Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Birinchi yordam ko‘rsatish



Download 23,75 Mb.
bet56/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Birinchi yordam ko‘rsatish:
1. Oshqozon margansovka eritmasi yoki ichimlik sodasining 5 % li eritmasi (ular bo‘lmasa 0,5 l qaynatilgan iliq suv) yordamida yuviladi.
2. Tozalash klizmasi qilinadi.
3. Botulizmga qarshi zardob yuboriladi.
4. Antibakterial terapiya.
Qo‘ziqorin bilan zaharlanish va unda birinchi yordam ko‘rsatish.
Qo‘ziqorindan zaharlanish ovqat mahsulotlariga zaharli qo‘ziqorinlar (oq poganka, qizil muxamor, soxta smorchok) tushganda yoki shartli ozuqa qo‘ziqorinlarni (smorchoklar, svinushkalar) iste’mol qilganda yuz byeradi.
Ok poganka bilan zaharlanganda zaharlanish belgilari 8-24 soatdan keyin paydo bo‘ladi. Qorinda kuchli og‘riq, qayd qilish, guruch qaynatmasi ko‘rinishida qon aralash ich kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Tana harorati pasayishi, tutqanoqlar, sariqlik paydo bo‘lishi, jigarning kattalashishi, qon bosim tushib ketib, yurak faoliyati buzilishi mumkin. Yordam ko‘rsatilmaganda 2-3 kuniga kelib jigar-buyrak etishmovchiligi fonida yurak faoliyatining etishmovchiligidan o‘lim yuz byerishi mumkin.
Strochkalar bilan zaharlanganda simptomlar ovqatdan 6-10 soatdan keyin paydo bo‘ladi va qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynash, safro bilan qayd qilish, ba’zan ich ketishi bilan xaraktyerlanadi. Og‘ir zaharlanishlarda jigar va taloqning kattalashishi, sariqlik, gemoliz, gemoglobinuriya (siydikning qizarishi), yurak-tomir etishmovchiligi, tutqanoq va hushning yo‘qolishi kuzatiladi.
Qizil muxomor bilan zaharlanganda belgilar 30 daqiqa yoki 6 soatdan keyin paydo bo‘ladi. Ko‘ngil aynashi, qayd qilish, suyuq ich kelishi, tyerlash, so‘lak va ko‘z yoshining oqishi, pyeristaltikaning kuchayishi, bosh aylanishi, gallyusinasiyalar, alahsirash va ko‘z qorachiqlarining torayishi kuzatiladi. Keyinchalik stupor yoki koma holati rivojlanadi va yurak-tomir etishmovchiligidan o‘lim yuz byerishi mumkin.
Qo‘ziqorinlar bilan zaharalanganda birinchi tibbiy yordam oshqozonni yuvish, aktivlashtirilgan ko‘mir va tuzli surgi dorilarni byerish bilan boshlanadi. Antidot va simptomatik tyerapiya maqsadida bemorlarni kasalxonaga yuboriladi. Organizmning detoksikasiyasi maqsadida vena orqali lipa kislotasi, tyeri ostiga 1ml 0,1%li atropin eritmasi yuboriladi. Organizmdan zaharni tezlik bilan chiqarilishi maqsadida natriy xloridning 0,9%li eritmasini kuniga 1000-1500 ml yuboriladi. Kunlik dozasi 10 mln.TB gacha tavsiya qilinadi. Simptomatik terapiya maqsadida noradrenalin yoki mezaton, yurak faoliyatini mustahkamlash uchun yurak glikozidlari, jigar-buyrak faoliyatini yaxshilash uchun gidrokortizon yoki prednizolon tavsiya qilinadi.
4.Alkogoldan zaharlanish.
Alkogolning toksik dozalarini qabul qilish vaqtida mastlikning umumiy belgilariga qo‘shimcha ravishda quyidagi belgilar kuzatiladi: sovuq yopishqoq tyeri, yuz tyerisi va kon’yunktivaning gipyeremiyasi, tana haroratining pasayishi, qayd qilish, noixtiyoriy ich kelish va siyib yuborish. Ko‘z qorachiqlari qisqargan, nafas buzilishi kuchaya borgan sari kuchayadi. Nafas sekinlashgan, puls kuchsiz, tezlashgan. Tutqanoqlar, qusish massalarining aspirasiyasi, laringospazm bo‘lishi mumkin. Nafas va yurak – tomir faoliyatining to‘xtashi kuzatiladi. O‘lim dozasi 96%li spirtning 300 ml.
Alkogoldan zaharlanishni to‘xtatish maqsadida zond yordamida oshqozon yuviladi. Alkogolning eliminasiyasini tezlashtirish maqsadida vena ichiga glyukozaning gipertonik eritmasi insulin bilan birgalikda (20%li glyukoza eritmasining 500 ml va 20 TB ligida insulin), 500-1000ml 4%li gidrokarbonat natriy eritmasi yuboriladi. Og‘ir koma holatlarida o‘lchovli diurez o‘tkaziladi. Arterial bosim tushib ketganda yurak-tomir preparatlaridan strofantin, kordiamin, mezaton va boshqa preparatlar buyuriladi.

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish