MAVZU: O‘TKIR ZAHARLANISHLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI, ZAHARLANISHLARGA QARSHI
KURASH CHORA-TADBIRLAR
Reja:
1. Zaharlanish haqida tushuncha, uning organizmga tushish yo‘llari.
2. Ovqatdan zaharlanish (toksikoinfektsiyalar), botulizm kasalligi va ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
3. Qo‘ziqorin bilan zaharlanish va unda birinchi yordam ko‘rsatish.
4. Alkogoldan zaharlanish, ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
5. Bo‘g‘imoyoqlilar chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish.
Tayanch so‘zlar: zaharlanish, simptomatik tyerapiya, antidot, diurez, toksikoinfektsiyalar, gastroenterit, intoksikatsiya, anaerob kuchli ta’sir qiluvchi zaxarli moddalar, laringospazm, pnevmoskleroz.
Zaharlanish haqida tushuncha, uning organizmga tushish yo‘llari
Zaharlanish – bu odam organizmiga turli zaharlarni kirish oqibatida yuzaga keladigan kasallik holati. O‘tkir, surunkali, ishlab chiqarishdagi, ovqat maxsulotlari, dorilar orqali zaharlanishlar bo‘ladi. Zaharli moddaning tabiatiga qarab, ovqat maxsulotlaridan va nooziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishlar farqlanadi.
Ovqat maxsulotlaridan zaharlanishlar zaharli qo‘ziqorinlar yoki baliqlardan, ovqat mahsulotlarini mikroblar bilan zararlanishi, xom mahsulotlardan bo‘lishi mumkin.
Nooziq ovqat maxsulotlaridan zaharlanishlar kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, dori moddalari va maxsus ko‘rsatmali ZM lar bilan yuz byerishi mumkin.
Odam organizmiga ZM lar nafas yo‘llari, ovqat hazm trakti, tyeri orqali kiradi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda umumiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
1) zaharli moddalarning organizmdan chiqarilishi;
2) zaharni zararsizlantiruvchi antidotlarni zudlik bilan qo‘llash;
3) ayni zahar bilan zararlangan a’zolarni vazifalarini ushlab turuvchi simptomatik tyerapiya.
1. Ovqatdan zaharlanish (toksikoinfektsiyalar), botulizm kasalligi va ularda birinchi yordam ko‘rsatish.
Mikroblar yoki ularning toksinlari tushgan oziq-ovqatni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan hamda o‘tkir gastroentyerit va intoksikasiya belgilari bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklar ovqat toksikoinfeksiyalari deyiladi. Bu kasalliklar ko‘pincha tayyor ovqat mahsulotlariga ma’lum turdagi ichak tayoqchasi, enterokokk, stafilokokk, streptokokk va boshqa mikroblarning tushib qolishi natijasida kelib chiqadi. Buzilgan go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq, kolbasa, sabzavotlardan tayyorlangan, ya’ni jamiki sifati buzilgan mahsulotlardan kasallanish mumkin. Kasallanish yoz oylarida ko‘proq uchraydi, chunki yozda mahsulotlar tez buziladi.
Botulizm. Botulizm tayoqchasi keltirib chiqaradigan va marvaziy nyerv sistemasining og‘ir jarohatlanishi bilan kechadigan kasallik botulizm deyiladi. Bu baktyeriyaning toksini juda kuchli zaxarli modda hisoblanadi. Uni ishlab chiqaradigan mikrob anaerob, ya’ni havo kirmaydigan muhitda ko‘payadi va zahar ishlab chiqaradi. Bunday muhit kolbasada, va turli sabzavotlarda, konsyervalangan bankalarning qopqog‘i shishib qolganda hosil bo‘ladi. Agar ularni tayyorlash jarayonida b botulin tayoqchasi tushib qolsa, bu mahsulotlar kasallanishga sabab bo‘ladi. Uy sharoitida tayyorlangan konsyerva mahsulotlari ayniqsa xavotirli.
Klinik belgilari: toksin markaziy nyerv sistemasiga ta’sir etadi, tomoqda narsa tiqilish hissi, yutinish qiyinlashuvi, ovoz pasayishi, ba’zan chiqmay qolishi, ko‘z qovoqlari osilib tushishi, ko‘z xiralashishi va g‘ilaylashishi, bir narsa ikkita bo‘lib ko‘rinishi, ko‘ngil aynash, qayt qilish, qorin sohasida og‘riq turishi, ich ketishi, holsizlanish, haroratning ko‘tarilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |