X arakter aksentuatsiyasi va uning tiplari.
Xarakter xusu
siyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jihatidan rang-
barangligi va o ‘ziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan
ifodalanganligida ham namoyon bo‘ladi. Xarakter xususiyat
larining miqdoriy ifodalanishi, ya’ni ayrim belgilarning had-
dan tashqari kuchli namoyon bo‘lishi shaxs xulq-atvori me’yo-
rining eng oxirgi marrasiga borib, patologik belgilar bilan
chegaralanish holatida kuzatiladi. Bu holat psixologiyada xarak
ter aksentuatsiyasi (me’yordan ortishi) deb ataladi. Bunda
shaxsda boshqalarga nisbatan barqarorlik bo‘lgani holda bir xil
qattiq hayajonlantiruvchi omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi.
QOBILIYAT VA ISTE’DOD
Shaxs muayyan faoliyatni amalga oshirishda turli ko‘rsat-
kichga ega natijaga (muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz)
erishadi. Bu psixologik hodisa yoki voqelik nimadan dalolat
ekanligini aniqlash orqaligina bilim darajasi, qobiliyat ko‘rsat-
kichi, muvaffaqiyat mexanizmi, malaka yoki ko‘nikmalar
barqarorligi yuzasidan mulohaza yuritish mumkin, xolos.
Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy ta’lim jara
yonida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha «o‘rtamiyona» talaba
keyinchalik ijobiy tomonga o‘zgarishi, boshqa soha (tarmoq)da
yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yaqin ixtisos-
likda o‘zini ko‘rsatishi mumkin ekan. Shuning uchun bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallash (o‘zlashtirish) jarayonida
qobiliyatlar namoyon bo‘lsa-da, lekin ular bilim, ko‘nikma,
malakalarga bevosita taalluqli bo‘lmasdan, bir-biridan tafovut
qiladi. Ushbu psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida,
bilim, ko‘nikma, malaka mashq tufayli egallanadigan aniq
voqelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxsning ruhiy
olamidagi hali ro‘yobga chiqmagan imkoniyatidir. Masalan,
talabaning o‘qishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamolot
uchun imkoniyat tarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi,
obyektiv va subyektiv muhit, salomatligi va h.k.), shaxsning
qobiliyatlari kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun
imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi.
101
Kasbiy bilim va ko‘nikmalar egallandimi yoki yo‘qmi,
imkoniyat ro‘yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida
qolib ketdimi — bularning barchasi ko‘pgina omillarga va
sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar
(oila, m aktab, m ehnat jam oasi a ’zolari, jam oatchilik)
shaxsning u yoki bu bilim hamda ko‘nikmalarni egallashga
manfaatdorligi, o ‘qish, o‘rgatishga munosabati, ularni tashkil
qilish va mustahkamlashga nisbatan mas’uliyat his qilish
kabilarning barchasi — imkoniyatni ro‘yobga chiqarish, uni
voqelikka aylantirishning kafolati sanaladi. Psixologiya meto-
dologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar imkoniyatlar tizi-
midan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy
mahorat darajasidir.
Bolada namoyon bo‘lgan musiqiy qobiliyat uning musiqachi
bo‘lishi uchun biron-bir darajada garov bo‘la olmaydi. Bolaning
musiqachi bo‘lishi uchun unga maxsus ta’lim berilishi, pedagog
va bola namoyish qilgan qat’iylik, salomatlikning yaxshi
bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘plab shart-
sharoitlar bo‘lishi zarur. Bularsiz qobiliyatlar rivojlanmay
turiboq so‘nib ketishi mumkin.
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim
jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan
bir narsa ekanligini rad etib, ularning birligini e’tirof qiladi.
Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi.
Agar shaxs rasm solishga hali o ‘rganmagan bo‘lsa, uning
tasviriy san’atga nisbatan qobiliyatlari yuzasidan mulohaza
yuritishga o‘rin ham yo‘q.
Talabada kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi, ular
ning barqarorligi, shakllangan shaxsiy ish uslublari mavjud
emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tekshirib, o‘rganmasdan turib,
shoshilinch tarzda unda qobiliyatlar yo‘q degan xulosa chiqa
rish qo‘pol psixologik nuqson hisoblanadi. Bolalik davrida u
yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan
tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli
jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan
juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi,
Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay
Lobachevskiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va bosh-
102
qalar o ‘qishida genial olim bo‘lib voyaga yetishishida hech
qanday asos yo‘q edi.
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi,
balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat
uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o ‘zlashtirish
jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlarga asoslanadi.
Demak, qobiliyatlar deb, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli
amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda
namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatlarga aytiladi.
Shunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar
bo‘lishi bilan birga:
• ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyatlariga, xarak
ter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-
qarshi qo‘yish mumkin emas;
• shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari
bilan bir qatorga qo‘yish, ularni ayniylashtirish ham nuqson-
larni keltirib chiqaradi.
Shuni ta’kidlash joizki, yuqoridagi sifatlardan ba’zi biri
yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki
ular ta ’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur indi
vidual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug‘i-
ladi. Psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql-zakovat,
ya’ni intellekt tushunchasi bilan bog‘lab o ‘rganiladi.
Psixologiyada aql va idrok masalasi, odamning intellektiga
bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar obyekti bo‘lib, unda
qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik
tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratilib,
har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo‘lgan ko‘rsatkichni
o ‘lchashga urinishlar kuzatiladi. Ko‘pchilik olimlar odam
intellektida uning verbal (ya’ni, so‘zlarda ifodalanadigan),
miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan) ko‘rsatkichlarni aniqlab,
ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog‘liq
jihatlarni ham qo‘shganlar. Ularning fikricha, intellektual
potensialga ega bo‘lgan shaxsnigina qobiliyatli deb qarash
mumkin. Intellektual potensial esa bir tomondan hayotdagi
barcha jarayonlarga, boshqa tom ondan shaxsga bevosita
aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati
103
shundaki, u borliqni va bo‘ladigan hodisalarni oldindan basho-
rat qilishga imkon beradi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |