6 мавзу: Мускулларнинг аҳамияти, тузилиши, шакллари, номланиши, такомиллашуви



Download 59,88 Kb.
bet1/6
Sana22.04.2022
Hajmi59,88 Kb.
#571983
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1474625347 64898


Muskullarning tuzilishi, shakllari, nomlanishi

Reja:



1. Muskul to‘qimasining turlari.
2. Muskullar harakatining boshqarilishi.
3. Skelet muskullarining shakllari.
4. Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari.
5. Muskullarning ishlashi.
6. Tayanch-harakatlanish tizimi rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli.
7. Qad-qomatning shakllanishi.
8. Yassioyoqlik.
Muskul to‘qimasining turlari. Muskul to‘qimasi uch turga, ya’ni ichki a’zolar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan ko‘ndalang yo‘lli yurak muskullari va ko‘ndalang yo‘lli skelet muskullariga bo‘linadi. Tayanch - harakatlanish tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan ko‘ndalang yo‘lli skelet muskullari tayanch - harakatlanish tizimining faol qismi hisoblanadi, Muskul qisqarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo‘l - oyoqlari ma’lum ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko‘tarish, ovqatlanish, so‘zlash, yozish va hokazo).
Muskullar harakatining boshqarilishi. Muskullar harakatini nerv tizimi boshqaradi. Muskullar harakatini ta’minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo‘lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o‘rta miya qismlarida joylashgan. Miya markazlaridagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya’ni aksonlar tananing turli qismlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o‘simtasi bir nechta mayda tolalarga bo‘linib, yuzlab muskul tolalari bilan tutashgan. Ular nerv - muskul harakat birligi deb ataladi.
Muskullar harakatini ta’minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o‘rta miyadagi markazlarning funksiyasi bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari - harakatlanish oliy nerv markazlari tomonidan boshqariladi. Agar bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining ishi buzilsa, u markaz boshqaradigan muskullarda markaziy shol yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo‘lgan qo‘l - oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yoki miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik shol yuzaga keladi. Bunda ularning tonusi pasayib, shol bo‘lgan qo‘l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi.
Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo‘lib, ular tana massasining o‘rtacha 40 % ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular 50 % ini va undan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Download 59,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish