Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Elektr tokidan shikastlanish



Download 23,75 Mb.
bet50/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Elektr tokidan shikastlanish – texnik yoki atmosfera elektr quvvati ta’sirida yuzaga keladigan holat. Odam organizmida elektr toki o‘tgan vaqtda sodir bo‘ladigan shikastlanishlar, mexanik va kimyoviy kuyish kabi turlarga bo‘linadi. Elektr toki bilan shikastlanishda quyidagi omillar rol o‘ynaydi; havo, poyafzal, kiyim va odamga tegib turgan jismlarning namligi; teri qavatlarining elektr tokiga bo‘lgan qarshiligini kamayishi; organizmning qonsizlanishi, isib ketishi, charchash, turli kasalliklar oqibatida qarshilik ko‘rsatish kuchining susayishi; jabrlanuvchining yoshi.
Elektr toki urishi - elektr jarohat elektr tokning reflektor ta’sirida vujudga keladi, ya’ni nyerv tizimini falajlaydi. Elektr toki inson tanasidan o‘tishi nyerv tolalariga ta’sir o‘tkazadi va inson tanasi a’zolari hamda mushaklari kuchli qisqarishi, yurak to‘xtab qolishi asoratlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Organizmning barcha a’zo to‘qimalari elektr tokidan shikastlanishi mumkin. Lekin tok ko‘proq tokning kirish va chiqish yo‘li o‘rtasidagi sohalarni zararlaydi – «tok belgilari». To‘qimalardagi bu o‘zgarishlar oddiy kuyishlardan farq qiladi - to‘qimalarning zararlanishi chuqurroq, yiringli protsesslarning vujudga kelishi kamroq, kuyish sohalarida chandiqlarning bo‘lmasligi, ko‘zga ko‘ringan mahalliy o‘zgarishlar bilan a’zo va to‘qimalarning elektrda shikastlanish alomatlarining mutanosibligini yo‘qligi, nerv retseptorlarining zararlanishi tufayli og‘riqning sezilarli bo‘lishidir.
Elektr tokining inson organizmiga ta’siri:
1. Biologik ta’sir – inson organizmi to‘qimalaring qo‘zg‘alishi va ta’sirlanishi. Natijada skelet mushaklarini qattiq siqilishi, ba’zi hollarda nafas olishning to‘xtab qolishini kuzatish mumkin.
2. Elektrolitik ta’sir – inson organizmidagi suyuqliklarning elektr toki ta’siridagi elektroliz (qondagi fiz va kim xususiyatlarining o‘zgarishi) hodisalarining yuz berishi, qon to‘qimalari va molekulalari xususiyatlarining o‘zgarishi.
3. Issiqlik ta’sir – inson tanasi ayrim a’zolarining kuyishi va qon hamda qon tomirlarining tok ta’sirida qizib ketishi.
4. Mehanik ta’sir – inson tanasi a’zolari va to‘qimalarining qatlamlarga ajralib ketishi va to‘qimalarning yorilishi.
Elektr tokidan engil shikastlangan vaqtda skelet mushaklarining kuchli titrab qisqarishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘krakda og‘riq, umumiy darmonsizlik, halloslash kuzatiladi. Og‘ir hollarda yuqoridagi simptomlardan tashqari hushdan ketish ro‘y beradi. Bir vaqtning o‘zida kuchli hayajonlanish, retrograd amneziya, sezuvchanlik, ko‘rish, eshitish, hid bilish qobiliyatlarining buzilishi, turli patologik reflekslarning paydo bo‘lishi, kalla suyagi ichki bosimning ko‘tarilishi kuzatiladi. Puls sekinlashadi, yurak tovushlari sust eshitiladi, titratuvchi aritmiya vujudga keladi.
Organizmning barcha organ to‘qimalari elektr tokidan shikastlanishi mumkin. Lekin tok ko‘proq tokning kirish va chiqish yo‘li o‘rtasidagi sohalarni zararlaydi – «tok belgilari». To‘qimalardagi bu o‘zgarishlar oddiy kuyishlardan farq qiladi - to‘qimalarning zararlanishi chuqurroq, yiringli prosesslarning vujudga kelishi kamroq, kuyish sohalarida chandiqlarning bo‘lmasligi, ko‘zga ko‘ringan mahalliy o‘zgarishlar bilan organ va to‘qimlarning elektrda shikastlanish alomatlarining mutanosib-ligini yo‘qligi, nyerv reseptorlarining zararlanishi tufayli og‘riqning sezilarli bo‘lishidir.
Elektr tokidan engil shikastlangan vaqtda skelet mushaklarining kuchli titrab qisqarishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘krakda og‘riq, umumiy darmonsizlik, halloslash kuzatiladi. Og‘ir hollarda yuqoridagi simptomlardan tashqari hushdan ketish ro‘y byeradi. Bir vaqtning o‘zida kuchli hayajonlanish, retrograd amneziya, sezuvchanlik, ko‘rish, eshitish, hid bilish qobiliyatlarining buzilishi, turli patologik reflekslarning paydo bo‘lishi, kalla suyagi ichki bosimning ko‘tarilishi kuzatiladi. Puls sekinlashadi, yurak tovushlari sust eshitiladi, titratuvchi aritmiya vujudga keladi.
Yurakning to‘xtashi elektr tokining adashgan nyervga va markaziga to‘g‘-ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi natijasida, hamda nafas to‘xtab, kislorod etish-movchiligi natijasida ro‘y byeradi. Elektr tokining to‘g‘ridan-to‘g‘ri nafas markaziga va nafas mushaklariga ta’sir etishi natijasida bo‘g‘ilish ro‘y berib, nafas to‘xtaydi.
Qon tomirlarida ham xavfli o‘zgarishlar ro‘y beradi : qon tomir devoriga qon quyiladi, devorning muskul tolalari buralib, uziladi. Qon to-mirlarda tromboz vujudga keladi, bu esa nafaqat to‘qimalarning zararlanish hududini kengaytiradi, balki keyinroq bo‘ladigan qon ketishlarni vujudga keltiradi. Shunday qilib, elektr tokida shikastlanganda bo‘ladigan og‘ir, ba’zan o‘limga olib keladigan holatlar quyidagi sabablar natijasida bo‘ladi: yurakning birinchi falajlanishi (oq asfiksiya), nafasning birlamchi falajlanishi (ko‘k asfiksiya), miya shishi, «soxta o‘lim» belgilarini rivojlanishi, ya’ni funksiyalarni keskin buzilishi yoki susayishi, hayot belgilarini yo‘qolishi.
Yurakning to‘xtashi elektr tokining adashgan nyervga va markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi natijasida, hamda nafas to‘xtab, kislorod etish-movchiligi natijasida ro‘y byeradi. Elektr tokining to‘g‘ridan-to‘g‘ri nafas markaziga va nafas mushaklariga ta’sir etishi natijasida bo‘g‘ilish ro‘y berib, nafas to‘xtaydi.
Qon tomirlarida ham xavfli o‘zgarishlar ro‘y beradi: qon tomir devoriga qon quyiladi, devorning muskul tolalari buralib, uziladi. Qon tomirlarda tromboz vujudga keladi, bu esa nafaqat to‘qimalarning zararlanish hududini kengaytiradi, balki keyinroq bo‘ladigan qon ketishlarni vujudga keltiradi. Shunday qilib, elektr tokida shikastlanganda bo‘ladigan og‘ir, ba’zan o‘limga olib keladigan holatlar quyidagi sabablar natijasida bo‘ladi: yurakning birinchi falajlanishi (oq asfiksiya), nafasning birlamchi falajlanishi (ko‘k asfiksiya), miya shishi, «soxta o‘lim» belgilarini rivojlanishi, ya’ni funksiyalarni keskin buzilishi yoki susayishi, hayot belgilarini yo‘qolishi kuzatiladi. Birinchi tibbiy yordam:
Dastlab elektr tokining ta’sirini to‘xtatish, bunda yordam ko‘rsatuvchi o‘zining xavfsizligini ta’minlovchi elementar qoidalarga rioya qilishi kyerak: tokni o‘chirish, saqlagichlarni burab olish, tok byeruvchi simlarni uzish, qo‘lga rezina qo‘lqop, oyoqqa rezina etik kiyish qo‘lni quruq gazlama bilan o‘rab olish, oyoq tagiga quruq narsa solish kerak.
Tok urgan kishiga tezda tibbiy yordam ko‘rsatish kyerak.Tibbiy yordamning hajmi shikastlanganning holati va shikastlanish xaraktyeriga bog‘liq. Shikastlangan kishini tekis va quruq joyga yotqiziladi (hushida bo‘lsa xam, hushsiz bo‘lsa ham).Tanani yerga ko‘mish umuman mumkin emas, chunki tana sovib, ko‘krak qafasi ezilib, sun’iy nafas oldirish qiyinlashadi. Tokni uzib qo‘yilgach, tezda sun’iy nafas oldirish va yurakni yopiq massaj qilish kyerak. Sun’iy nafasni «og‘izdan-og‘izga» , «og‘izdan –burunga» yaxshi natija beradi.
Yurak va nafas faoliyatini yaxshilash uchun amilnitrat, nashatir spirti hidlatiladi, kofein, kordiamin, efedrin yuboriladi. Kuygan joylarga (tok belgilari) aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Yotgan holatda ehtiyotlik bilan kasalxonaga kuzatuvchi birgaligida jo‘natiladi, chunki, yurak va nafas faoliyatlarining buzilishlari takrorlanishlari mumkin. Kasalxonada ko‘rsatiladigan tibbiy yordam yurak va nafas faoliyatini yaxshilashga qaratiladi. Sun’iy nafas apparat usuli bilan amalga oshiriladi. Yurak fibrillyatsiyasini yo‘qotish uchun yurak ichiga 1-3 ml adrenalin yoki noradrenalin, 5% li kaltsiy xlor 40% li glyukoza bilan birga yuboriladi. Elektr tokidan shikastlanganlarni hech qanday shikoyatlari bo‘lmasa ham uzoq vaqt kuzatilab turiladi.
Bemorda kuchli hayajonlanish ro‘y byerganda muskul orasiga neyroleptik aralashmalar yuboriladi (2% li aminazin eritmasi, dimedrol, pipolfen, promedol), vena orasiga sekinlik bilan miorelaksantlar (ditilin, listepon) yuboriladi, xloralgidratning 3% li eritmasi 30-40 ml miqdorida klizma qilinadi. Keyinchalik mumkin bo‘lgan qon ketishlarning oldini olish maqsadida rezina jgut, operatsiyada ishlatiladigan asboblarni, qon quyish sistemalarini tayyorlab qo‘yiladi.

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish