Sinishning turlari va alomatlari.
Tashqi mexanik ta’sir natijasida suyaklar butunligining buzilishiga – suyaklarning sinishi deyiladi. Sinishlar travmatik (shikastlanish natijasida) va patologik o‘smasi natijasida bo‘ladi. Deyarli har bir sinish muskullarni, nyerv stvollarini, qon tomirlarini va ko‘pincha ichki organlarni zararlanishi bilan kechadi.
Sinishlarning turlari:
1. Sinish tekisligini suyakning uzunlik o‘qiga bo‘lgan yo‘nalishiga qarab, sinishlar bo‘ladi.
a) Ko‘ndalangiga sinish, qiyshiq sinish, vintsimon sinish, uzunasiga, bo‘lakli (maydalanib)
2. Joylashgan joyiga ko‘ra:
a) Epifizar sinish – cinish chizig‘isuyakning epifiz qismidan o‘tgan bo‘lib, bunday sinishning bitishi qiyin bo‘ladi. Epifizar sinish bo‘g‘im chiqishi bilan kechadi(sinib-chiqish).Sinish chizig‘i bo‘g‘im ichidan o‘tganligi sababli bitishi qiyin bo‘ladi.
b) Metafizar sinish- sinish chizig‘i suyakning g‘ovaksimon qismidan o‘tgan bo‘ladi.Markaziy va pyerifyerik bo‘lakning siljishi bilan kechadi.
c) Diafizar sinish – sinish chizig‘i diafiz sohasidan o‘tgan bo‘ladi.
3. Sinishlar to‘liq va to‘liqmas bo‘lishi mumkin.
a) Agar sinish chizig‘i butun suyak bo‘ylab o‘tgan bo‘lsa,to‘liq sinish deyiladi.
b) Agar suyakning faqat bir qismi zararlanib,bo‘laklar siljimasa,to‘liqmas sinish deyiladi.
Suyaklar sinishining qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar,ularni 2ta katta turga bo‘lamiz: ochiq va yopiq sinishlar.Agar suyaklar sinishi tyeri butunligini buzilishi bilan birga ro‘y byersa, bunday sinish ochiq sinish deyiladi.Agar tyeri butunligi buzilmasa, unda yopiq sinish deyiladi. Bundan tashqari sinishlar bo‘laklari ajragan va ajramagan sinishlarga bo‘linadi. Ba’zan singan bo‘laklarning ikkilamchi ajrab ketishi kuzatiladi.Buning asosiy sababi shikastlanganlarni noto‘g‘ri transportirovka qilishdir.
Sinishning alomatlari:
1. Mahalliy belgilar – og‘riq, suyak bo‘laklarining siljishi hisobiga shu sohada deformatsiya kuzatiladi. Sog‘lom tomon bilan zararlangan soha solishtirilganda, bu belgi aniq ko‘rinadi. Zararlangan soha funksiyasini buzilishi singan sohada harakat, ya’ni patologik harakatni paydo bo‘lishi kuzatiladi. Singan sohani sog‘lom sohaga nisbatan kaltalanishi, singan soha paypaslab ko‘rilganda, shu sohada g‘irchillash (krepitatsiya) eshitiladi.
1. Umumiy belgilar – kuchli og‘riq hisobiga shok belgilari rivojlanishi mumkin, jarohatlangan to‘qimada hosil bo‘lgan zaharli moddalar qonga so‘rilib, buyrak funksiyasining buzilishi, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Rentgenologik belgilariga ko‘ra tashhis qo‘yiladi.
Sinishning asoratlari.
1. Suyak bo‘laklarining nyerv tolalarini zararlanishi natijasida shok va falajlanish rivojlanadi.
2. Suyak bo‘laklari qon tomirlarini zararlab, tashqi qon ketish,to‘qima ichi qon quyilishi,anemiya rivojlanishi mumkin.
3. Singan sohada infektsiya qo‘shilib, shu sohada flegmona, osteomielit, sepsis rivojlanishi mumkin.
4. Xayot uchun zarur organlarni zararlanishi (miya, o‘pka, jigar).
5. Yog‘li emboliya.
Sinishlarda birinchi tibbiy yordam.
Sinishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdan maqsad:
- shikastlanish natijasida ro‘y byerishi mumkin bo‘lgan og‘ir holatlarning oldini olish (shikastlanish shoki, yirik qon tomirlari va nyervlarni, yumshok to‘qimalarni zararlanishi);
- ochiq sinishlarda jarohatga ikkilamchi infeksiya tushishini oldini olish, qon ketishini oldini olish;
- suyakning singan bo‘laklarini biri-biriga nisbatan me’yorida turishi va tinch turishini ta’minlash;
Yopiq sinishlarda hayot uchun xavfli qon ketish va jarohat infeksiyasi kabi holatlar kam bo‘ladi, shuning uchun birinchi tibbiy yordam taxtakach (shina) yoki qo‘l ostidagi vositalar yordamida immobilizasiya qilinadi. Agar yopiq sinish shikastlanish shoki bilan asoratlangan bo‘lsa, oddiy shokka qarshi choralar qilinadi: isitib o‘rab qo‘yish, shpris-tyubik yordamida narkotik moddalardan in’eksiya qilish, issiq choy ichirish va x.k.
Taxtakach qo‘yishdagi asosiy qoidalar:
1. Taxtakach qo‘yilayotgan joyga mos qilib, 2 ta bo‘g‘imni qamrab olishi kyerak – shikastlangan joyning yuqorisidan va pastidan; elka va son suyaklari singanda 3tak bo‘g‘imni qamrab olishi kerak.
2. Taxtakachlar etarli darajada mustahkam, iloji boricha yumshoq va ularni qo‘yishda qulay bo‘lishi kerak.
3. Taxtakachni o‘lchami sog‘ tomondan yoki yordam ko‘rsatuvchining o‘lchami bo‘yicha yoki singan sohani santimetrli lenta yordamida o‘lchab olinadi.
4. Taxtakachlar kiyim ustidan oyok–kiyim ustidan kuyiladi, suyaklar turtib chikkan joylarga, botmasligi uchun paxta kuyiladi.
5. Taxtakachni mahkamlash yumshoq bintlar yordamida chekkadan markazga qarab, ehtiyotlik bilan qilinadi.
6. Taxtakach qo‘yib bo‘lingach, shikastlanganni o‘rab qo‘yish kerak.
7. Taxtakachlar funksional jihatdan qulay holatda qo‘yiladi (qo‘llar uchun – elka bo‘g‘imidan yoyilgan va tirsak bo‘g‘imidan 900 bukilgan holatda; oyoqlar uchun chanoq – son bo‘g‘imida yoyilgan va tizza bo‘g‘imidan bir oz bukilgan, tovon boldirga pyerpendikulyar holatda).
Vaqtinchalik immobilizatsiya qilish uchun qo‘l ostida bo‘lgan materiallardan foydalanish mumkin (yog‘ochlar, taxtalar, tunuka, cho‘plar). Ba’zan hech narsa topmaganda, qo‘llarni tanaga, oyoqlarni bir – biriga bog‘lab qo‘yish mumkin.
Ochiq sinishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qon oqishni to‘xtatishdan boshlanadi, jarohatga aseptik bog‘lam qo‘yiladi va taxtakachni jgutni bo‘shatish yoki boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘lishi uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |