Umum va tib psix p65


Faollashtiruvchi psixoterapiya


bet74/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

Faollashtiruvchi psixoterapiya. 
Faollashtiruvchi psixo- 
terapiyaning maqsadi — kasal shaxsiyatining saqlanib qolgan 
tomonlarini safarbar etib, uni real turmush sharoitlariga jalb 
qilish, kasallik natijasida izdan chiqqan funksiyalarni mashq 
qildirishdir. Faollashtiruvchi psixoterapiya, xususan, bo‘shang- 
lik hodisalari bilan faollik, tashabbusning susayib qolishi bilan 
o ‘tadigan ruhiy kasalliklarda (apato-abulik sindromda) juda 
katta rol o ‘ynaydi. Bunday holatlar shizofreniyada, bosh 
miyaning organik kasalliklarida (xususan, bosh miya peshona 
bo‘laklariga ham shikast yetgan kasalliklarda) bo‘ladi. Faol- 
lashtiruvchi psixoterapiya kasallarda yangidan yangi qiziqish
127


va istaklar uyg‘otib, ipoxondrik holatlar singari kasallik 
ko‘rinishlarini susaytiradi, bem orlar diqqatini o ‘z kayfi 
ruhiyatidan, ichki a’zolarining qanday ishlayotganidan chal- 
g‘itadi. Asteno-ipoxondrik holatdagi kasallar (nevrotiklar, 
psixopatlar, nerv sistemasining organik kasalliklari bilan og‘rigan 
bemorlar va boshqalar) ham, odatda, faollashtirishga va 
boshqacha turmush maromiga o‘tkazishga muhtoj bo‘ladilar.
Psixoterapiya va davo mashqlari (trenirovkalari). 
Tibbiyot 
amaliyotida davo mashqlari metodidan keng foydalaniladi. 
Davo mashqlari organizmdagi ayrim a’zo va sistemalarni, ayrim 
psixik funksiyalar yoki umuman kasalning butun shaxsiyatini 
muntazam ravishda va izchillik bilan mashq qildirib borishdan 
iboratdir. Kasallar oldiga ular bajarib borishi kerak bo‘lgan 
muayyan vazifalar qo‘yiladi, shu bilan birga davolash vaqtida 
bu vazifalar tobora ko‘proq murakkablashib boradi.Chunon- 
chi, protezdan endigina foydalana boshlagan kasallarga tobora 
murakkabroq harakat mashqlari beriladi. Insult bo‘lib, nutqi 
izdan chiqqan kasallarga asta-sekin nutq yuklamasi berib 
boriladi; rak, qon tomirlar sistemasi kasalliklarida sayr qilish 
buyuriladi, shu bilan birga kasal aylanib chiqadigan masofa, 
shuningdek, kasal yuradigan yer yuzasining nishabligi 
(balandligi) asta-sekin oshirib boriladi.
Ana shunday mashqlar tizimli psixiatriyada ham, nevro- 
patologiyada ham qo‘llaniladi.Chunonchi, Korsakov psixo- 
zida (xotira buzilib, polinevrit paydo bo‘lishi bilan tavsiflana- 
digan kasallikda) dori berib davolash va fizioterapiya bilan 
bir qatorda kasallarga xotirani tiklashga yoki lokal yaxshilashga 
qaratilgan shifobaxsh kurs buyuriladi. Nevrotik o ‘zgarish- 
larning talaygina turlari (agorafobiya, kardiofobiya, astaziya- 
abaziya)ga mubtalo bo‘lgan kasallar muntazam mashq qilib 
turishga muhtoj bo‘ladilar.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish