Qoshilgan qiymat soliglarini imtiyozli tahlili



Download 25,82 Kb.
bet1/2
Sana17.11.2022
Hajmi25,82 Kb.
#867656
  1   2
Bog'liq
QOSHILGAN QIYMAT SOLIGLARINI IMTIYOZLI TAHLILI


QOSHILGAN QIYMAT SOLIGLARINI IMTIYOZLI TAHLILI
2019 yil yanvardan boshlab ko‘pchilik korxonalar QQS to‘lashga o‘tadi. QQS bo‘yicha imtiyozdan ko‘zlangan maqsad — pirovard mahsulot narxini oshirmaslik.
2019 yil yanvardan boshlab ko‘pchilik korxonalar QQS to‘lashga o‘tadi. Davlat faoliyatning ayrim turlari uchun imtiyozlarni saqlab qoladi. Biroq bu imtiyozlar hozirgidek ishlaydigan bo‘lsa, bu tovarlar va xizmatlar narxi ancha oshishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi Norma.
Imtiyozlar soliq tizimining eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ular muayyan toifadagi soliq to‘lovchilarga ayrim soliqlarni to‘lamaslik yoki kamroq miqdorda to‘lash imkonini berib, boshqalarga ko‘ra ko‘proq afzallik beradi.
Oxir oqibatda bu soliq to‘lovchiga ham, davlatga ham foyda keltiradi, davlat shu yo‘l bilan iqtisodiyotning aniq sohalarini rag‘batlantiradi.
Bevosita soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, YAST) bo‘yicha beriladigan imtiyozlar ulardan foydalanadigan soliq to‘lovchilarga naf keltirishi ayon. Soliq to‘lamaymizmi — yaxshi. Soliq solinadigan bazaning butun summasidan to‘lamaymizmi — bu ham yaxshi. Stavkani pasaytirdilarmi — juda zo‘r. Bir so‘z bilan aytganda, hamma mamnun.
Biroq bilvosita soliqlar (ha-ha, ayni o‘sha QQS) bo‘yicha imtiyozlar qanday ishlayotganiga diqqat bilan razm solsak, juda g‘aroyib holatning guvohi bo‘lamiz.
Aytaylik, turoperator QQS to‘lovchisi hisoblanmaydi, o‘z xizmatlarini ko‘rsatish uchun QQS to‘lamaydigan yetkazib beruvchilar bilan ishlaydi. Korxona daromadi — 100, xarajati — 80 bo‘lsin (sodda qilib bayon etish uchun o‘lchov birliklarida ko‘rsatmaymiz). Foyda, tegishincha, 20 bo‘ladi.
2019 yil yaqinlashmoqda. Butun mamlakat aksariyat yuridik shaxslarning QQS to‘lashga o‘tishini intiqlik bilan kutmoqda. Bizning turoperator ham istisno emas. Yangi yilda unga 120 to‘lasalar ham (100 — daromadning o‘zi, 20 — QQS), daromadi avvalgidek 100 ni tashkil etadi. Xarajat — 80 ligicha qoladi, biroq endi korxona yetkazib beruvchilarga 96 to‘laydi (80 — xarajat, 16 — QQS). Jami, foyda yana 20 bo‘ladi. Tabiiyki, biz soddalashtirilgan modelni ko‘rib chiqayapmiz, amaliyotda narxlarga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar ham bo‘lishi mumkin. Biroq oddiy misolda QQS bo‘yicha imtiyoz qanchalik g‘alati ishlashini ko‘rish oson.
U quyidagicha ishlaydi — imtiyoz olgan turoperator endi o‘z mijozlariga QQSni o‘z ichiga oladigan 120 miqdoridagi emas, faqat 100 miqdoridagi schyotlarni taqdim eta oladi, ushbu summaning hammasi uning daromadi hisoblanadi.
Quvonishga shoshilmang. O‘zR Soliq kodeksining 221-moddasi kayfiyatingizni tushirishi aniq: “Soliq solinmaydigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchilarga va import bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmaydi, balki ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi”.
Sodda qilib aytadigan bo‘lsak — QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lsangiz, amalda bu sotishdan daromadning o‘sha darajasini saqlab qolganingizda QQS bilan bog‘liq xarajatlaringiz 20%ga ortishini anglatadi, sababi kiruvchi QQSni endi hisobga olib bo‘lmaydi. Bizning raqamlarimizda: daromad — 100, xarajat — 96 (QQS umuman hisobga olinmagan). Foyda — 4. Hayron bo‘layapsizmi? Bizga imtiyoz berganlarida foyda kamayadimi deysizmi? Bunday emas. Aslida imtiyozni bizga emas, pirovard iste’molchiga berganlar. QQS bo‘yicha imtiyozdan ko‘zlangan maqsad — pirovard mahsulot narxini oshirmaslik.
Bunda qancha foyda olishimiz hech kimni qiziqtirmaydi. Bizdan boshqa hech kimni. U biz uchun juda muhimligi bois hech qanday QQSsiz foydaning avvalgi darajasini 116 gacha saqlab qolish, 96 chegirilgandan keyin 20 qolishi uchun narxni oshirishga majbur bo‘lamiz. Imtiyoz qanday natija berganiga qarang — iste’molchi 120 o‘rniga 116 to‘laydi. O‘tgan yili esa 100 to‘lagan.
To‘g‘ri, biz ko‘rsatgan hisob-kitoblar juda sodda. Umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar hozir tushumlarining 5%idan mahrum qilayotgan YASTni keyingi yili to‘lamasliklarini inobatga olmayapmiz. Korxonaning barcha xarajatlari ham QQS bilan bog‘liq emasligini — ish haqi, amortizatsiya, bank xizmatlariga xarajatlar va h.k. borligini hisobga olmayapmiz.
Biroq bir-ikkita raqamni o‘zgartirsa ham, mohiyat o‘zgarmaydi. Mohiyat shundaki, QQS bo‘yicha imtiyozlar hozirgi ko‘rinishida iqtisodiy maqsadiga — pirovard iste’molchi uchun narxni sezilarli pasaytirishga erishmaydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining mohiyati shundaki, aslida soliq yuki pirovard iste’molchi zimmasiga tushadi. Boshlang‘ich xom ashyo mahsulotga aylangunga qadar qancha bosqichdan o‘tishi muhim emas. Har qanday holatda ham ushbu zanjirning barcha ishtirokchilari byudjetga to‘lashga majbur bo‘ladigan barcha mablag‘ mahsulotning pirovard qiymatiga kiritiladi. Tegishincha, maqsad — pirovard mahsulot narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lsa, ushbu mahsulotni pirovard iste’molchiga sotuvchi shaxslarga kiruvchi QQSni hisobga olishga ruxsat berish zarur.
Tabiiyki, bunda byudjetga tushumlar kamayib ketadi deya e’tiroz bildiriladi. Bunga qanday javob berish mumkin? Birinchidan, birvarakayiga barcha oborotlar bo‘yicha emas, davlat qo‘llab-quvvatlashga munosib deb bilgan oborotlar bo‘yicha imtiyozlar beriladi. Ikkinchidan esa — ha, imtiyozlarni qo‘llash byudjetga tushumlar kamayishiga olib keladi, bu kutilmagan holat emas, balki normal holat!
Soliq to‘lovchi qo‘llaydigan imtiyoz uning foydasi kamayishiga olib kelishi esa — normal holat emas. Soliq to‘lovchi uchun imtiyoz bo‘lganidan bo‘lmagani durust ekanligi normal holat emas.
Soliq kodeksining 221-moddasi kecha kiritilgani yo‘q. Birinchidan, QQS bo‘yicha imtiyozlardan foydalana oladigan korxonalarning aksariyati uni to‘lamagan. Ikkinchidan, ularda kiruvchi QQS juda oz bo‘lgan, sababi ularning yetkazib beruvchilari ham ko‘p hollarda QQS to‘lamagan.
Biroq yangi yilda bu tartib o‘zgaradi. Ko‘plab korxonalar QQS to‘lashga o‘tadi, ularning ayrimlari imtiyozlardan foydalanadi. Ushbu imtiyozlar hozirgidek ishlaydigan bo‘lsa, bu tegishli tovar va xizmatlar narxlari oshishiga olib keladi. Qanday sohalarda imtiyozlar saqlanib qolishi, qaysilari ulardan mahrum bo‘lishi, kimlar ilk bor imtiyoz olishi hozircha noma’lum — bu muhim emas.

Muhimi, imtiyoz belgilangan bo‘lsa, bu davlat tegishli sohani qo‘llab-quvvatlamoqchi ekanini anglatadi. Xoh u bolalar bog‘chalari xizmatlari, turizm sohasi, uy-joy fondini saqlash xizmatlari yoki boshqa oborotlar bo‘lsin — agar ular QQSdan ozod qilinsa, ushbu korxonalar uchun kiruvchi QQS ortiqcha xarajatga aylanmasligi muhim ahamiyatga ega. Sodda qilib aytganda — imtiyoz berilsa, amalda ishlashi kerak.


Soliqlar davlat bozor iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatadigan iqtisodiy vositalar qatorida muhim o'rin tutadi. Har qanday davlat o'zining bozor iqtisodiyotida salbiy halotlarning oldini olish va tartibga solish maqsadida soliq siyosatidan keng foydalanadi. O'tmishda ham va bugungi kunda ham soliqlar jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga kiradi. Soliqlar jamiyat paydo bo'lgan paytdan boshlab jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy bo'g'inidir. Hech bir davlat o'zini siyosiy tashkiloti sifatida soliq tushumisiz amalga oshira olmaydi. I.A.Mayburov yozganidek, soliqlar va yig'imlar har qanday davlatning mavjudligining asosidir. Soliqlar bozor sharoitida iqtisodiyotni boshqarish uchun kuchli vositadir. Soliqlar, K.Marks va F.Engels ta'kidlaganidek, jamiyatning sinflarga bo'linishi va davlatning paydo bo'lishi bilan "fuqarolarning davlat hokimiyatini qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan hissalari" sifatida paydo bo'ldi. Soliqlar va majburiy to’lovlar ta’rifi
Soliq Kodeksining 12-moddasida bayon qilingan. Soliqlar deganda, muayyan miqdorlarda undiriladigan, qaytarib berilmaydigan va beg'araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi. Moliyaviy manbalardan yana biri boshqa majburiy to’lovlardir.. Bugungi kunda soliq tizimi o'ziga xos vazifalarni - xazinani to'ldirish, qayta taqsimlash va rag`batlantirish vazifalarini to'la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq xo'jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo'lgan miqdorda shakllanishini ta`minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YaIMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o'zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta`minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag`batlantiruvchi ta`sir ko'rsatishdir. Soliqlar undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri soliqlarga boʻlinadi. Toʻgʻri soliq molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksport/import soligʻi va boshqa Egri soliq (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan. Soliq davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, soliq tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriyhududiy birliklar) soliq va yigʻimlardan tashkil topadi. Davlat budjetiga tavorlar (xizmatlar, ishlar)ni ishlab chiqarish, import qilish va sotish jarayaonida yaratilgan qo'shilgan qiymatning bir qismini o'tkazishdagi vosita bu qo'shilgan qiymat solig'idir. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev 18-may 2020 yilgi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida quyidagi fikrlarini bildirganlar ushbu soliq turi bo'yicha: “Umumbelgilangan soliq hisoblanishi va yuritilishida eng murakkab to‘lov turi bu qo‘shilgan qiymat solig‘idir. Bu borada yengillik yaratish uchun uni ikki yil mobaynida bosqichma-bosqich joriy etishni rejalashtirganmiz”. Ko'rinib turibdiki, qo'shilgan qiymat solig'i eng murakkab to'lov turidir.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining mohiyati shundaki, aslida soliq yuki pirovard iste’molchi zimmasiga tushadi. Boshlang‘ich xom ashyo mahsulotga aylangunga qadar qancha bosqichdan o‘tishi muhim emas. Har qanday holatda ham ushbu zanjirning barcha ishtirokchilari byudjetga to‘lashga majbur bo‘ladigan barcha mablag‘ mahsulotning pirovard qiymatiga kiritiladi. Tushunilishicha, maqsad - pirovard mahsulot narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lsa, ushbu mahsulotni pirovard iste’molchiga sotuvchi shaxslarga kiruvchi QQSni hisobga olishga ruxsat berish zarur. Qo`shilgan qiymat solig`i ob’yektlari quyidagilar: soliq solinadigan aylanma (oborot)-tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish, ijaraga berish, tekinga berish, ustav jamg`armasiga topshirish bo`yicha aylanma (oborot); soliq solinadigan import. Qo’shilgan qiymat o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida istе`mol qilingan tovarlar, xom ashyolar va xizmatlarning qiymati o’rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida va kеyinchalik mеhnat taqsimoti natijasida ma`lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nеchta bosqichlardan o’tadi, bu bosqichlarning har birida qo’shilgan qiymat yaratiladi. Qo’shilgan qiymat solig’ining iqtisodiy mazmuni va xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: ✓ ushbu soliq turi bilvosita soliqlar turkumiga kiradi, ya`ni soliq yuki istе`molchilarga tushadi. Shuning uchun ham, mazkur soliq yukinining o’sishi istе`mol xarajatlarini ortishiga va inflyasiyani kuchayishiga olib kеlishi mumkin. Xususan, ushbu soliq istе`moldan olinadigan soliq hisoblanadi. ✓ ushbu soliq soliq tizimida faol tartibga soluvchi soliq hisoblanadi, ya`ni mе`yoriy ajratmalar orqali mahalliy byudjetlarni daromad va xarajatlarini tartibga solishda faol foydalaniladi; ✓ qo’shilgan qiymat solig’i har bir aylanma bosqichida undiriladigan soliqdir; ✓ qo’shilgan qiymat solig’i tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishdagi muhim davlatning moliyaviy instrumеntlaridan biri hisoblanadi. O’zbеkiston soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “2022-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


“2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi 3-ilovaga muvofiq;
Foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilsin:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘liq hajmda;
foyda solig‘i to‘liq hajmda (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘i bundan mustasno);
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 60 foizi (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno);
(2-bandning birinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)
Bunda soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) hududlar kesimida inobatga olinadi.
Moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.
Belgilansinki, 2021-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini o‘tkazish 2022-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2021-yilgi hisobotlarda aks ettiriladi.
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:
a) budjet tashkilotlari bo‘yicha:
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 99,2 foiz;
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasiga — 0,4 foiz;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz;
b) boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,4 foiz;
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasiga — 0,8 foiz;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.
4. 2022-yil uchun quyidagi soliq stavkalari:
a) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun:
foyda solig‘i 5-ilovaga muvofiq rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda;
oltin bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 10 foiz va palladiy, kumush, mis bo‘yicha 15 foiz miqdorida belgilansin. Bunda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasi ishlov berish (boyitish), qayta ishlash (affinaj) va tashish xarajatlarini chegirmagan holda aniqlanadi;
b) “O‘zbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati bo‘yicha 15 foiz miqdorida tasdiqlansin.
5. Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im 1 grammiga 1 000 so‘m miqdorida saqlab qolinsin.
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelgacha yerlarga soliq solish uchun ularning normativ qiymatini aniqlasin va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega yuridik shaxslar, shu jumladan dehqon xo‘jaliklariga yetkazsin.
7. Belgilansinki, jismoniy shaxslarga ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lovlar respublika budjeti daromadlari qismida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishga rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
8. 2022-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Budjet xarajatlarining samaradorligini baholash maqsadida 2021-yilda tajriba tariqasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatining maqsadli indikatorlari joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
40 ta birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning 2022 — 2024-yillar uchun budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
maqsadli indikatorlarning bajarilishini baholash har chorak yakuni bo‘yicha vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi;
hisobot yili yakuni bo‘yicha Hisob palatasi maqsadli indikatorlarning bajarilishini auditdan o‘tkazadi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasida har chorak yakunida eshitib borish amaliyoti joriy etilsin.
10. 2022-yil 1-yanvardan boshlab ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash bo‘yicha barcha loyihalar uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larni Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi va uning hududiy hisobraqamlari orqali moliyalashtirish tartibi belgilansin.
11. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yerlarda joylashgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari ajratilmaydi.
Suv xo‘jaligi vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yo‘llari joylashgan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazsin hamda 2022-yil yakuniga qadar yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun mablag‘lar ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Belgilansinki:
2022-yil 1-iyundan boshlab tajriba tariqasida, bosqichma-bosqich yil yakuniga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi barcha unitar korxonalarga faqat Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi;
Moliya vazirligi G‘aznachiligiga o‘tkazilgan unitar korxonalarning bo‘sh mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi G‘aznachiligiga buyurtmanoma taqdim etish orqali joylashtiriladi;
2022-yilgacha davlat unitar korxonalari bo‘sh mablag‘larining tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan milliy valyutadagi mablag‘lari depozitlar muddati tugagandan so‘ng, ularning muddati uzaytirilmasdan tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. 2022-yilda soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar belgilansin:
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (tadbirkorlik faoliyatida foydalanadigan yer uchastkalaridan tashqari) summasi 2021-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim;
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i summasi 2021-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.
14. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizini undirish tartibini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Soliq to‘lovchilarga quyidagi huquqlar berilsin:
2022-yil 1-fevralga qadar 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ko‘chmas mulk obyektlariga bir kvadrat metr minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish;
2022-yil 1-aprelga qadar kadastr organlarida ko‘chmas mulk obyektlari maydonlarini taqqoslashni amalga oshirish, 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan ma’lumotnomani penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasi qo‘llanilmagan holda taqdim etish;

Download 25,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish