Umum va tib psix p65


bet63/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

YOSHGA OID PSIXOGIGIYENA
Bolaning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to ‘g‘risida g‘am- 
xo‘rlikni u hali onaning qornida bo‘lgan davrdan boshlash 
kerak (homiladorlik davrida ona barcha gigiyena talablariga 
to ‘g‘ri rioya qilishi lozim).
Bola tug‘ilgandan keyin uni m a’lum tartib asosida ona- 
sining suti bilan boqish, ijobiy odatlar, ko‘nikmalar hosil 
qildirib borish, ota-onasi, aka-ukalari, qarindoshlarini, Va- 
tanini sevish tuyg‘ularini singdirib borish muhim ahamiyatga 
egadir. Unda jamoaga nisbatan hurmat-izzatni tarbiyalash, 
uni yomon odatlardan ehtiyot qilish, yaxshi xulq va estetik 
his-tuyg‘ularni singdirish asosiy burchimiz hisoblanadi. Bola 
rivojlanib maktab yoshiga yetganda unga endi boshqa yo‘na- 
lishlar, mavzular to ‘g‘risida m a’lumotlar berish, kundalik 
darslarda beriladigan bilimlar saviyasini oshirib borish lozim.
Balog‘atga yetish davrida ko‘proq e’tiborni mehnat qilishga, 
kasb tanlashga yo‘naltirish kerak. Ushbu davrda bolalarni 
yengil-yelpi filmlardan, behayo rasmlardan uzoqlashtirish, 
lekin jinsiy turmushga doir zarur m a’lumotlarni uning ongiga 
singdirib borish muhim psixogigiyenik ahamiyat kasb etadi.
111


O‘smirlik davrida hayot, sevgi, baxt, oila, burch to ‘g‘ri- 
sida m a’ruzalar qilish, atrof-muhit, uni toza saqlash, asrab- 
avaylash, Vatandan g‘ururlanish kabi tushunchalarni sing­
dirib borish muhim ahamiyatga egadir. O‘rta yoshli kishilarda 
yashash bilan bog‘liq psixogigiyenik muammolar kamroq 
uchraydi. Chunki ularda hayot tajribasi bo‘lib, mavjud qi- 
yinchiliklarga ko‘nikkan, chiniqqan bo‘ladilar.
Yosh qaytgach, o ‘ziga xos psixogigiyenik muammolar 
vujudga keladi. Keksalik hayotning nihoyasi bo‘lishi kerak 
emas, balki u hayotning ochilgan gulidir, degan edi Andre 
Renon. Shunday ekan, qarilik chog‘idagi psixogigiyenik 
tadbirlar sistemasi gulni so‘litmaslikka, barglari, yaproq- 
larining tushmasligiga qaratilmog‘i kerak. Qarilik chog‘ida 
ko‘rish qobiliyati susayadi, quloq og‘irlashib qoladi, asta- 
sekin oyoqlardan mador ketadi, harakatlarni bajarish qiyin- 
lashib boradi. Bu esa, ruhiyatning pasayishiga olib keladi.
Qariyalarning ko‘ngliga tez ozor yetadi, ular nozik bo‘lib 
qoladilar, salbiy kechinmalardan ko‘p tashvishga tushadilar, 
ularni xavotirlik, qo‘rquv egallaydi. Yolg‘izlik ularni og‘ir 
xayollarga cho‘mdiradi. Ba’zida yoshlar oiladan uzoqlashib 
o‘zlari yangi oila quradilar. Natijada, keksalar yolg‘iz qoladilar. 
Yolg‘izlik ularni qiynaydi, bunday vaqtda qo‘shnilar, o ‘g‘il- 
qizlari, nevara-chevaralari qariyadan xabardor bo‘lib turishlari 
lozim. M ahalla faollari yolg‘iz qolgan qariyalarga mos 
keladigan ishlar topib berishlari kerak. Ularning doimo nima 
bilandir mashg‘ul bo‘lishlari ruhiy sog‘lomlikka olib keladi.
Kezi kelganda, qariyalarning tibbiy parvarishi haqida ham 
to‘xtalib o ‘tmoqchimiz. Abu Ali ibn Sino qariyalarga badanni 
yog‘ bilan uqalash, yengil harakatlar qilish, piyoda va otda 
yurish, ko‘katli taomlar yeyish, sut-qatiqni ko‘proq ichish, 
asabiylashmaslik, yetarlicha uxlash va ichni surib turish 
kerakligi haqida uqtirgan edi.
Darhaqiqat, keksa odamning ovqati oz-ozdan, sifatli, dar- 
mondorilarga boy va mazali bo‘lishi darkor. Shavla, shirguruch, 
atala, xolvaytar, shirchoy, limonli choy kabi ichimliklar me’da- 
ichak yo‘llarida tez hazm bo‘ladi. Sabzavot (sabzi, sholg‘om, 
karam) va ko‘katlar qo‘shib tayyorlangan suyuq taomlar qa­
riyalarga foydali, shifobaxsh ta’sir qiladi va huzur bag‘ishlaydi.
112


Mehnat inson tirikchiligining eng birinchi va asosiy shar- 
tidir. Mehnat shaxsni shakllantirish vositasi, ijod, ilhom va 
turli-tuman emotsional kechinmalarning manbayi bo‘lib xiz­
mat qiladi. M ehnat psixologiyasining mehnat faoliyatining 
barcha turlariga taalluqli bo‘lgan bir necha umumiy vazifalari 
va muammolari mavjud.
Agar kishining kasbi uning qiziqishlari va tayyorgarligiga 
mos kelsa, u holda mehnat quvonch, zavq, ruhiy sog‘lomlik 
manbayiga aylanadi. Chinakam zarurat sifatida anglangan, 
kishining kundalik ehtiyojiga aylangan m ehnat intizomi 
mehnatda samaradorlikka erishishning muhim shartidir: u 
charchoqni kamaytiradi, mehnatni yengillashtiradi.
Hozirgi vaqtda sanoatga murakkab dastgoh va mashina- 
laming kirib kelishi ishchi-xi zmatchilar ish joyining ruhiyatga 
ta ’sirini o‘rganishni taqozo etmoqda. Jamoada sog‘lom mu- 
hitni qaror toptirish, jamoa a’zolarining bir-biriga munosabat­
larini yaxshilash, qadr-qimmat, mehr-oqibat va ijtimoiy hi- 
moyalash masalalariga ko‘proq e’tiborni qaratish muhim 
vazifalardan sanaladi.
Ishlab chiqarishga kompyuter texnikasining kirib kelishi 
mehnat psixogigiyenasi oldiga qator yangi muammolarni 
qo‘yadiki, bu muammolarni psixologiyaning yana bir turi — 
injenerlik psixologiyasi bilan hal qilish kerak.
Mehnat psixogigiyenasining muhim bo‘limlaridan biri aqliy 
mehnat gigiyenasidir. Bu bo‘limda turli ishlardagi kishilar 
uchun aqliy mehnatning o ‘ziga xos gigiyenik m e’yorlarini 
ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.
Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi masala 
ham o‘z yechimini kutayapti. Ma’lumki, ta’lim va tarbiyaning 
muvaffaqiyatli bo‘lishi faqat o‘quv materialining mazmuniga 
va ta’lim-tarbiya uslublariga bog‘liq emas. Bu ko‘p jihatdan 
o ‘quvchining fanlarni qanday o ‘zlashtirayotganiga, o ‘quv- 
chining yosh xususiyatlariga, aqliy rivojlanganligiga va faol- 
ligiga bog‘liq. Shuning uchun ham psixologiyaning hozirgi 
vaqtdagi eng muhim vazifasi ta’lim psixologiyasi masalalarini 
yanada chuqur ishlab chiqishdan iboratdir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish