Qon ketishini to‘xtatish usullari.
1.Qon ketishini vaqtinchalik to‘xtatish usullari:
A) siqib bog‘lab qo‘yish. Qon oqayotgan yuzaga styeril doka yoyilib, ustidan
paxta qo‘yiladi va siqib bog‘lab quyiladi. Buning uchun shaxsiy boylov paketi
juda qulay.
B) oyoq yoki qo‘lni ko‘tarib quyish usuli ko‘pincha venoz qon ketishda
qo‘llaniladi.
V) oyoq yoki qo‘lni maksimal darajada bukilishi. Bu usul jarohat oyoq yoki
qo‘lni asosida joylashib, jgut bilan bog‘lash mumkin bo‘lmagan hollarda
qo‘llaniladi.
G) barmoq bilan bosib turish usuli. Boshdagi jarohatlardan qon ketganda chakka
arteriyasini bosiladi; yuz atrofidan qon ketishda tashqi jag‘ artyeriyasini pastgi jag‘ga, uning burchagi bilan dahan o‘rtasidagi yuzaga bosiladi; uyqu artyeriyasini to‘sh- o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskulning ichki qirrasi bo‘ylab, bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘sig‘iga bosiladi: elka artyeriyasi ikki boshli muskulning ichki qirrasi bo‘ylab, elka suyagiga bosiladi: o‘mrov osti artyeriyasi 1- qovurg‘aga o‘mrov suyagi ustidan bosiladi: son artyeriyasi chov sohasida son suyagiga bosiladi.
D) Jgut yoki buragich yordamida to‘xtatish usuli. Qon oqayotgan joydan yuqoriroqga quyiladi. Bu usul ko‘proq artyeriyadan qon ketganda ko‘llaniladi. Jgut bilan bog‘lash-yirik tyeri osti venalaridan qon ketganda ham ko‘llanilishi mumkin. Bunda jgut qon oqayotgan joydan pastroqga qo‘yiladi.
2.Qon ketishning butunlay to‘xtatish usullari:
Qon oqishini butunlay to‘xtatish kasalxonalarda vrach tomonidan amalga oshiriladi
va quyidagi usullarda bajariladi:
A) Mexanik usul-kapilyar va kichik qon tomirlardan qon ketish siqib bog‘lash,
ko‘tarib turish usullari bilan butunlay to‘xtatish mumkin. Parenximatoz organlardan qon ketishlarda tamponada qilinadi: jarohatlangan jag‘ oralig‘iga necha qavatlangan uzun doka kirgiziladi. Bunday usul burundan, kindik va boshka organlardan ya’ni qonayotgan tomir ko‘rinmagan hollarda qo‘llanilgan. Tampon 48-soatdan keyin narkoz ostida olib tashlanadi. Agar tampon yaxshi olinmasa 3 % li vodorod pyeroksid eritmasi bilan ivitiladi. Tomirlarga ligatura quyish ( ip bilan bog‘lab qo‘yish), tikib qo‘yish, zararlangan tomirni sun’iy tomir bilan almashtirish usullari ham yaxshi natija byeradi.
B) fizikaviy usul-qon ketishini sovuq (muz xaltasi) yoki issiq yordamida to‘xtatish
eng yaxshi fizikaviy usul-yuqori chastotali tokdan foydalanish – elektokoagulya-
tsia (elektrpichogi). Fizikaviy usul past haroratda oqsillarni koagulyasiya
qilinishi natijasida tromb hosil bo‘lish xususiyatlariga asoslangan.
V) Kimyoviy usul—moddalarni qon tomirlarini toraytirish va qon ivishini tezlatish hususiyatiga asoslangan. Tomirlarni toraytiruvchi preparatlarga 0,1% li adrenalin, Noradrenalin eritmasi, vazopressin stiptisin moddalari kiradi. Qonning ivishini tezlatuvchi preparatlarga 10% li SaSl (vena orasiga yuboriladi), 5-10 % natriy xlor, 40% li glyukoza vitamin C bilan (vena orasiga), muskul orasiga vikasol, 3% li vodorod pyeroksidi shimdirilgan tampon kiradi.
G) Biologik usul-qon ketishini shu joyning o‘zida to‘xtatish va butun organizmga ta’sir etib, to‘xtatish usullariga bo‘linadi. Birinchi usulda quyidagilar qo‘llaniladi: gemostatik gubka, trombin, gemostatik paxta, fibrin klyonkasi, biologik antiseptik tampon. Ikkinchi usul-qon, plazma va qon o‘rnini bosuvchilarni qo‘yishdan iborat. Bolalarda qon oqishini to‘xtatish usullari xuddi kattalarnikiga o‘xshash bo‘lib, jgut bilan bog‘langan vaqti 45 minut yoki 1 soatdan oshmasligi kyerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |