Nurlanish ta’sirida kuyish – insonga ionlovchi nurlarning ta’sir etishidan vujudga kelib, o‘ziga xos bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar bilan xarakterlanadi (yashirin davri bo‘lishi, kuchli og‘riq bo‘lishi, to‘qimalarni zaharlanishi va sekin kechishi). Nurdan kuyish ko‘pincha inson tanasining ma’lum bir qismiga yuqori dozadagi nurlanishni ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Bunday kuyishlar uzoq vakt rentgen bilan davolash natijasida, RM bilan ishlashda ehtiyot choralarni ko‘rmaslik natijasida, onkologik bemorlarni davolashda kuzatiladi. Bunda nurlanish dozasi 1000-1500R va undan yuqori bo‘ladi. Bunday doza tananing hammasiga ta’sir qilsa o‘tkir nurlanish kasalligi oqibatida kuyish belgilari paydo bo‘lmasdan bemor o‘limiga sabab bo‘ladi. Nurdan kuyishda tyermik kuyishlarga o‘xshab zararlanish chuqurligiga qarab 4 darajaga bo‘linadi: 1-daraja eritema, 2-daraja pufaklar, tyerining total zararlanishi, 4-daraja tyeri osti qavati, mushaklar va ichki organlarning zararlanishi. Termik kuyishlardan klinik simptomlar kuygan vaqtda paydo bo‘lsa, nurdan kuyishda belgilar davriyligi, fazaligi bilan farqlanadi.
Nurdan kuyishda 4 ta davr farqlanadi:
1-davr – dastlabki mahalliy reaksiya (eritema)
2-davr-yashirin
3-davr-kasallikning rivojlanishi.
4-davr-tiklanish
Davrlarning davomliligi va zararlanish chuqurligi ionlovchi nurlanishning dozasiga bog‘liq. 1 – davrda bemor tyerini qichishi, gipyeremiya (qizarish) paydo bo‘lishidan shikoyat qiladi. Nurlanish dozasi kamroq bo‘lsa bu belgilar bo‘lmasligi mumkin. 2-davrda nurlanish zonasida patologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Ba’zan dastlabki eritemadan qolgan pigmentasiya bo‘lishi mumkin. Bu davrning davomliligi nurlanish dozasiga bog‘liq: nurlanish dozasi qancha yuqori bo‘lsa, yashirin davr shuncha qisqa, zararlanish chuqur bo‘ladi. Agar yashirin davr 3-4 sutka davom etsa, nurlanish dozasi yuqori bo‘lib, keyinchalik nurlangan zonada nekroz vujudga keladi (3-4 darajali kuyish). Agar yashirin davr 7-10 kun davom etsa pufaklar bo‘ladi (2-darajali kuyish), agar 20 sutka davom etsa, eritema hosil bo‘ladi (1-daraja kuyish). 3-davrda tyerida kuyishning belgilari paydo bo‘la boshlaydi, zararlanish chuqurligi nurlanish dozasi va yashirin davrning davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, yashirin davrning davomiyliligi va klinik belgilari nafaqat kuyishning og‘ir – engilliligini, shuningdek nurlanish dozasini ham ko‘rsatadi. Bu paydo bo‘lgan narsada nurlanish xaraktyeri (gamma nurlar) va organizmning shaxsiy xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Odatda 3-4 darajali kuyish mahalliy nurlanish dozasi 1000 - 4000 R bo‘lganda va yashirin davr 1-3 sutka davom etganda vujudga keladi.
4-davrda nekrotik to‘qimalarning ko‘chishi va regenyeratsiya jarayoni kuzatiladi. Chuqur kuyishlarda bu davr juda uzoq davom etadi. Hujayralarning tiklanish jarayonini bitishi juda sekinlik bilan kechib, chandiqlar hosil bo‘lishiga va jarohatlarni uzoq vaqt yopilmasligiga sabab bo‘ladi.
Kuyganda birinchi yordam ko‘rsatish.
Umumiy va mahalliy choralardan iborat.
Mahalliy choralar – kuygan yuzaga quruq aseptik bog‘lam qo‘yiladi, yopishib qolgan to‘qimalarni olib tashlanmaydi. Aks holda pufaklar yorilib, infeksiya tushishi va og‘riq kuchayishi mumkin. Shu maqsadda kuyishga qarshi maxsus standart bog‘lamlar ishlatiladi. Katta kuyishlarda transport taxtakachlari qo‘yiladi, og‘riqni qoldirish uchun og‘riq qoldiruvchi vositalar beriladi. Tanasining ko‘p qismi kuygan kishini toza, iloji bo‘lsa styeril choyshab bilan o‘rab, zudlik bilan yaqin atrofdagi kasalxonaga jo‘natiladi.
Kislota va ishqorlar bilan kuygan vaqtda kimyoviy moddalarni teridan sovuq suv oqimi yordamida yuvib tashlanadi. Kislotalar ta’siri ishqor yordamida (2%li natriy gidrokarbonat, bo‘r, magniy oksid kukuni, sovunli suv); ishqorlar ta’siri kislotalar yordamida (1-2% sirka yoki limon kislotasi) neytrallanadi.
Umumiy choralar - kuyganlarni davolash muassasasiga transportirovka qilish muhim ahamiyatga ega. Katta va og‘ir kuyishlarda transportirovka oldidan, transportirovka vaqtida shokka qarshi choralar ko‘rish muhim rol o‘ynaydi. Shu maqsadda og‘riqni qoldiruvchi preparatlar (promedol, omnopon, morfin, analgin), antigistamin dorilar (dimidrol, suprastin) beriladi. Iloji bo‘lsa ularni vena orqali yuborilgani ma’qul, chunki shokda ularni tyeri orqali so‘rilishi sekin boradi. Transportirovka vaqtida (agar u 1 soatdan ortiq davom etsa) vena ichiga 800-1200 ml miqdorda plazma o‘rnini bosuvchi elektrolit eritmalari (poliglyukin, jelatinol, reopoliglyukin, polifyer, reoglyuman, «Disol» , «Trisol»), yuboriladi. Shokka qarshi issiq choy, kofe hamda ishqoriy minyeral suvlar byerish tavsiya etiladi. Kuyganlarni yotgan holatda transportirovka qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |