QON TOMIRLARDAN QON KETISHI, SUYAKLARNING SINISHI VA ULARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
Reja:
1. Qon tomirlaridan qon ketishi sabablari, turlari, vaqtincha to‘xtatish usullari.
2.Suyaklarning sinishi va ularda shoshilinch tibbiy yordam.
3.Desmurgiya, transport immobilizatsiyasi.
Tayanch so‘zlar: gipertoniya, qon ivishi, arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz,
gemartroz, gemotoraks, jgut, desmurgiya, transport immobilizatsiyasi, shina.
Qon tomirlaridan qon ketishi sabablari, turlari, vaqtincha to‘xtatish usullari.
Qon tomir butunligining buzilib, qonni qon tomiridan tashqariga chiqishiga qon ketish deyiladi. Qon ketish turli shikastlanishlarda, yiringli jarayonlarda, qon bosimi oshganda (gipyertoniya kasalligi), nurlanish (radioaktiv rentgen nurlari) ta’sirida og‘rigan bemorlarda, qon ivishi pasaygan kasalliklarda vujudga kelishi mumkin.
Qon ketishi birlamchi, ya’ni shikastlangan zahoti, yoki ikkilamchi, ya’ni qon ketishi to‘xtagandan bir muncha vaqt o‘tgach, bo‘lishi mumkin. Qaysi qon tomir zararlanganligiga qarab qon ketishlar quyidagilarga farqlanadi:
1. Arterial qon ketishi - ancha xavfli bo‘lib, qon jarohatning markazidan favvoraga o‘xshab otilib chiqadi, uzilib-uzilib oqadi, qonning rangi och qizil bo‘ladi. (kislorodga to‘yingan qon)
2. Venadan qon ketishi - qon jarohatning pyerifyerik qismidan bir maromda ipsimon bo‘lib oqadi, qonning rangi to‘q qizil rangda bo‘ladi. Yurakka yaqin joylashgan venalarning shikastlanishi hayot uchun xavfli hisoblanadi (bo‘yin, yuqorigi va pastki kovak venalar o‘mrov osti venasi). Bu vaqtda hayot uchun nihoyatda xatarli bo‘lgan havo emboliyasi bo‘lishi mumkin. Odatda venadan qon ketishini, yirik venalarni hisobga olmaganda oyoq yoki qo‘lni yuqori ko‘tarish yoki siqib bog‘lab ko‘yish bilan to‘xtatish mumkin.
3. Kapillyar qon ketishi - bu aralash qonning ketishi bo‘lib, mayda artyeriya va venalardan qon kyetadi, bunda jarohatning butun sathidan qon tomchi-tomchi bo‘lib sizib chiqadi. Bunday qon ketishni oddiy bog‘lash, siqib bog‘lab qo‘yish bilan to‘xtatish yoki o‘z-o‘zidan to‘xtashi mumkin.
4. Parenximatozli qon ketish - bunda parenximatoz organlar bo‘lgan jigar, taloq, buyrak va boshqalardan qon ketish tushuniladi. Bu xavfli qon ketish bo‘lib, uni aniqlash va to‘xtatish anchagina qiyin.Odatda uni to‘xtatish uchun biologik usullardan foydalaniladi (muskul, fassiya - ko‘chirib o‘tish), tikib qo‘yish, ba’zan taloq yoki buyrakni olib tashlanadi. Qon qayerga quyilishiga qarab, ichki va tashqi qon ketishga bo‘linadi.
Tashqi qon ketishda qon tyeridagi jarohat orqali tashqariga ajraladi. Ichki qon ketishda qon to‘qimalariga, a’zolariga yoki bo‘shliqlarga quyiladi va maxsus nomlar bilan ataladi: gemotoraks ko‘krak bo‘shlig‘iga qon quyilishi; gemartroz-bo‘g‘im oralig‘iga qon quyilishi ; gemotoma- to‘qima oralig‘iga yig‘ilgan qon.
Ba’zan ichki va tashqi qon ketishi birga kuzatilib, aralash qon ketishi deyiladi. Yo‘qotilgan qonning hajmiga ko‘ra qon ketishlar xam miqdorda 500 ml gacha, o‘rta darajada-1000 ml gacha, katta mikdorda-1500ml gacha va o‘ta katta mikdorda-1500 mldan yuqori, qon ketishlar deb ataladi. Qon ketishi mahalliy va umumiy belgilar bilan xaraktyerlanadi: Tashqi qon ketish belgilari asosan shikastlanish og‘ir-engilligiga, shikastlangan tomirning katta kichikligiga va qon ketish xaraktyeriga bemorni qon yo‘qotish darajasiga bog‘liq. Ichki qon ketishning asosiy umumiy belgilari bo‘lib, ular tyeri va shilliq qavatlarning rangsizlanishi, tashnalik, tyerining quruq bo‘lishi, puls sekinlashib sustlashishi, artyerial bosimni pasayishi, qonda gemoglobin miqdorini kamayishi, nafas olishni tezlanishi, oyoq-qo‘llarni muzlashi, madorsizlik, umumiy darmonsizlik, ko‘ngil aynish, quloq shang‘illashi, esnash, uyquchanlik, halloslash, hushdan ketish, og‘ir hollarda talvasaga tushish va o‘lim. Qon ketish natijasida tomirlardagi qon miqdorini keskin kamayishi qon bosimini tushib ketishi va bosh miyaga qon va kislorodning etishmasligi sababli o‘lim bo‘lishi mumkin. Odam 2,5 l qon (hamma qonnning yarmi) yo‘qotsa, bu o‘tkir qon yo‘qotish deb atalib, o‘lim bilan barobar. Lekin bemorning yoshi va jinsiga, yurak qon tomirlar sistemasining holatiga, qon ketish tezligi va xaraktyeriga qarab, bundan kamroq qon yo‘qotganda ham o‘lish mumkin. Bolalar va keksaygan bemorlarda qon yo‘qotish og‘ir kechadi. Ayollarda organizm fiziologik jihatdan qon yo‘qotishga o‘rganganligi tufayli, qon yo‘qotish engil o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |