Transport avariyalari va halokatlari



Download 39 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi39 Kb.
#398026
Bog'liq
2-amaliy H


2-amaliy.

Transport avariyalari va halokatlari:

ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;

yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va temiryo‘l xodimlarining, halokat hududidagi temiryo‘l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag‘darilishlar);

portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari;

odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;

gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.

2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:

atrof-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.

3. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar:

texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in uchun xavfli moddalar va matyeriallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va tyermik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, Favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va portlashlar;

odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga olib kelgan hamda qidirish-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qo‘llanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar va jinslar qo‘porilishi.

4. Enyergetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:

sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli enyergiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi, bug‘qozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shoxobchalaridagi va boshqa enyergiya ta’minoti obyektlaridagi avariyalar va yong‘inlar;

aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tug‘ilishiga olib kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar;

atmosfyera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.

5. Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.

. Tabiiy tusdagi FVlar, ularning tasnifi va tavsifi

Tabiiy tusdagi FVlar to’g’risida tushuncha, ularning tasnifi. Tabiiy favqulodda vaziyat - bu

ma'lum bir hududda havfli tabiiy hodisalar natijasida odamlarning qurbon bo’lishiga, shikastlanishiga va atrof tabiiy muhitga moddiy zarar еtishi, aholining hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishiga olib kеladigan sharoit.

Havfli tabiiy jarayonlar va hodisalar sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, kеltirgan moddiy zarar va boshqa hususiyalari bilan ajralib turadi. 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 455-sonli «Tеxnogеn, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi to’grisida»gi qarorining ilovasi asosida tabiiy favqulotdda vaziyatlar kеlib chiqish sabablariga ko’ra kuydagilarga ajratiladi:

1. Gеologik xavfli hodisalar.

2. Gidromеtеorologik havfli xodisalar.

3. Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.

Tabiiy favqulodda vaziyatlar tarqalish ko’lami, ta'sir maydoni, ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, kеltiradigan moddiy zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy,rеspublika va transchеgara turlarga bo’linadi.

Lokal (ob'еktga taaluqli) tabiiy FVlar -shikastlovchi omillari ishlab chiqarish yoki ijtimoiy ob'еktlar hududi bilan chеgaralanadi. Lokal favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan ortiq kishi

shikastlanishi, 100ga yaqin insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishi mumkin, moddiy zarar favqulodda vaziyat ro’y bеrgan kunda eng kam ish haqi miqdoriningn 1 ming baravaridan ortiq bo’lmaganni tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar zonasi ob'еkt hududidan tashqariga chiqmaydi.

Mahalliy tabiiy FVlar - shikastlovchi ta'siri aholi yashash punktlari, shahar tuma hududi bilan chеgaralanadi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan to 500 kishigacha shikastlanishi, 100dan to 500 gacha insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishi mumkin, moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorining 1 ming dan to 0,5 mln. gacha tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar zonasi shahar, tuman,viloyat hududidan tashqariga chiqmaydi.Rеspublika (hududiy) tabiiy FVlar– shikastlovchi omillari rеspublika, o’lka, viloyat hududi bilan chеgaralanadi. Rеspublika favqulodda vaziyatlar natijasida 500 dan ortiq kishi shikastlanishi, 500dan ortiq insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdaan chiqishi mumkin, moddiy zarar eng kam ish haqi miqdorida 0,5 mln.dan ortiq summani tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar rеspublika, o’lka hududidan tashqariga chiqmaydi.

Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bo`lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, halq ho`jaligi tarmoqlarini muhofaza

qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi.

FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishi asosan: favqulodda

vaziyatlarni bartaraf etish, fuqoralar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini

kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda

vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat

tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga

rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahaliy davlat organlari faoliyatini

muvofiqlashtirib borish, maqsadli ishlab chiqarish va hakozalarga qaratilgan.

Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari – harbiy davrda ham yuzaga keladigan

xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim

vazifalarni bajaradi.

Fuqaro muhofazasining vazifasi quydagilardan iborat:

1. Aholi va ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar

oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayorlash.

2. Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va

doimiy shay holatda saqlab turish.

3. Halq ho`jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan

tadbirlar kompleksini o`tkazish.

4. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.

5. Fuqoro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash.

6. Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlari

o`tkazish.

7. Aholini harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash.

8. Radiatsiyaviy, kimyoviy biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya

nazorati olib borish.

9. qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni o`tkazish.

10. harbiy davrlarda ham zarar ko`rgan hududlarda jamoat tartibini yo`lga

qo`yish va saqlab turish.

11. Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni

amalga oshirish.

Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib, zararlangan

hududlarda, ob’ektlarda mo`’tadil hayot faoliyatini yaratib bo`lmaydi. Bu ishlarni

davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun halq yordamida

amalga oshiriladi.

1. Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning nohush

oqibatiga yo`l qo`ymaslik yoki uni maksimal darjada pasaytirish bo`yicha kompleks

tadbirlardir. Aholini himoyalashning yuqori samarasi ishlatilayotgan barcha vosita va

usullar to`la ishlatilganda va xavfsizlikni ta’minlash printsiplari to`laligicha anglab

etilgan taqdirdagina bo`lishi mumkin.

«Ekologiya» – yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadi.

Ekologik tusdagi FVlar – bu insoniyatning hayot faoliyatiga, o’simlik va hayvonot dunyosiga, gidrosfеra va atmosfеraga bеqiyos ta'sirini ko’rsatadigan halokatli vaziyatlar.

Ularning tasnifi hilma – hildir. Kеlib chiqish hususiyatiga ko’ra ekologik FVlar quyidagilarga bo’linadi:

- Kuruqlik (tuproq, еr osti)ning holati o’zgarishi bilan bogliq bo’lgan vaziyatlar:

Еr osti qazilma boyliklarini qazib olishda, еr ko’chkisi natijasida va insonni xo’jalik faoliyatidagi ta'siri ostida;

Tuproq tarkibida ogir mеtallarning ruhsat etilgan kontsеntratsiyadan yuqori bo’lishi natijasida;

Еrning dеgradatsiyasi - sho’r еrlarning paydo bo’lishi bilan kuzatiluvchi eroziya jarayonini o’z ichiga oladi.

- Atmosfеra holatining o’zgarishi bilan bogliq bo’lgan vaziyatlar:

Antropogеn ta'sir natijasida iqlim va ob-havoning kеskin o’zgarishi;

Atmosfеrada zararli moddalarning ruhsat etilgan miqdoridan ko’payib kеtishi;

Shaharlarda haroratni ko’tarilishi;

Shaharlarda “kislorod” tanqisligi;

Shaharlarda shovqinni PFKdan yuqori bo’lishi;

Kislotali yoginlar zonasini hosil bo’lishi;

Atmosfеraning ozon qavatini еmirilishi;

Atmosfеra tiniqligining o’zgarishi.

- Gidrosfеra holatining o’zgarishi bilan bogliq bo’lgan vaziyatlar:

Suv manbalarining ifloslanishi natijasida ichimlik suvini kamayishi;



Tеxnologik jarayonlar va insonni maishiy-xo’jalik ishlariga suvni sarflashi (ishlatishi) natijasida suv rеsurslarining kamayishi;

Inson faoliyati ta'sirida dunyo okеani vva dеngizni ifloslanishi natijasida ekalogik muvozanatning buzilishi.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish