Fuqaro muhofazasi – aholi, xalk xo‘jaligi inshootlari va sohalarini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan umumdavlat tadbirlari majmuasidir. Bu borada Prezidentimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan bir qancha xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan aholini turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning xuquqiy asoslarini belgilovchi Qonun va qarorlar keng miqyosda hayotga tadbiq etilmoqda.
Vatanimizda sodir bo‘layotgan buyuk o‘zgarishlar, mustaqil davlatchilikning shakllanishi, jamiyat rivojlanishining yuksalishi jahon andozalariga mos keluvchi qonuniy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga kiritish asosida olib borilmoqda.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirining ko‘rsatma va buyruqlari tashkil etadi.
Aholi xavfsizligini ta’minlash, insonlar salomatligini yuksak darajaga ko‘tarish masalalari bo‘yicha ham bir qancha qonuniy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan, 20 avgust 1999 yilda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun.
Qonunning asosiy maqsadi–aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y byerishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talofatlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdan iborat. Qonun 5ta bo‘lim, 26 ta moddadan tuzilgan.
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan bo‘lib, 15 ta moddadan iborat.
Qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, konsyervasiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
26 may 2000 yilda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni – Fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilashdan iborat bo‘lib, qonun 5 ta bo‘lim, 23 ta moddadan tarkib topgan.
“Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun 31 avgust 2000 yilda qabul qilingan. Qonunning maqsadi-radiasiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘ligi va mol – mulki, shuningdek, atrof – muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 5 ta bo‘lim, 28 ta moddadan tarkib topgan.
“Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun 15 dekabr 2000 yilda qabul qilingan. Qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, 31 moddani o‘z ichiga oladi. Ushbu qonunlardan tashqari Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator qarorlar va davlat standartlari ham qabul qilingan.
1. “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 1996 yil 11 aprelda qabul qilingan 143–sonli qaror “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to‘g‘risida”gi 1997 yil 23 dekabrda qabul qilingan 558–sonli qaror.
1. “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida”gi 1998 yil 27 oktyabrda qabul qilingan 455–qaror.
2. “O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi 1998 yil 7 oktyabrda qabul qilingan 427–sonli qaror.
3. “Toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 1994 yil 12 aprelda qabul qilingan 201–sonli qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |