kutilmagan holat
deb qabul
qilinmasligi kerak. Bu nafaqat tananing sog‘lomligini, tozaligini
saqlash uchun, balki ruhiy sog‘lomlanish uchun ham kerakdir.
Ayrim ayollar hayz davri boshlanishidan bir necha kun oldin
tajanglashgan, bo‘shashgan, injiq, kayfiyati yomonlashgan
holatda bo‘lishadi. Ularda bu buzilishlarni kuzatishingiz mumkin.
Bu
h ayz davri sindromi
deb yuritiladi. Ayollarda klimaks
(hayzning to‘xtashi) davrining boshlanishi ham ruhiy o‘zgarishlar
bilan o‘tadi. Qarilikning boshlanishi oldidan qo‘rquv ayollikning
jozibadorligi va er-xotinning jinsiy hayotga qobiliyatini
yo‘qotishdan qo‘rquv vujudga keladi. Biroq, klimaks davrida
nevrotik va boshqa psixopatologik alomatlarning kuchayishi
ko‘proq nevrotik va psixotik reaksiyalarga moyillik bo‘lishi,
shuningdek, psixologik omillar bo‘lgani holda markaziy asab
142
sistemasi shikastlanishidan azob chekuvchi bemorlarda qayd
qilinadi.
Ginekologiyada muhim muammolardan biri jinsiy mo-
yillikning yo‘qligi hisoblanadi. Jinsiy aloqadan to‘liq yoki to‘liq
bo‘lmagan qanoat hosil qilmaslik ginekologlar tomonidan tez-
tez aniqlanib turiladi. Jinsiy hayotga qarshilik ko‘rsatuvchi
omil ham shundan bo‘ladi. Uning sabablari turli omillar:
ayolning shaxsiy psixologik xususiyatlari, oilaviy hayotdan
ko‘ngli to‘lmasligi, normal er-xotinlik munosabatlariga xalaqit
beruvchi noqulay uy-joy sharoitlari, intim yaqinlikda erkakning
noto‘g‘ri yo‘l tutishi va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Tez-tez uchrab turadigan sabab homilador bo‘lib qolishdan
qo‘rqish, erkaklarning ichkilikka ko‘p berilishi, jinsiy aloqa
vaqtida og‘riq sezish va h.k. Jinsiy moyillikning yo‘qolishi
boshqa fiziologik holatlar bilan ham bog‘liq. Masalan, ichak
sanchiqlari va og‘riqlar sababli ba’zan ayollarda jinsiy aloqa
dan keyin bosh og‘rig‘i hamda migren belgilari kuzatiladi.
Ayniqsa, bularning ichida disparanoik shikoyatlar muhim
ahamiyatga egadir. Bu simptom uch xil toifadagi ayollarda
uchraydi:
1. Tegmanozik toifa. Bu toifaga kiruvchi ayollar jinsiy aloqaga
qarshilik ko‘rsatishadi, aloqa qilishni uddalay olishmaydi.
2. Frigid ayollar toifasi. Bu toifaga kiruvchi ayollar o ‘z
erlariga jinsiy sovuqqonlik qilishadi, hatto uni impotent (jinsiy
ojiz) bo‘lib qolish darajasigacha yetkazishadi.
3. «Arining bachadoni» toifasi. Bu toifaga kiruvchi ayol
hayotining asosiy maqsadi bola tug‘ish. Bola tug‘ib berish
bilan o ‘z vazifasini bajargan, deb o ‘ylashadi. Ular jinsiy alo
qada bo‘lmaslik uchun hattoki, sun’iy urug‘lanishga ham
tayyor bo‘lishadi.
Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan universal hamshiralar bunday
bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, psixologik bilim-
larini ishga solishlari mumkin. Ular bemorlarning shaxsiy
xususiyatlari, yurish-turishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashlari
mumkin. Ko‘pincha ayollar shifokorlardan ko‘ra hamshiralarga
ko‘proq narsani aytadilar. Shuning uchun hamshiralardan
qimmatli m a’lumotlar olamiz. Bu esa, to ‘g‘ri tashxis qo‘yish,
kerakli dori-darmon va muolajalarni qo‘llab davolash uchun
143
muhimdir. Ayollarda jinsiy muhim bezlarning yoki bachadon,
qinning shamollashidan keyin psixik xarakterga ega bo‘lgan
klinik simptomlar yuzaga keladi.
Bu muammo ginekologiyada va psixoterapiyada o‘ta mu-
him vazifalardan biridir. Buning uchun uzoq va muhim davo
chora-tadbirlari belgilanishi kerak. Shunday usullardan bal-
neoterapiya ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Agar ayollarda jiddiy jarrohlik operatsiyalari davo
uchun qo‘llaniladigan bo‘lsa, ular bilan uzoq vaqt psixote-
rapevtik ishlar olib borilishi kerak. Ayolning shaxsiy xusu-
siyatlariga, er-xotinlik munosabatlariga baho berish zarur-
dir. Shundan keyin bemor bilan bo‘lajak operatsiya xususida
suhbatlashish muhimdir. Bunday suhbatning vazifasi opera-
tsiyaning muvaffaqiyatli tugashiga ishonch uyg‘otishdir.
Operatsiyadan keyingi davrda ayolning xavotirlanishi asossiz-
ligini, ya’ni operatsiya uning ayollik jozibadorligini tik-
lashi, ahil er-xotinlik munosabatlari qaror topishini batafsil
tushuntirish lozim.
Ginekologiyada operatsiyadan keyingi psixozlar kamdan
kam hollarda uchraydi. Lekin nevrozlar tez-tez uchrab turadi.
Jarrohlik aralashuvidan keyin bemorlarda psixonevrologik
buzilishlar paydo bo‘lishi tibbiyot hamshiralariga og‘ir vazi
falarni yuklaydi.
Doyalik-ginekologik amaliyotida homiladorlik oldidan
qo‘rqish juda muhim muammo hisoblanadi. Bu vaqtda, ay
niqsa, birinchi marta homilador bo‘lgan ayollarni turli ta’si
rotlardan saqlash, ayollar maslahatxonalari bo‘limlarining
birdan bir vazifasi hisoblanadi. Uzoq yillar homilador bo‘l-
magan ayollar homilador bo‘lganda qo‘rquv, vahima bilan
yurishadi. Ular ko‘pincha tug‘ish jarayonidan xavotirga tu-
shadilar. Bunday vaqtda tibbiyot xodimlarining qimmatli
maslahatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda respublikamizda sog‘lom avlod, onalik va
bolalikni muhofaza qilish masalalariga katta e’tibor beril-
moqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «2005-yil — Si-
hat-salomatlik yili» deb e’lon qilinishi ona-bolalarning sa-
lomatligini saqlash va mustahkamlash yo‘lida yangi imko-
niyatlarni ochib berdi. «Sog‘lom avlod deganda, shaxsan
144
men, eng avvalo, sog‘lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat,
shu bilan birga, ruhi, fikri sog‘lom, iymon-e’tiqodi butun,
bilimli, m a’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar
avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat,
sog‘lom avlodgina qura oladi»1, degan edi Islom Karimov.
Tibbiyot xodimlari sog‘lom ayoldan sog‘lom farzand tug‘i-
lishini sira unutmasliklari va bu ishda o‘z bilim va malakalarini
tinmay oshirib borishlari kerak. Barcha tibbiyot muassasa-
lari ona va bolani jismoniy va ruhan sog‘lomlashtirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish asosida ish
olib bormoqdalar.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |