Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Fuqaro muhofazasining tashkiliy tuzilmalari



Download 23,75 Mb.
bet62/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Fuqaro muhofazasining tashkiliy tuzilmalari.
Fuqaro muhofazasining tashkiliy tuzilmalari Respublika, mahalliy va hududiy miqiyosda olib boriladi. “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri mamlakat FMning boshlig‘i, viloyat, tuman va shaharlarning hokimlari o‘z hududlarida FM ga boshliq ekanliklari belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, boshqarmalar, muassasalar, o‘quv yurtlarining rahbarlari o‘zlari boshqarib turgan joylarda FMga bevosita rahbarlik qiladi.
Har bir tashkilotda favqulodda vaziyat vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda fuqaro muhofazasi tashkiliy tuzilmalari joriy etilgan bo‘lishi kyerak. Bunga ko‘ra, har bir tashkilotda 7 ta otryaddan iborat bo‘lgan guruhlar tashkil topgan bo‘lishi kerak.
Jumladan:
1-otryad: razvedka otryadi
2-otryad: qidiruv va qutqaruv otryadi
3-otryad: aloqa otryadi
4-otryad: tibbiy yordam ko‘rsatish otryadi
5-otryad: evakuatsiya otryadi
6-otryad: jamoa tartibi otryadi
7-otryad: o‘t o‘chirish otryadi
Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari.
Bu tinchlik va harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan barcha davlat, mahalliy, ob’ekt tuzilmalari va bo‘linmalarining majmuidir.
Fuqaro muhofazasi kuchlari-O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida tabiiy, ekologik va texnogen FVlardan himoyalovchi davlat, mahalliy, inshoot va boshqa tizim va qismlar majmuasidir.
Fuqaro muhofazasining vositalari-bu O‘zbekiston Reespublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida himoyalash uchun zarur va moddiy-texnik boyliklar yig‘indisidir.
O‘zbekiston Respublikasidagi FVlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun yo‘naltirilgan kuch va vositalar quyidagilardan iborat:
• Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda professional ixtisoslashtirilgan avariya – qutqaruv va avariya – tiklash bo‘linmalari Mudofaa vazirligining FM qo‘shinlarining kuchlari va vositalari, Ichki ishlar vazirligining Harbiylashtirilgan yong‘indan saqlash Respublika ixtisoslashtirilgan otryadi, Sog‘liqni saqlash vazirligining shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika markazi, “O‘zavtotrans” davlat korporasiyasining shoshilinch ishga kirishish avtotransport otryadlari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalarinig maxsus otryadlari.
• Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar), Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchi komandalarining tuzilmalari
• Ob’ektlarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari. Tashkilot, idora va ishlab chiqarish tarmoqlarida jamoatchilik asosida tashkil etilgan kuchlar. Bularning oldiga qo‘yilgan vazifalar asosan o‘z tasarrufidagi ish faoliyati miqiyosida sodir bo‘ladigan noxush vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdan iborat.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo‘yilgan dadil qadamlardan biri-avval mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so‘ngra esa shu boshqarma negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo‘ldi. Aholi va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbarlik qilish respublikada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Favqulodda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 Farmoni bilan o‘zgartirish kiritilib O‘zbekiston Respublikasida aholi va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini muhofaza etishni ta’minlashga rahbar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri belgilandi.10

  • Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi asosan:

a) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish,
b) aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilish,
v) favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish,
g) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash,
d) fuqarolar muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish,
e) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hokazo.

  • Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarni bajarish boshqa vazirliklar, idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijroga qabul qilinishi majburiy hisoblanadi.

  • Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo‘lgan favkulodda vaziyatning turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb kilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyatning vaqti, qamrab olgan xududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor byerilib zudlik bilan ishga kirishiladi.

  • Respublikamiz hududlarida sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilinadigan kuchlarni Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq quyidagi turlari mavjud:

  • fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;

  • favqulodda vaziyatlar vazirligiga bevosita hamda tezkor buysinuvchi respublikamiz ixtisoslashtirilgan tuzilmalari;

- vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda professional ixtisoslashtirilgan avariya- qutqaruv va avariya-tiklash bo‘linmalari;
- mahalliy xokimiyat organlarining maxsus qutqaruv guruhlari;
- ob’ektlarning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari;
- hududiy va ob’ektlarning harbiylashtirilmagan umumiy va maxsus maqsadlardagi tuzilmalari;
- Qizil Yarim Oy jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari;
- Vatanparvar mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qayd qilingan maxsus kuchlardan tashkari har bir tashkilotning qoshida, tashkilot yo‘nalishidan kelib chiqib maxsus halokatdan qutqaruv va tezkor harakat qilish guruhlari tashkil etilgan.Umumiy holatda O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda vaziyatlar okibatlarini bartaraf etish uchun yo‘naltirilgan kuchlarni uch yirik toifaga ajratish mumkin.
- Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysinuvchi kundalik vazifasi, maqsadi faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga, tezkor harakat qilishga mo‘ljallangan kuchlar;
- Turli Vazirlik, tashkilotlar qoshida mujassam bo‘lgan o‘z faoliyatlarini (mutaxassisligi buyicha) ishlab chikarish, kundalik vazifalarini bajarishda davom ettiradigan, lekin favqulodda vaziyat sodir bo‘lib ularga ehtiyoj sezilgudek bo‘lsa, favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor bo‘ysunuvchi kuchlar;
- Turli korxona, idora va ishlab chiqarish tarmoqlarida, jamoatchilik asosida tashkil etilgan, noxush vaziyatlar sodir bo‘lsa, shoshilinch ishga kirishuvchi mahalliy miqyosda faoliyat ko‘rsatuvchi kuchlar.
- Mazkur guruhlar qayerda joylashganligidan qat’iy nazar mushtarak vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilgan. Qanchalik qonun va karorlarda har bir guruhlarning vazifasi, maqsadi, qutqaruvchilarning burch va ma’suliyati me’yoriy asoslar bilan mustahkamlanmasin, hayotda sodir bo‘layotgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar o‘z tuzatishlarini kiritadi. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lar ekan, ularni bartaraf etishda ma’lum kuchlardan tashqari etarli vosita va mablag‘lardan ham foydalaniladi. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining vosita va mablag‘lari - tinchlik va harbiy davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va moddiy resurslar majmuidir. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezyervlari oldindan, favqulodda vaziyatlar ro‘y byergan taqdirda shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida yaratiladi.
Moliyaviy va moddiy resurslar rezyervlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Fuqarolar muhofazasining asosiy va muhim xizmatlaridan biri tibbiy xizmat ko‘rsatishdir. Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati tinchlik davrida sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari bazasida tashkil etiladi. Shahar, tuman, viloyat sog‘liqni saqlash organlari rahbarlari fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga boshchilik qiladi va bevosita fuqaro muhofazasi boshliqlariga bo‘ysinadilar.
O‘zbekistonda Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga muvofiq qabul qilinib, 1999-2004 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga mo‘ljallangan dastur doirasida «Halokatlar tibbiyoti» xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u 3 tarkibiy qismdan iborat va tibbiy xizmatning amaldagi kuchlari va vositalaridan samarali foydalanishga asoslangan. Bunda fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatini tashkil etishning bir qancha prinsiplari «Halokatlar tibbiyoti» xizmatida ham saqlanib qoladi. Bular saralash- evakuasiya gospitallari, profillangan kasalxonalar, birinchi tibbiy yordam otryadlari tashkil etish prinsiplari va boshqalardir.
«Halokatlar tibbiyoti»ning bosh vazifasi va maqsadi shikastlanganlarni iloji boricha ko‘p qutqarishdir. Ommaviy shikastlanish vaktida tibbiy yordam byerishni tashkil etish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
- shikast o‘choqlarini tibbiy razvedka qilish;
- jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish;
- jabrlanganlarni saralash;
- jabrlanganlarni evakuasiya qilish;
- tibbiy yordam byerish va davolash.
Shikast o‘choqlarini tibbiy razvedka qilish uchun aholi soni, tibbiy xizmat kuchlari va vositalarining qanchaligi, yer yuzasining past- balandligi, yo‘llar, suv manbalarining mavjudligi va ahvoli haqida ma’lumotga ega bo‘lish zarur. Jabrlanganlarni bir necha soat, yoki bir kecha- kunduz mobaynida qidirib topish va qutqarish, falokat sodir bo‘lganda iloji boricha ko‘proq jabrlanganlar hayotini saqlab qolish eng muhim vazifadir. Odatda bunday vazifani o‘t o‘chirish komandalari, milisiya, harbiy qismlarning xodimlari, jamoatchilik asosida o‘z xohishlari bilan otilib chiqqan mard fidoyilar, yaqin kishilar, qarindoshlar bajaradilar.



Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish