v) Avtotransport avariya va halokatlari (yo‘l transporti hodisalari).
Transportlardagi fuqarolarni halok bo‘lishiga, portlash va yong‘inlarni chiqishiga olib keladi.
Kelib chiqish sababi: fuqarolarimizni transport harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, tezlikni oshirishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilib transport vositalarini boshqarishi, qarama-qarshi yo‘llarga chiqib ketishi, texnik nosoz transportlarni boshqarish, yo‘llarning talab darajasida emasligi.
Asosan sodir etilgan avariya va halokatlardan 70-80 % halokat sodir etilgandan so‘ng 2-3 soat ichida ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasligidan nobud bo‘lishadi. Transportlarda tibbiy yordam qutilarining yo‘qligi, aholining va xodimlarining birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini yaxshi bilmasligi, ushbu transportda sodir etilayotgan avariyalarda ko‘plab insonlar nobud bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu borada DAN boshqarmasi xodimlarining transport texnik ko‘rigini o‘tkazish vaqtida ushbu yo‘nalishdagi masalalarga ahamiyat byermasligi, qolavyersa turli davlat transport boshqarma boshliqlarining e’tiborsizligidir. Ushbu turdagi favqulodda vaziyatlar yil sayin ortib bormoqda, achinarlisi ham shundaki, fuqarolarimiz byevaqt olamdan ko‘z yummoqdalar.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish chora-tadbirlari:
1. Rejaviy-profilaktik ko‘rik va texnik ta’minlash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
2. Texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik;
3. Barcha turdagi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish;
4. DAN xodimlarining, haydovchilarning, aholini birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va malakalarni oshirish;
5. Yo‘l tarmoqlarini me’yoriy talab darajasida saqlash;
6. Shaharlarda ko‘p sathli yo‘llardan, piyodalarning er osti yo‘laklaridan samaraliroq foydalanishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 701-sonli qarorida belgilangan vazifaga asosan tashkil etildi. Bunga asosan, har oyning uchinchi jumasida “Avtomobillarsiz harakatlanish kuni” deb e’lon qilingan.
Aholini muhofaza tadbiri: O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 23.12.1997 yildagi 558-sonli qaroriga muvofiq Davlat avtomobil nazorati organiga “Yo‘l transport xavfsizligini ta’minlash xizmatiga rahbarlik qilish” vazifasi yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |