Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi



Download 23,75 Mb.
bet70/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Yer ko‘chishi – surilma.
Respublikamizning tog‘li, tog‘ oldi daryo bo‘ylari zonalarida yashaydigan aholi va xalq xo‘jalik ob’ektlariga katta xavf tug‘diradigan tabiiy ofatlardan biri yer ko‘chishi – surilmadir.
Yer ko‘chishi – yer yuzasi bo‘lagining yonbag‘ir bo‘yicha gravitasion kuch ta’sirida surilishi yoki siljishidir.
Yer surilishi (ko‘chki) – tog‘ jinsi qatlamlarining qiya sath bo‘ylab o‘z og‘irligi, gidrodinamik, gidrostatik, seysmik kuchlar, texnogen va tabiiy-texnogen jarayonlar ta’sirida pastlik tomon surilishidir.
Yer ko‘chkilarining asosiy sababi gidrometyeriologik sharoit bilan bog‘liqdir. Shuning uchun bu jarayon mavsumiy xususiyatga ega, ya’ni atmosfyera yog‘inlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yer ko‘chishi xavfi yuqori bo‘ladi.
Yer surilishi ofati minyeral resurslarni ochiq yoki yopiq usullarda qazib olish jarayonida sodir bo‘ladigan turli xildagi texnogen va tabiiy-texnogen jarayonlar natijasida ham kuzatiladi. Qazilmani yopiq usulda qazib olish jarayonida esa yer yuzasining cho‘kishi, yoriqlar hosil bo‘lishi va surilmalarning shakllanishi kuzatiladi.
Foydali qazilmalarning ochiq usulda hosil bo‘ladigan surilmalari 2 xil bo‘ladi:
1. Foydali qazilmani qazib olish jarayonida tog‘ yonbag‘irlarida hosil bo‘ladigan surilmalar. Bunday surilmalarga qazib olish jarayonining murakkablashishi, qiya sathning qiyaligi. suvli qatlamlar, tiktonik yoriqlar va boshqa ko‘rsatkichlar ta’sir qiladi.
2. Karyer devorlaridagi surilmalar. Bunday surilmalarning ko‘chishi qazish jarayonining to‘xtab qolishiga olib kelib, iqtisodiyotga katta zarar yetkazadi.
Yer ko‘chishi yonbag‘irning qiyaligiga, tog‘ jinsi tarkibiga, atmosfyera yog‘inlari miqdoriga bog‘liq holda rivojlanadi. Yonbag‘ir qiyaligi qanchalik katta bo‘lsa, ko‘chkining tezligi shunchalik katta bo‘ladi.
Yer ko‘chishi aholi turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa qishloq xo‘jalik iste’molida bo‘lgan maydonlarga katta zarar yetkazishi oqibatida ko‘pgina iqtisodiy talofatlarni yuzaga keltiradi.
Yer surilishi oqibatida inshootlar, yo‘llar bir necha yuz metrga va hatto kilometrga surib tashlanadi. Katta-katta ekin maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz holga keladi. Butun qishloqlar, shaharlar vayronaga aylanadi. Minglab kishilar boshpanasiz qoladi va halokatga uchraydi. Shuning uchun yer surilishi ofatining vujudga kelish qonuniyatlarini, ularning dinamikasini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki yer surilish hududlarida, qurilish ishlarini olib borishda, iqtisodiyot ob’ektlarini va insonlar hayotini saqlab qolishda ular muhim omillar hisoblanadi.
Yer surilishining yuzaga kelishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:

  • tog‘ yonbag‘ri etaklari tabiiy holatining oqar suvlar, suv omborlari ta’sirida buzilishi, hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari;

  • qiya sathlarda tarqalgan tog‘ jinslarining xossa va xususiyatlari, mustahkamlik darajasining o‘zgarishi, sug‘orish ishlari, qor-yomg‘ir suvlari ta’sirida namligining oshishi;

  • tog‘ jinslariga yer osti suvlari (gidrodinamik) va yer ustki suvlari (gidrostatik) bosimining ta’siri;

  • tog‘ jinsining zichligini va mustahkamligining burg‘ilash hamda kavlash ishlari natijasida buzilishi;

  • tiktonik seysmik kuchlar ta’siri.

Yer surilishi ofatining oldindan kuzatiladigan belgilari quyidagilardan iborat:

  • qiya sathli hududlarda yoriqlar paydo bo‘lishi;

  • yo‘llarda uzilishlarning yuzaga kelishi;

  • daraxtlarning to‘g‘ri o‘smasligi (qiyshayib o‘sishi);

  • uylar devorlarining yorilishi;

  • bino, inshootlar konstruksiyasining buzilishi va boshqa belgilar.

Diyorimizda yer surilishi xavfi mavjud bo‘lganligidan har yili Vazirlar Mahkamasining: «Toshqin suvlari, sel oqimlarini o‘tkazib yuborish va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi»gi qarori qabul qilinib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli tizimlari ofat xavfi bo‘lgan hududlarda muayyan vazifalarni bajarishlari talab etiladi. Xususan, xavfli hududlarda:

  • -qidirish va ularga bog‘liq bo‘lgan kovlash ishlarini olib bormaslik;

  • -tog‘ jinsi to‘kilmalarining yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • -temiryo‘l, og‘ir yukli transport vositalari harakat tezligini belgilanganidan oshirmaslik,

  • -o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, sug‘orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik,imorat, inshootlar qurish;

  • -portlatish ishlarini olib bormaslik;

  • -oqava va buloq suvlarini oqizmaslik va ayniqsa xavfi yuqori bo‘lgan joylardagi odamlarni xavfsiz joylarga ko‘chirish ishlari va boshqa tadbirlar.

Demak, yer surilish ofatini talafotsiz va qurbonsiz o‘tkazib yuborish uchun, aholimiz ham xavf-xatarni ongli ravishda his etgan holda mas’ul xodimlarga yordam byerishlari zarur hisoblanadi. Ba’zi hollarda har qancha ogohlantirishga qaramay, aholi o‘z joylarida qolib, talafotlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Yer surilishida uchta bosqich kuzatiladi:
1-bosqich. Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya sathlardagi tog‘ jinsi turg‘unligi susayadi, yer sathida turli kenglikdagi yoriqlar paydo bo‘ladi.
2-bosqich, Tog‘ jinslarining katta tezlik bilan yoki sekin-asta surilishi kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan omillarning ta’sir darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
3-bosqich. Surilishning so‘nish bosqichi. Bunda tog‘ jinslari surilishdan to‘xtaydi. Yer surilishlarini chuqur o‘rganish - ularni oldindan bashorat qilish imkonini byeradi.
Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidiruv ishlari o‘tkaziladi.
Respublikamiz xududida ko‘chki jarayoni tarqalgan eng ko‘p ko‘chki maydonlari Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Namangan viloyatlari xududlariga to‘g‘ri keladi.
Yer surilishi ofatidan saqlanishning ishonchli omili, bu - xalqni o‘z vaqtida ogoh etish hisoblanadi. 1996-1999-yillarda O‘zbekistonning bir qancha hududlarida, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va boshqa viloyatlaming tog‘ etaklarida yashovehi fuqarolaming yer surilishi ofati to‘g‘risida ogoh qilinishi natijasida odamlar boshqa joylarga ko‘chirildi va hech qanday moddiy va ma’naviy yo‘qotishlar bo‘lmadi. Albatta, bu ishlar o‘z vaqtida, etarli faollikda o‘tkazilganligi sababli odamlar falokatdan saqlab qolindi.
Ko‘chki va o‘pirilish sabablari
1. Namgarchilik ta’sirida tog‘ jinslarining mustahkamligining susayishi
2. Tog‘ yonbag‘ir nishabligining zaiflashuvi
3. Zilzila, dovul va boshqalar ta’siri
4. Joyning tabiiy sharoiti inobatga olinmay amalga oshiriladigan xo‘jalik faoliyati

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish