Elektr tokidan shikastlanishda 1-tibbiy yordam:
a) elektr simini elektr tarmog‘idan olib tashlash, qo‘lni matyerial bilan o‘rab, rezina etik yoki kalish kiyib, yog‘och taxtaga turiladi, sun’iy nafas oldirib, yurakni yopiq massaj qilish
b) kiyimni echib, jarohatga aseptik bog‘lam qo‘yish
v) kiyimni echib, uxlatuvchi vositalar qilinadi.
Kuyish, kuyish turlari, darajalari, kuyganda birinchi yordam ko‘rsatish.
Kuyish to‘qimalarni termik, kimyoviy, elektrik yoki radiatsiya nurlari ta’siri natijasida zararlanishi hisoblanadi. Kuyish tasnifi - A.A.Vishnevskiy bo‘yicha:
1. 1- daraja – teri qizarishi.
2. 2-daraja – pufakchalar hosil bo‘ladi.
3. 3- daraja – nekroz chegarasi terining malpigiy qavati sohasidan o‘tadi. Bu qavat to‘liq yoki qisman zararlanadi, terining hamma qavati nekrozga uchraydi.
4. 4- daraja - teri nekrozi va undan chuqur joylashgan to‘qimalar ham zararlanadi. (muskul, suyak).
Bolalarda kuyish sabablari ko‘pincha issiq, qaynagan suyuqliklar hisoblanadi. (issiq ovqat, issiq choy). Kam hollarda olov yana kam hollarda esa kimyoviy moddalardan kuyish kuzatiladi. Kuyish ko‘proq maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarda kuzatiladi, bu davrda ular juda harakatchan bo‘ladilar. Bu vaqtda ko‘proq tananing pastki qismlari, asosan oyoqlar kuyadi. Kattalardan farqi bolalarda kuyish og‘irroq kechadi. Tananing 1/3 qismining kuyishi ham bola uchun xavfli hisoblanadi.
Kuyish turlari.
1. Termik kuyish - to‘kimalarga yuqori darajali haroratni ta’siri natijasi.
2. Oftobdan kuyish - haddan tashqari uzoq vaqt oftobda toblanishdan (insolyatsiya) kelib chiqadi. 1 – daraja eritema
2 – daraja pufakchalar bir necha soat ichida rivojlanadi.
3. Kimyoviy kuyish – teri va shilliq qavatlarga kuchli kislotali, ishqor, ba’zi bir og‘ir metall tuzlari, zaharli moddalar, fosfor va boshqa moddalarning ta’sir qilish oqibatida kelib chiqadi. Zararlanish darajasi ta’sir etuvchi agressiv agentning zaharli xususi-yatiga, konsentratsiyasiga, ekspozitsiyasiga (ta’sir qilish vaqti) bog‘-liq. Engil kuyishda faqatgina mahalliy yallig‘lanish belgilari ko‘-rinsa, og‘ir hollarda turli chuqurlikdagi nekroz kuzatiladi.
4. Elektr va yashindan kuyish.
Kuyish yuzasini aniqlash. Kuyishning og‘ir-engilligi faqat kuyish chuqurligiga emas, yana kuyish yuzasining maydoniga ham bog‘liq. Shuning uchun har qanday kuyishning maydoni umumiy tana yuzasiga nisbatan foiz munosabatda hisoblanib chiqiladi.
1.Kaft orqali o‘lchash – ( kaft maydoni hamma tyeri yuzasining 1-1.2 % ni tashkil qiladi). Bu usuldan oddiy va oson, faqat chegaralangan zararlanishda foydalaniladi.
2.To‘qqizlar sistemasi. Bu usulda –
bosh va bo‘yin yuzasi 9%,
qo‘llar yuzasi 9%,
oyoqlar yuzasi 18%,
tananing old va orqa yuzasi 18%,
oraliq va jinsiy a’zolar yuzasi 1%.
Bu usuldan umumiy zararlanishda foydalaniladi. Tananing ko‘p qismi kuyganda va chuqur kuyishlarda ichki a’zolarning xar xil funktsional buzilishlari kelib chiqadi. Shuning uchun ham bu holat – kuyish kasalligi termini ostiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |