ko‘pgina jihatlarga qarab hal etilishi lozim. Mamlakatimizda
jam oa hayoti psixologiyasi masalalari keng sur’atda ishlab
chiqilmoqda. Ularni hal qilishda psixologlar va psixiatrlardan
tashqari, ko‘pgina ixtisosliklardagi tibbiyot
xodimlari, shu
jumladan, o ‘rta tibbiyot xodimlarining ulushi g‘oyat katta.
Ayniqsa, jamoa orasida hamshiralik faoliyati yuksak darajada
bo‘lmog‘i kerak, ular barcha toifadagi shaxslarning ruhiy tetik-
ligini, o ‘zaro munosabatlarini yaxshilash usullarini chuqur
o ‘rganishlari, har qanday sharoitlarni ruhiy jihatdan baholay
olishlari kerak.
HAMSHIRA VA SHIFOKOR PSIXOGIGIYENASI
Hamshira bilan shifokor kundalik ishlar bilan shunchalik band
bo‘lishadiki, natijada o‘zlarining sog‘liq va ruhiyatlariga e’tibor
qilishlariga vaqt qolmaydi. Ular faoliyatining psixogigiyenasi qolgan
faoliyatlardagi psixogigiyena bilan bir xil xususiyatga egadir. Tibbiy
psixologiya bilimlari, shu jumladan,
bem or bilan ishlash
psixologiyasi nafaqat shifokor va hamshira ishini yengillash-
tiradi, balki ko‘nglini ochadi, ruhiyatini ko‘taradi, davolovchi
shifokor va davolanuvchi bemorning sog‘ligini mustahkamlaydi.
H ar bir tibbiyot xodimi bemorga psixoterapevtik ta ’sir
ko‘rsatishi shart. Psixoterapevtik ta’sir etish har kimning o‘ziga
xos bo‘ladi.
Bunda xastalik sabablarini, bemor shaxsining
xususiyatlarini va uning atrof-muhit bilan o ‘zaro m uno
sabatlarini hisobga olish darkor. Bemorga kasallikning sabab-
lari to‘g‘risida, uning avj olishi haqida batafsil gapirib beriladi.
Suhbatlar jarayonida shaxsni o ‘ziga xos tarbiyalashga doir
tadbirlar, uni qiyinchiliklarni yengishga va xastalikka qarshi
kurashga rag‘batlantiradigan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hamshiralarni ishga tanlab olish vaqtida nafaqat ularning
jismonan sog‘lomligiga, balki ruhiy sog‘lomligiga ham e’tibor
berilishi shart.
Ruhiy jihatdan to ‘la sog‘lom bo‘lmagan hamshira bu og‘ir
kasbga yaxshi moslasha olmaydi.
Ikkinchi tomondan, bunday
ruhiy buzilish bilan ular bemorlarga ham yomon ta’sir ko‘rsatib
qo‘yishlari mumkin. Hamshira o‘z ruhiyatiga, sog‘lig‘iga e’tibor
bersagina bemorlarning shifo topishlariga yordam bera oladi.
117
Psixoprofilaktika ruhiy kasalliklarning oldini olishga qa-
ratilgan tadbirlar tizimi sifatida psixogigiyena bilan cham-
barchas bog‘langan.
Psixoprofilaktikaning asosiy maqsadi quyidagilar:
a) kasallik qo‘zg‘atadigan sabablarning organizmga ta’sirini
kamaytirish va yo‘qotish;
b) kasallik rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga erta
tashxis qo‘yish va samarali davolash;
d) to ‘la-to‘kis
davolash, kasallik qaytalanishi va uning
surunkali turlarga o ‘tib ketishining oldini olishga qaratilgan
choralar ko‘rish.
Tibbiyotning har qanday sohasida profilaktik tadbirlar o‘z
vaqtida bajarilishi lozim. Psixoprofilaktika usullari ruhiy kasalliklar
avjlanishining oldini olishni ham o‘z ichiga oladi. Mana shuning
uchun kishining mehnat faoliyati davridagi va turmush sharoit-
laridagi ruhiy holati dinamikasini o‘rganish muhimdir.
Ruhiy kasalliklar profilaktikasida yuqorida aytib o‘tilga-
nidek, umumprofilaktik tadbirlar katta rol o ‘ynaydi. Masalan,
yuqumli kasalliklarni tugatish, turmush, sanoat intoksikatsiya-
larini bartaraf etish asab va ruhiy kasalliklarning profilak-
tikasidan boshqa narsa emas. Shunday qilib, psixik kasalliklarni
og‘ishmay profilaktika qilish, infeksiyalarga, intoksikatsiyalarga
va tashqi muhitning boshqa zararli omillariga qarshi kurashni
umumiy davolash tadbirlari bilan birga olib boriladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: