Umum va tib psix p65


X arakter aksentuatsiyasi va uning tiplari


bet57/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

X arakter aksentuatsiyasi va uning tiplari.
Xarakter xusu­
siyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jihatidan rang- 
barangligi va o ‘ziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan 
ifodalanganligida ham namoyon bo‘ladi. Xarakter xususiyat­
larining miqdoriy ifodalanishi, ya’ni ayrim belgilarning had- 
dan tashqari kuchli namoyon bo‘lishi shaxs xulq-atvori me’yo- 
rining eng oxirgi marrasiga borib, patologik belgilar bilan 
chegaralanish holatida kuzatiladi. Bu holat psixologiyada xarak­
ter aksentuatsiyasi (me’yordan ortishi) deb ataladi. Bunda 
shaxsda boshqalarga nisbatan barqarorlik bo‘lgani holda bir xil 
qattiq hayajonlantiruvchi omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi.
QOBILIYAT VA ISTE’DOD
Shaxs muayyan faoliyatni amalga oshirishda turli ko‘rsat- 
kichga ega natijaga (muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz) 
erishadi. Bu psixologik hodisa yoki voqelik nimadan dalolat 
ekanligini aniqlash orqaligina bilim darajasi, qobiliyat ko‘rsat- 
kichi, muvaffaqiyat mexanizmi, malaka yoki ko‘nikmalar 
barqarorligi yuzasidan mulohaza yuritish mumkin, xolos.
Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy ta’lim jara­
yonida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha «o‘rtamiyona» talaba 
keyinchalik ijobiy tomonga o‘zgarishi, boshqa soha (tarmoq)da 
yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yaqin ixtisos- 
likda o‘zini ko‘rsatishi mumkin ekan. Shuning uchun bilim
ko‘nikma va malakalarni egallash (o‘zlashtirish) jarayonida 
qobiliyatlar namoyon bo‘lsa-da, lekin ular bilim, ko‘nikma, 
malakalarga bevosita taalluqli bo‘lmasdan, bir-biridan tafovut 
qiladi. Ushbu psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida, 
bilim, ko‘nikma, malaka mashq tufayli egallanadigan aniq 
voqelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxsning ruhiy 
olamidagi hali ro‘yobga chiqmagan imkoniyatidir. Masalan, 
talabaning o‘qishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamolot 
uchun imkoniyat tarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi, 
obyektiv va subyektiv muhit, salomatligi va h.k.), shaxsning 
qobiliyatlari kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun 
imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi.
101


Kasbiy bilim va ko‘nikmalar egallandimi yoki yo‘qmi, 
imkoniyat ro‘yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida 
qolib ketdimi — bularning barchasi ko‘pgina omillarga va 
sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar 
(oila, m aktab, m ehnat jam oasi a ’zolari, jam oatchilik) 
shaxsning u yoki bu bilim hamda ko‘nikmalarni egallashga 
manfaatdorligi, o ‘qish, o‘rgatishga munosabati, ularni tashkil 
qilish va mustahkamlashga nisbatan mas’uliyat his qilish 
kabilarning barchasi — imkoniyatni ro‘yobga chiqarish, uni 
voqelikka aylantirishning kafolati sanaladi. Psixologiya meto- 
dologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar imkoniyatlar tizi- 
midan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy 
mahorat darajasidir.
Bolada namoyon bo‘lgan musiqiy qobiliyat uning musiqachi 
bo‘lishi uchun biron-bir darajada garov bo‘la olmaydi. Bolaning 
musiqachi bo‘lishi uchun unga maxsus ta’lim berilishi, pedagog 
va bola namoyish qilgan qat’iylik, salomatlikning yaxshi 
bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘plab shart- 
sharoitlar bo‘lishi zarur. Bularsiz qobiliyatlar rivojlanmay 
turiboq so‘nib ketishi mumkin.
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim 
jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan 
bir narsa ekanligini rad etib, ularning birligini e’tirof qiladi. 
Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi. 
Agar shaxs rasm solishga hali o ‘rganmagan bo‘lsa, uning 
tasviriy san’atga nisbatan qobiliyatlari yuzasidan mulohaza 
yuritishga o‘rin ham yo‘q.
Talabada kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi, ular­
ning barqarorligi, shakllangan shaxsiy ish uslublari mavjud 
emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tekshirib, o‘rganmasdan turib, 
shoshilinch tarzda unda qobiliyatlar yo‘q degan xulosa chiqa­
rish qo‘pol psixologik nuqson hisoblanadi. Bolalik davrida u 
yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan 
tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli 
jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan 
juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, 
Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay 
Lobachevskiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va bosh-
102


qalar o ‘qishida genial olim bo‘lib voyaga yetishishida hech 
qanday asos yo‘q edi.
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, 
balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat 
uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o ‘zlashtirish 
jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlarga asoslanadi. 
Demak, qobiliyatlar deb, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli 
amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va 
malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda 
namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatlarga aytiladi. 
Shunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar 
bo‘lishi bilan birga:
• ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyatlariga, xarak­
ter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama- 
qarshi qo‘yish mumkin emas;
• shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari 
bilan bir qatorga qo‘yish, ularni ayniylashtirish ham nuqson- 
larni keltirib chiqaradi.
Shuni ta’kidlash joizki, yuqoridagi sifatlardan ba’zi biri 
yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki 
ular ta ’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur indi­
vidual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug‘i- 
ladi. Psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql-zakovat, 
ya’ni intellekt tushunchasi bilan bog‘lab o ‘rganiladi.
Psixologiyada aql va idrok masalasi, odamning intellektiga 
bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar obyekti bo‘lib, unda 
qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik 
tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratilib, 
har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo‘lgan ko‘rsatkichni 
o ‘lchashga urinishlar kuzatiladi. Ko‘pchilik olimlar odam 
intellektida uning verbal (ya’ni, so‘zlarda ifodalanadigan), 
miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan) ko‘rsatkichlarni aniqlab, 
ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog‘liq 
jihatlarni ham qo‘shganlar. Ularning fikricha, intellektual 
potensialga ega bo‘lgan shaxsnigina qobiliyatli deb qarash 
mumkin. Intellektual potensial esa bir tomondan hayotdagi 
barcha jarayonlarga, boshqa tom ondan shaxsga bevosita 
aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati
103


shundaki, u borliqni va bo‘ladigan hodisalarni oldindan basho- 
rat qilishga imkon beradi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish