Nazorat savollari:
1. Fuqaro muhofazasi nima?
2. Favqulodda vaziyatlar tasnifi va tavsifi.
3. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari.
4. Fuqaro muhofazasining boshqaruv tizimi.
5. Fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari.
6. Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari.
MAVZU: TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR VA MUHOFAZA TADBIRLARI
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar.
2. Zilzila va ularda aholining harakatlanishi.
3. Sel va suv toshqinda muhofaza chora-tadbirlari.
4. Yer surilishi va ko‘chkilar, muhofaza chora-tadbirlari.
Tayanch so‘zlar: tabiiy ofat, geofizik, geologik, gidrogeologik, atmosfera, gidrometereologik, zilzila, sel, toshqin, ko‘chki, epitsentr, giposentr, zilzila chuqurligi, shkala, favqulodda vaziyat, fuqaro muhofazasi, avariya, halokat.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar
O‘zbekiston tinchliksyevar o‘lka va u hech kimning tinchligini buzmoqchi emas. Ammo tabiat ato etgan bu o‘lka birmuncha favqulodda hodisalar o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Ayniqsa, u o‘rnashgan hudud zilzila xavfi mavjud bo‘lgan hudud hisoblanadi. Shuning uchun uning har bir fuqarosini bu o‘lkada bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda hodisalardan ogoh qilish va favqulodda hodisa ro‘y byergan taqdirda undan muhofazalanish chora-tadbirlarini belgilash va bunday holatlarda aholini iloji boricha bu hodisalardan kam talofat bilan qutilib ketish chora-tadbirlariga o‘rgatish “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining eng muhim bo‘lagi hisoblanadi.11
Tabiiy ofatlar insoniyat boshiga og‘ir kulfat soluvchi, ekologik muhitga, xalq xo‘jaligiga beqiyos zarar yetkazuvchi hodisalar xisoblanib, har yili mamlakatimizning turli hududlarida turli shakllarda sodir bo‘lib turadi. Masalan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sel kelishi, Xorazm va Toshkent viloyatlarida suv toshqini, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida esa chang-to‘zonli shamollar, “afg‘on” shamollari tahlikali vaziyatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘layotgani sir emas.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 455-sonli qaroriga asosan respublikamizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlarga: zilzila, sel, suv toshqini, yer ko‘chishi (surilma), va tuproq emirilishi kiradi. Vatanimiz hududlarida tabiiy ofatlarning ko‘proq uchrab turishi uning tabiiy tuzilishi bilan bog‘liqdir. Tabiiy ofatlarning hosil bo‘lishida geofizik, geologik, gidrogeologik, atmosfyera va boshqa omillar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfsizligi buziladi, insonlar nobud bo‘ladi, xalq xo‘jaligi ob’ektlariga turli darajada moddiy zarar yetkaziladi.
O‘zbekiston xududida 4ta guruhga taaluqli xavfli halokat va jarayonlardan zilzila, ko‘chki, o‘pirilish, suv bosishi va sellar nisbatan ko‘proq uchraydi.
1.Geologik xavfli hodisalar.Zilzilarning sodir bo‘lishi ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, enyergiya ta’minoti, tranasport kommunikasiyalari tizimlarining, uy-joylarning turli darajada buzilishiga, ishlab chiqarishning izdan chiqishiga va insonlarning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘chki, o‘pirilish, tuproq emirilishi, xo‘jaliklarga shikast etkazuvchi, odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirishni taqazo etuvchi tabiiy hodisalar majmuasi.
2.Gidrometerologik xavfli hodisalar. Qor ko‘chishi, kuchli shamol, kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida turli dam olish maskanlari, turistlar va sportchilarning jarohatlanishi, aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazadigan noxush vaziyatlar majmuasi.
Sel, suv toshqini aholi turar joylariga, sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida shoshilinch ko‘chirish tadbirlari bilan tugallanadigan xavfli vaziyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |