Umum va tib psix p65


BOLALAR KASALLIKLARIDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI


bet80/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

BOLALAR KASALLIKLARIDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI
Bemorni parvarish qilish yaxshi tayyorgarlikdan tashqari, 
zo‘r shijoat, m ahorat va bolalarga muhabbatni talab qiladi. 
Bolalarning psixologik va jismoniy sog‘lig‘iga baho berishda 
tibbiyot xodimlari barcha davrlarga xos xususiyatlarini ham 
yaxshi bilishlari kerak. Nafaqat bolalar kasalxonasida, balki 
barcha davolash muassasalarida ruhiy sog‘lom bola xusu­
siyatlarini bilish muhimdir. Bemor bolani parvarish qilish 
psixologiyasi nuqtayi nazaridan uning ruhiy va jismoniy 
rivojlanish darajasi bemorning yoshiga muvofiq kelish-kelmas- 
ligi to ‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish muhimdir. Ayniqsa, ilk 
go‘daklik davrida tez-tez kasal bo‘lib turadigan bolalarda ruhiy 
va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish ko‘zga tashlanadi.
Har bir katta yoshdagi odamlar, ayniqsa, ota-onalar uchun 
bola tarbiyasidan ma’lumot beruvchi pedagogika, psixologiya, 
odobga oid adabiyotlar, badiiy kitoblar mavjud. Bu kitoblar 
asabi sog‘lom bolalarni tarbiyalashga ko‘maklashadi. Shunga
139


qaramasdan haligacha ko‘pchilik oilalar bolani jismoniy 
jazolash usulidan foydalanib kelishmoqda. Chunonchi, bemor 
bolalardan so‘rab-surishtirilganda ushbu jismoniy jazo usulla- 
rining yomon ta’sirlarini, qo‘rquv oqibatlarini eshitishimiz 
mumkin. Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi 
bolalarda ko‘pincha turli qo‘rquvlar (qorong‘ilikdan, yolg‘iz 
qolishdan, oq xalatdan, ukollardan) sababli nevrotik reaksiya- 
lar, tungi siyib qo‘yish, ichi o ‘tib ketishi va shu kabilar sodir 
bo‘ladi. Ba’zi bolalar kasalxonada yotishni o‘zlari qilgan xatti- 
harakatlari uchun jazo deb baholaydilar, o ‘zlarini tahqirlan- 
gan va yolg‘iz hisoblaydilar. Agar biz kundalik hayotimizda 
bola tarbiyasining eng mas’uliyatli ish ekanligini boshqalardan 
talab qilar ekanmiz, bolalar shifokori va hamshiralaridan 
bolalar psixologiyasini, psixoterapiyani hamda amaliy psixolo- 
giyani yanada chuqurroq o‘rganishlarini talab qilamiz. Davo­
lash muassasasidagi psixologik muhit bolaning uni o ‘zining 
uyi deb his etishiga yordam berishi lozim. O ‘yinlar, mash- 
g‘ulotlar bolalarni bir-biriga yaqinlashtirishga yordam beradi, 
tibbiyot hamshiralarining samimiy va yaxshi munosabati bola- 
ning yangi sharoitga o ‘rganishini osonlashtiradi.
Bolalar shifoxonaga tushgandan keyin ularning kasallikka 
nisbatan munosabati har xil bo‘ladi. Bunda kasallik muhim 
ahamiyatga ega bo‘lmasdan, balki uning to‘g‘risidagi bolaning 
kechinmalari birinchi o‘ringa chiqadi. Bolalar bilan ishlovchi 
hamshira bemor bola bilan xuddi ona va bola kabi muno- 
sabatni o‘rnatishi kerak. Bolaga g‘amxo‘rlik va diqqat-e’tibor 
bilan munosabatda bo‘lish, uni tushunishga intilish bu katta 
san’at bo‘lib, unda tibbiyot hamshirasining kasbiga doir 
saviyasi shaxsiy xususiyatlari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Bolalardagi qo‘rquv kechinmalarini barham toptirish katta 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Suhbat vaqtida bu kechinmalarning 
konkret kechishini tushuntirib berish, tibbiyot hamshirasi va 
shifokor hamisha yoningda bo‘lishadi va o‘z vaqtida yordamga 
kelishadi deb ishontiradigan dalillar bilan uning shubhalarini 
tarqatib yuborishga harakat qilish zarur.
Bolaning kasalligi butun oila uchun ko‘ngilsizlik h i­
soblanadi. Shuning uchun analiz yig‘uvchi shifokor va 
hamshira bunga e’tibor berib, nima bo‘lganligini oxirigacha
140


aniqlashlari kerak. Ko‘pincha bu juda qiyinlik bilan kechadi. 
Bolalar bo‘limining hamshirasi ota-onalar bilan muomala 
qilganida jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Ota-onalarning 
tabiiy reaksiyalari bolalariga bo‘lgan munosabatlariga va 
shaxsiy tajribalariga bog‘liqdir.
Bunday hollarda tibbiyot hamshirasi ota-onalarni tinglash 
uchungina emas, shu bilan birga ularning haddan ortiq xavotir- 
lanishi asossiz ekanligini tushuntirish uchun o‘zlari sabr-toqatli 
bo‘lishlari kerak. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot hamshiralari 
bosiq va vazmin, ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishlari kerak.
Bolalarda oqibati og‘ir kasalliklar aniqlanganda shifokor 
va tibbiyot hamshiralari oldida g‘oyat mas’uliyatli muammolar 
vujudga keladi. Bunday noxush xabar ota-onalarda og‘ir 
iztirob, umidsizlikka sabab bo‘ladi, ko‘pincha ular tibbiyot 
xodimlariga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Shunday og‘ir 
vaziyat yuzaga kelgan taqdirda kasal bolaning ota-onasini 
bunga ehtiyotkorlik bilan tayyorlash, uning g‘am-tashvish- 
lariga sherik bo‘lish talab etiladi. Ishda qo‘pollik qiladigan, 
kasal bolaga loqayd munosabatda bo‘ladigan tibbiyot hamshi­
rasi salomatlik posboni degan sharafli nomga munosib bo‘la 
olmaydi. Bunday xodimlarning inson sog‘lig‘ini muhofaza 
qiladigan muassasalarda ishlashlariga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish