Desmurgiya va transport immobilizatsiyasi
Desmurgiya tushunchasi. Desmurgiya ( grekcha “desmos”-bog‘, bog‘lash va “ergan”-ish) – bog‘lam qo‘yish to‘g‘risidagi ta’limot. Turli shikastlanishlar va kasalliklarda mahorat bilan to‘g‘ri bog‘lam qo‘yish tibbiyotda vujudga kelgan qadimiy ko‘nikmalardanbiri hisoblanadi.
Bog‘lash (bog‘lam qo‘yish) jarog‘at va tyerining kasallangan joylarini tashqi muhit ta’siridan himoya qilish va qon to‘xtatish va shikastlangan joyni immobilizasiya qilish maqsadida qo‘llaniladigan mustahkamlash usuli hisoblanadi.
Bog‘lam qo‘yish ikki qismdan tashkil topgan: jarohatga davolash maq sadida qo‘yiladigan matyerialdan va mustahkamlovchi bog‘lov materialidan.
Mustahkamlovchi bog‘lov sifatida dokali, lentasimon bint ishlatiladi. Bintlardan tashqari bog‘lamlarni mustahkamlash uchun kley (kleol, ollodiy, rezina kleyi va boshqalar), leykoplastir, ip gazlamadan tayyorlangan uchburchak ro‘mollar(kosinka) ishlatiladi.
Asosiy bog‘lov matariallari dokali bintlar bo‘lib, o‘lchamlari turlicha bo‘ladi: 5smX5sm, 10smX5sm, 14smX7sm, 16smX10sm. Bint bosh qismi (o‘ralgan)dan va bo‘sh tarafidan(uchidan) tashkil topgan.
Bintli bog‘lamlar.
Bintli bog‘lamlarning turlari: sirkulyar – bintning yo‘llari (turlari) bir-birini to‘liq byerkitadi; spiral – bintning har bir turi oldingisini ½ yoki 2/3 qismini berkitadi; krestsimon, sakkizsimon, boshoqsimon – bintning turlari bir-birini ko‘ndalangiga yoki qiyshiqroq kesadi. Boldir va bilakka bog‘lam qo‘yishda spiral bog‘lamning turlari notekis joylashadi. Shuning uchun har bir turdan keyin bintni aylantirib olinadi. Aylantirilib olingan joy to‘g‘ri chiziqda joylashishi kerak.
Kaft va barmoqlarni bog‘lash uchun 5 sm., bosh, elka va bilakni bog‘lash uchun 7-9sm., tana va sonni bog‘lash uchun esa 8-20 sm. kenglikdagi bintlar qo‘llaniladi. Bog‘lam qo‘yishdagi umumiy qoidalar:
1. Bemorga qulay sharoit beriladi.
2. Bog‘lam qo‘yiladigan joy fiziologik jihatdan qulay holatga keltirib olinadi.
3. Bemor tinch turishi, bog‘lanadigan joy mushaklari bo‘shashgan bo‘lishi kerak.
4. Bog‘lam tugatilgach, bemor bog‘lam qo‘yishda qanday holda bo‘lsa, shunday qolishi kerak.
5. Barmoqlar uzatilgan, kaft ochilgan, tirsak bukilgan, elka bo‘g‘imi qo‘lni tanadan bir muncha chetlatgan holda, chanoq-son va tizza bo‘g‘imlari oyoq uzatilgan holda bo‘lishi kerak.
6. Yordam ko‘rsatilayotganda bemorning yuzini kuzatib borish kerak.
7. Bintning bosh qismi o‘ng qo‘lda, uchi chap qo‘lda bo‘lishi kerak.
Shaxsiy bog‘lov xaltasi. Ommaviy shakstlanish ro‘y byergan sharoitlarda jarohatga dastlabki bog‘lamni qo‘yishda shaxsiy bog‘lov xaltasidan foydalaniladi. U ikkita styeril, o‘lchami 15x15 sm. bo‘lgan paxta-dokali yostiqchadan va unga biriktirilgan kengligi 7-10 sm. styeril bintdan iborat. Bintning bir tomoni 1 ta yostiqchaga biriktirilgan bo‘lib, ikkinchi yostiqcha bint bo‘ylab harakatlantiriladi. Bint yostiqchalar bilan birrga pyergament qog‘ozga joylashtirilib, rezinali matyerial bilan chetlari yopishtirilgan.
Shaxsiy boylov xaltasini qo‘llash qoidasi:
1. Rezinali matyerial qavatini kesilgan joyidan ochilib, olib tashlanadi.
2. Qog‘ozli qavatdagi to‘g‘nog‘ich olinadi.
3. Chap qo‘l bilan bintning uchini ushlab, bintning bosh qismi ochiladi.
4. O‘ng qo‘l bilan bintning bosh qismini ushlab xaltacha ochiladi.
5. Yostiqchalarning rangli ip bilan tikilgan tomonigagina qo‘l bilan tegish mumkin, yostiqchani kyerakli masofaga surtish mumkin.
6. Yostiqchalarni jarohatga qo‘yib, bint bilan bog‘lanadi, bintning oxiri to‘g‘nog‘ich bilan mustahkamlanadi.
Sirkulyar bog‘lam – silindrik yuzalarga qo‘yiladi. Bundan bintning har bir turi oldingisini to‘liq yopadi.
Spiralsimon bog‘lam – silindrik va konussimon yuzalarga qo‘yiladi. Mahkamlovchi turdan keyin har bir keyingi tur oldingisini ½ yoki 2/3 qismini yopishi kyerak. Konussimon yuzalarga bog‘lam qo‘yilganda bintni bir marta aylantirib olinadi.
O‘rmalovchi bog‘lam – jarohat maydoni katta bo‘lgan hollarda boylov matyerialini mahkamlash uchun qo‘yiladi. Mahkamlovchi sirkulyar turdan keyin turlar orasida bint kengligida bo‘shliq qoldirib bog‘lanadi.
Boshoqsimon bog‘lam – elka bo‘g‘imiga, qo‘ltiq sohasiga, o‘mrovga, chanoq-son bo‘g‘imiga qo‘yiladi.
Qaytalama bog‘lam – qo‘l yoki oyoqning amputasiyasidan keyin kultyaga qo‘yiladi. Dastlab sirkulyar tur bilan mahkamlanadi, keyin oldidan orqaga qarab bukib, sirkulyar tur bilan mustahkamlanadi.
Toshbaqasimon bog‘lam – tirsak va tizza bo‘g‘imlariga yarim buklangan holatda qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |