Bo‘g‘imoyoqli hashoratlar chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish.
Chayon chaqqanda kuzatiladigan belgilar.
Hozirgi vaqtda chayonlarning 500 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, bizning mamlakatimizda 12 turi uchraydi. Chayon chaqqanda asoratlari uning turiga, zararlanganning yoshiga, individual sezgirligiga, chaqish o‘rniga bog‘liq. Katta hajmdagi chayonlarning chaqishi va boshni, yuz va bo‘yinni chaqqanda hayot uchun xavfli hisoblanadi.
Chayon zahri markaziy nerv va yurak-tomir sistemasiga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Chaqqan joda kuchli og‘riq seziladi. To‘qimalarning shishi kuzatiladi. Terida tiniq suyuqlikka to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi. Yurak urishi tezlashadi, tana harorati ko‘tariladi. Bosh og‘rig‘i, qayd qilish, uyquchanlik, et uvishishi, holsizlik kuzatiladi. Keyinchalik tutqanoqlar, qo‘l-oyoqlar muskullarining tortishishi paydo bo‘ladi, muzdek ter bilan qoplanadi, yurak ritmi buziladi. Ba’zan zararlanganning umumiy ahvoli vaqtinchalik yaxshilanadi, keyin og‘irlashadi. Og‘ir hollarda to‘satdan nafas to‘xtab qolishi kuzatiladi.
Chayon chaqqanda birinchi yordam:
1. Toza havo bilan ta’minlash
2. Og‘riqsizlantiruvchi vositalar ichirish kerak (trimol, fanigan va b.)
3. Yonboshga yotqizish, issiq qo‘rpa yopish kerak.
4. Jarohatga engil aseptik bog‘lam qo‘yish kerak.
5. Spesifik zardob yuborish uchun transportirovka qilish kerak.
6. Antigistamin moddalardan: kalsiy glyukonat, kalsiy xlor preparatlarini ichirish kerak.
7. Qichishishga va shishga qarshi diazolin, suprastin, ketotifen kabi dorilar ichiriladi. Qoraqurt chaqqanda kuzatiladigan belgilar.
O‘rta Osiyoda, Qrimda, Kavkazda ko‘p uchraydi. Qoraqurt kechki vaqtlarda faolligi ortadi, lekin kunduz kunlari ham chaqishi mumkin. Uning zahari o‘ta xavfli ilonlarning zaharidan 15 marta kuchli bo‘lib, ot yoki tuyani o‘ldirish xususiyatiga ega. Agar zararlangan odamga tez yordam ko‘rsatilmasa, 1-2 kun ichida o‘lim yuz byerishi mumkin.
Qoraqurt chaqqan joyida kichkina qizil dog‘ paydo bo‘ladi, bu dog‘ tezlik bilan oqaradi. 10-15 minutdan keyin qorinda, belda, ko‘krak qafasida kuchli og‘riq, kuchli bezovtalik, qo‘zg‘alish, o‘limdan qo‘rquv paydo bo‘ladi. Zararlangan odamning oyoqlari uvishadi, nafas olishi qiyinlashadi, qayd qilish va bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Yurak qisqarishlari soni kamayadi, puls aritmik (ritmi buzilgan) bo‘ladi. Keskin qo‘zg‘alish holati umumiy holsizlik bilan almashinadi, lekin bezovtalik hissi saqlanib qoladi. 3-5 kundan keyin tyeriga toshma toshadi, zararlanganning holati biroz yaxshilanadi. Tuzalish 2-3 haftadan keyin yuz byeradi, lekin odam ancha vaqtgacha holsizlikni his qilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |