag‘al junli matodan yoki kigizdan bo‘lishi kyerak. Engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan xonalarda asbestli matolarning o‘lchami kamida 2 x 1,5 metr bo‘lishi kyerak.
Yong‘in vaqtida tez qo‘llash uchun matolar suv o‘tkazmaydigan va yopiladigan futlyar (chexol, qadoq)larda saqlanadi. Ko‘rsatilgan matolar kamida 3 oyda 1 marta changdan tozalanib, quritib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |