Umum va tib psix p65


bet67/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

PSIXOTERAPIYA
Ruhiy omildan davolash maqsadida ham, har xil kasal- 
liklarni profilaktika qilish maqsadida ham foydalanish mumkin. 
Psixoterapiya keng m a’noda olganda shifokorning bemorga 
munosabatlarining ilmga asoslangan tizimidir. Psixoterapiya 
har xil omillar yig‘indisidan tashkil topadi. Gipnoz, bedorlik 
holatida ta’sir qilish va davolash, bemor shaxsiga ta’sir qilish 
oilaga nisbatan sog‘lom muhit o ‘rnatishga yordam beradi. 
Faqat psixiatr emas, balki har qanday ixtisoslikdagi shifokor 
ham psixoterapiya usullarini puxta bilishi va o‘zining kundalik 
tajribasida ulardan foydalanishi kerak.
PSIXOPROFILAKTIKA
118


Ba’zi hollarda shifokor bemorni tinchlantirishi, uning 
irodasini o‘ziga bo‘ysundirishi kerak. Boshqa hollarda shifokor 
bemorda o ‘z sog‘ligiga katta ahamiyat berishi kerakligi haqida 
fikr tug‘dirishi kerak.
I.P. Pavlovning fikricha, so‘z katta yoshdagi kishining 
bundan oldingi butun hayoti tufayli miya katta yarimshar- 
lariga keluvchi barcha tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar bilan 
bog‘langan bo‘ladi, ularning hammasiga signal beradi, ular­
ning hammasini almashtiradi va shu sababli, mazkur qo‘zg‘a- 
tuvchilar taqozo qiladigan barcha harakatlarni, organizm re- 
aksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin.
Psixoterapiya tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Qadimgi 
Misrda, Hindistonda, Yunonistonda buni alohida sehrlar deb 
atashgan, o‘rta asrlarda esa, jodugarlik, afsungarlik deb atash- 
gan. Ta’sir ko‘rsatish va gipnoz hodisalarini muntazam ra­
vishda o‘rganish XVIII asrning oxirlaridan boshlangan.
Psixoterapiyada agar shifokor har bir bemorning o‘ziga 
xos ravishda ish tutmasa, uning ruhiyatining biror xususiyatini 
hisobga olmasa, u bemor dardini yengillashtirish o‘rniga unga 
zarar yetkazib qo‘yishi mumkin. Shunday qilib, psixoterapiya 
bosh tamoyilining buzilishi — har bir bemorga tegishlicha 
m unosabatda bo‘lmaslik unga jiddiy zarar yetkazishi va 
kasallikning kechishini og‘irlashtirishi mumkin. Bunga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun shifokor, albatta, psixoterapevt bo‘lishi 
ham kerak. Psixoterapevtik ta’sir qilishning eng ko‘p tarqal- 
gan usullaridan biri shifokor bilan bemorning juda yaqin 
munosabatda bo‘lishidir. Buni har bir tibbiyot xodimi bilishi 
kerak. Bemorning shifokor bilan ilk bor uchrashuvi ko‘- 
pincha hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shifokor bemor 
ishonchini qozonmasa, keyinchalik bunga erishish juda qiyin 
bo‘ladi, bu psixoterapiyaning muvaffaqiyatli chiqishining aso- 
siy shartlaridan sanaladi.
Bemor bilan suhbatlashish, shak-shubhasiz, psixoterapiya­
ning yetakchi mezoni hisoblanadi. Bemor shifokor bilan 
samimiy suhbatda bo‘lsa, dardi yengillashgandek bo‘ladi, 
tinchlanadi. Bemor shifokor bilan suhbatlashganidan so‘ng 
o ‘zini yengil his qilmasa, u shifokor emas, degan edi olim 
V.M. Bexterev.
119


Psixoterapevtik ta ’sir qilish choralari orasida ta’sir qilish 
va o ‘z-o‘ziga ta’sir qilish ko‘zga ko‘rinarli o‘rin tutadi. Ta’sir 
qilishda bemorga go‘yo passiv rol ajratiladi va u shifokor 
gapirayotgan hamma narsalarga ishonadi. Psixoterapiyaning 
eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri gipnoz holatida ta’sir 
qilish hisoblanadi. Gipnoz bosh miya po‘stlog‘ining tormoz- 
lanishidan iborat bo‘lib, shifokorga bosh miya po‘stlog‘ining 
m a’lum nuqtasida mujassamlashgan yig‘ma qo‘zg‘atgichni 
hosil qilishga imkon beradi.
Gipnoterapiyaning har xil turlaridan foydalanish, ayniqsa, 
keng qo‘llanilib kelinmoqda. Psixoterapiya metodlari xilma- 
xildir. Seanslarning davomliligi va tezligi, ta’sir qilishning 
mazmuni turli sabablarga qarab o‘zgartirib boriladi. Tibbiyot 
xodimi gipnoterapiya bilan faqat maxsus kurslarda shu- 
g‘ullanib, tegishli malaka va amaliy bilimga ega bo‘lganidan 
so‘ng bu usulni qo‘llashi mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish