MAVZU: TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLAR VA
MUHOFAZA TADBIRLARI
Reja:
1. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va texnogen falokatlar haqida
tushuncha, turlari
2. Transportdagi avariyalar va halokatlar, avariyalarni oldini olish chora-
tadbirlari.
3. Yong‘in chiqishi, portlash xavfi bo‘lgan ob’ektlardagi falokat va halokatlar,
aholini muhofaza qilish tadbirlari.
4. Enyergetik tizimidagi va ijtimoiy tarmoqlaridagi (kommunal) avariyalar va
halokatlar.
5. Gidrotexnik inshootlardagi hamda bino va inshootlarning birdan qulab ketishi
bilan bog‘liq avariyalar. falokat va halokatlar.
6. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda muhofaza tadbirlari.
Tayanch iboralar: texnogen ofat, gidrotexnik falokat, gidrodinamik xavfli ob’ektlar, halokatli suv bosish zonasi, to‘g‘on buzilgandagi toshqin, yong‘in, portlash, yonuvchan moddalar, o‘t o‘chirgich, ko‘shma, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, evakuatsiya.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va texnogen falokatlar
haqida tushuncha.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar - hududlarda portlash, yong‘in, radiasion, kimyoviy va biologik zararlanishlarni hamda insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o‘limlarga olib keluvchi, ishlab chiqarish jarayonining keskin ishdan chiqishi oqibatida kutilmaganda avariya va halokatlarning sodir bo‘lishi.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar – bu odamning ishlab chiqarish yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan halokat (avariya)lar.
Rivojlanish davrida inson o‘zi uchun yaratgan qulayliklar, ya’ni g‘ildirakning kashf etilishi, mashinalarni yaratilishi, atomning bo‘ysundirilishi, elektromagnit to‘lqinlarni aniqlanishi va boshqalar, odamga g‘am va zahmat keltiruvchi sabablar bo‘lmish texnogen tusdagi halokatlarni kelib chiqishiga imkoniyat yaratib beradi.
1986 yil 26 aprelda Chernobil AESdagi bo‘lgan halokat - bitta enyergoblok buzilib, undan tashqariga juda ko‘p miqdorda chiqqan bug‘ holdagi vodorod atmosferadagi havo bilan aralashishi natijasida portlab, radioaktiv chiqindilar atrof muhitga tarqalgani, natijada yong‘in sodir bo‘lib, yaqin atrofdagi odamlar o‘limi va o‘nlab odamlar turli darajadagi radiasiya nurini olgan, juda katta hudud radioaktiv moddalar bilan zaharlangan, 100 mingdan ortiq odamlar evakuasiya qilingan va fojeadan ko‘rilgan moddiy zarar esa 8 mlrd. rublni tashkil etgan. Shuning uchun AESlarda avariya sodir bo‘lganligini eshitgan har bir fuqaro darhol saqlanish (boshpana) joylariga berkinishi yoki xavfsiz joylarga evakuasiya qilinishi lozim.
Bundan tashqari yadroviy sinovlar oqibatlari, sanog‘i yo‘q transport favqulodda vaziyatlar va ishlab chiqarishdagi avariyalar, ommaviy zaharlanishlar, radiasion zararlanishlar va boshqalar texnogen tusdagi havflar sifatida misol qilib keltirishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “Tabiiy, texnogen, ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasniflanishi to‘g‘risida”gi 455-qaroriga binoan mamlakatimizda 7 turdagi texnogen favqulodda vaziyatlar uchraydi:
1. Transportdagi avariyalar va halokatlar:
a) temir yo‘ldagi;
b) havo transportidagi;
c) avtomobil transportidagi;
d) metropoliten poezdlaridagi;
e) magistral quvurlardagi (gaz va neftlarning otilib chiqishi).
2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar va halokatlar.
3. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar.
4. Enyergetika va kommunal tizimidagi avariyalar.
5. Bino va inshootlarning birdan qulab ketishi bilan bog‘liq avariyalar.
6. Radiaktiv moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar.
7. Gidrotexnik inshootlardagi avariyalar va halokatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |