Umum va tib psix p65


OILA VA JINSIY HAYOT PSIXOGIGIYENASI


bet65/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

OILA VA JINSIY HAYOT PSIXOGIGIYENASI
Oilaning mustahkamligi sevgi, muhabbat, do‘stlik, oiladagi 
katta yoshdagi kishilarning bir-biriga o‘zaro hurmati, kichiklarga 
nisbatan shafqatliligi, oiladagi manfaatlarning umumiyligi, 
ularning o‘zaro munosabatlarda zarur paytlarda kechirimli 
bo‘lishlari baxtiyor oila vujudga kelishiga yordam beradi.
T UR M USH PSIXOGIGIYENASI
114


Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar rasm-rusumlar va maro- 
simlarning ijobiy ta’sirida yigit-qizlar asta-sekin kamol topib 
boradilar. Hozirgi zamon o‘zbek oilalaridagi an’analar va turli 
marosimlarning ijobiy ta’siri kuchli bo‘lib, xalqimizning uzoq 
o‘tmishdagi axloqiy xislatlarini ifodalovchi mehmondo‘stlik, 
insonparvarlik, xushfe’llik, iltifotlilik, bolajonlik, hovli-joylarni 
ozoda saqlash, bog‘-rog‘lar barpo etish, xalq sayllari va mav- 
sumiy bayramlarni birgalikda o‘tkazishda o‘z ifodasini topadi.
Yoshlarni turmush qurishga muvaffaqiyatli tayyorlashni 
ko‘zlab ish tutish uchun o‘spirin yigit va qizlarning jinsiy 
tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, oilaviy turmushning quvonchlari 
va tashvishlariga doir muayyan darajada m a’lumot berish, 
ularga bardoshli va matonatli bo‘lish hamda qiyinchiliklarni 
mardonavor yengish yo‘llarini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Oila — ijtimoiy zarurat. M a’lumki, tabiatdagi butun mav- 
judot, yirik organizmlar borki, barchasining juftlikda yashashi 
hayotiy qonuniyatdir. Shunday ekan, insoniyat tabiat sarvari 
sifatida kishi — shaxs tariqasida shakllanib chiqishiga qadar 
ham shunday tabiiy zaruratga ehtiyoj sezgan.
Ibn Sino: «Eng yuksak sevgi — bu insoniy sevgi bo‘lib, 
bunday sevgi kishini saxovatli qiladi. Uni oqko‘ngil va jozibali 
kishiga aylantiradi», deb ta’kidlaydi. Mutafakkirning talqin 
etishicha, sevgi inson zimmasiga juda katta axloqiy va huquqiy 
mas’uliyat yuklaydi. U inson baxtining negizi deganda oshiq- 
likni emas, balki oshiq-m a’shuqlikni tushunadi. Oshiq- 
ma’shuqlik bilan turmush qurish oilani mustahkamlashning 
asosi sifatida ta’kidlanadi.
Nikohdan o‘tishga qadar yetarli fursat o ‘tishi bo‘lajak er- 
xotinlar bir-birlarini xarakter va odatlarini yaxshiroq bilib 
olishlariga zamin yaratadi. Oila qurishga jiddiy munosabatda 
bo‘lmaslik ko‘plab qo‘ydi-chiqdilarning sababi hisoblanadi. 
Nikohdan o ‘tishga qadar shaxslar o ‘zlari tanlagan kishining 
irsiyatini bilishlari lozim. Afsuski, shunday kasalliklar borki, 
ular nasldan naslga o ‘tadi. Qarindosh-urug‘dan qiz olish yoki 
qiz berish odati qat’iy qoralanishi va undan butunlay voz 
kechish kerak. Chunki ayrim ota-onalar shunday nikohlarga 
rozilik berib, natijada nogiron va kasalmand farzand dunyoga 
kelishiga sababchi bo‘ladilar.
115


Psixogigiyenaning eng muhim vazifalaridan biri har tomon- 
lama to ‘la-to‘kis jinsiy hayotni qaror toptirishda yordam 
berishdan iboratdir. Bu sohadagi buzilishlar ko‘pincha ancha- 
muncha ruhiy jarohatlar va asab buzilishlariga olib keladi. 
N oto‘g‘ri olib borilgan jinsiy hayot ko‘pincha kishini og‘ir 
iztirobga solib, ko‘pgina kelishmovchiliklarning sababchisi 
hisoblanadi. Ayniqsa, jinsiy hayotdagi chekinishlar va bu 
hayotning estetik jihatlarini bilmaslik zamirida erkakda va 
ayolda jinsiy sovuqlik kabi buzilishlar kuzatiladi. Ayrim shaxs- 
larda jinsiy moyillik ustunlik qilishi natijasida u jinsiy hayotga 
ko‘proq e’tibor beradi. Bunday holat shaxsda patologik 
rivojlanish belgisi borligini ko‘rsatadi. Tibbiyot xodimlari jinsiy 
funksiyaning psixogen va nopsixogen buzilishlarida, normal 
jinsiy rivojlanishdan va jinsiy hirsni qondirishdan patologik 
chetga chiqishlarda psixoterapevtik yordam ko‘rsatishlari lozim.
Surunkali ruhiy kasalliklari bor kishilar bilan turmush qurish 
yaramaydi. Odatda, teng bo‘lmagan nikohlarda, er-xotinning 
yoshi 15—20 yil farq qilganda normal hayot kechirish qiyin- 
lashadi. Jinsiy hayot faqat turmush qurgandan keyin bosh- 
lanishi kerak. Jinsiy ortiqchaliklar va seksual buzuqliklar asab 
sistemasini holdan toydiradigan omil hisoblanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish