Umum va tib psix p65


FARMAKOLOGIK MODDALARNING INSON


bet88/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

FARMAKOLOGIK MODDALARNING INSON
PSIXIKASIGA TA’SIRI
Zamonaviy tibbiyotda ishlatib kelinayotgan moddalar­
ning ba’zilari psixik holatni o‘zgartirish maqsadida juda qa- 
dim zamonlardan beri qo‘llaniladi. Tarkibida narkotik mod- 
dalar bo‘ladigan o‘simliklar, masalan, opiy, qoradori bo‘ladigan 
ko‘knori yoki nasha singari o ‘simliklar shirin xayollar surib 
kayf qilish va og‘riqni qoldirish uchun ichilgan hamda che- 
kilgan. Qadimgi Rim askarlari badaniga belladonna bargla- 
rini ishqalar, bu esa, ularning jangga kirganida g‘azabga ki- 
rishiga sabab bo‘lardi. Choy, qahva, koka o ‘simligining barg- 
lari kuch bag‘ishlaydigan va tetiklantiradigan moddalar o‘r- 
nida ishlatilib kelindi. Kayf-u ruhiyatni yaxshilash maqsa­
dida ichkilik ichilishi ko‘pchilikka ma’lum.
Hozir aytib o‘tilgan moddalarning ijobiy ta’sirigina emas, 
balki ular uzoq muddat iste’mol qilinadigan bo‘lsa, psixikaga 
halokatli ta’sir ko‘rsatishi ham m a’lum. Ichkilik, narkotik 
moddalarga haddan tashqari hirs qo‘yib, shu moddalarni tobora
155


ko‘proq miqdorda iste’mol qilib turishga o‘rganib qolish og‘ir 
jismoniy, ruhiy kasalliklarga olib keladi. Bir qancha moddalarning 
narkotik ta’siridan jarrohlikda narkoz uchun foydalaniladi. 
Narkoz yunoncha uyqu demakdir. Biroq, narkotik moddalar 
ta’siri bilan, dori berib vujudga keltiriladigan uyqu shu qadar 
qattiq bo‘ladiki, murakkab va uzoq davom etadigan opera- 
tsiyalarni qilishga imkon beradi. Xloroform, efir va boshqa 
moddalar yordamida qilinadigan narkoz ma’lum.
Narkozning xilma-xil usullarini ishlab chiqish bilan bir 
qatorda XIX asrning oxirlaridan boshlab mahalliy tarzda 
og‘riqsizlantirish uchun koka o‘simligining barglaridan olina- 
digan kokain ishlatiladigan bo‘lib qoldi. XX asrda kokain 
o‘rnini yangi sintetik kimyoviy preparat — novokain egalladi. 
Novokain xilma-xil operatsiyalarda og‘riqsizlantiradigan mod­
da o ‘rnida keng ishlatiladigan bo‘ldi.
Narkotik moddalar, avvalo, opiy preparatlari (morfin, 
kodein, pantopon va boshqalar), xloralgidrat tinchlantiruvchi 
moddalar o ‘rnida, shuningdek, uyqusizlik singari juda ko‘p 
uchraydigan kasallik holatlariga davo qilishda keng rasm 
bo‘ldi. Keyinchalik xuddi shu maqsadda barbiturat kislota 
unumlari (lyuminal, medinal, nembutal, amital-natriy va 
boshqalar), shuningdek «barbituratmas» uxlatadigan dorilar — 
noksiron, dimerin ishlatiladigan bo‘ldi.
Tibbiyot amaliyotida tinchlantiradigan, sedativ moddalar 
bilan bir qatorda asab sistemasini rag‘batlantiradigan moddalar 
keng qo‘llaniladi. Avvallari choy barglari va qahva donlaridan 
olingan, hozir esa, sintetik yo‘l bilan hosil qilinadigan kofein, 
shuningdek, jenshen, yosh bug‘ularning shoxidan olinadigan 
pantokrin va xususan fenamin shular jumlasiga kiradi.
I.P. Pavlov kofein ta’sirlanish jarayonini kuchaytirishini 
va shu tariqa tajriba hayvonining ish qobiliyatini yaxshilashini 
ko‘rsatib beradi. Odamda kofein aqliy ish qobiliyatini ku- 
chaytiradi, hordiqni yozib, uyquga ehtiyojni kamaytiradi.
So‘nggi vaqtlarda trankvilizatorlar (tinchlantiruvchilar) deb 
atalgan psixofarmakologik moddalar guruhi tobora keng 
qo‘llanilmoqda. Bular markaziy asab sistemasi qo‘zg‘aluv- 
chanligini susaytirib, ruhiy qo‘zg‘alishni bartaraf etadi. Shu 
bilan birga ular yengil mudroqqa sabab bo‘ladi, shu munosa-
156


bat bilan uxlatadigan dori o ‘rnida ishlatiladi yoki uxlatadigan 
boshqa dorilarning ta’sirini kuchaytiradi. Mana shu preparatlar 
orasida birinchi galda aminazin bilan rezerpinni ko‘rsatib o‘tsa 
bo‘ladi. Kichik trankvilizatorlar, ya’ni meprobamat, librium 
va boshqalar jizzakilik, besaranjomlikni kamaytirish uchun
vahima va xavotirlikni bartaraf etish uchun ko‘p ishlatilmoqda.
Psixofarmakologik moddalarning boshqa guruhini antide- 
pressantlar (tofranil va boshqalar) tashkil etadi. Bular kayf-u 
ruhiyat pasayganda, xususan, ichki shart-sharoitlar munosabati 
bilan kelib chiqadigan, ya’ni endogen depressiyalarida yaxshi 
kor qiladi. Psixikani shikastlantiradigan tashqi vaziyatlar tufayli 
vujudga keladigan psixogen depressiyalarda ular birmuncha 
sust ta’sir ko‘rsatadi.
Trankvilizatorlar bilan antidepressantlarni ishlatish zamo- 
naviy psixiatriya bo‘limlarining qiyofasini tamomila o‘zgartirib 
yubordi, bunday bo‘limlarda besaranjom kasallar soni keskin 
kamayib qoldi. Antidepressantlar aqliy va emotsional tormoz- 
lanish bilan birga davom etadigan somatik kasalliklarda 
ham muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda.
Simpatomimetik moddalar deb ataladigan preparatlar alo- 
hida guruhni tashkil etadi, bular psixikaning har xil tarzda 
buzilishiga sabab bo‘ladi. Opiy preparatlari, masalan, morfin, 
qoradori, kokain ta’siri ostida o‘ziga xos psixik o‘zgarishlar 
kelib chiqadi, deb yuqorida aytib o‘tilgan edi. Bular kayf-u 
ruhiyatni ko‘tarib, sarxushlikka, eyforiyaga, odamning shirin 
xayollar surishiga sabab bo‘ladi, faollikni susaytirib, og‘riq 
sezuvchanlikni kamaytiradi. Gallutsinogenlar, ya’ni ro‘yirost 
gallutsinatsiyalarni keltirib chiqara oladigan moddalar bir- 
muncha kuchliroq ifodalanadigan ana shu xildagi ta’sirga egadir. 
Lizerginat kislota dietilamidining ta’siri klinika va tajriba 
sharoitlarida hammadan ko‘proq o‘rganib chiqilgan. Gallutsino- 
genlarni qabul qilish, odatda, ko‘ruv gallutsinatsiyalari, ba’zan 
odamning vasvasaga tushishi bilan birga davom etadi.
Ba’zi dori-darmonlar katta dozalarda ishlatiladigan bo‘lsa, 
psixikaning buzilishiga sabab bo‘la olishini aytib o ‘tish kerak. 
Akrixin, atropin, sintomitsin va boshqa moddalar ta’siri ostida 
hayvonlarning yurish-turishlarida odam psixikasining o ‘zga- 
rishlariga o‘xshab ketadigan har xil o‘zgarishlar paydo qilingan.
157


Astenik sindrom uchun hayvonning jismoniy jihatdan juda 
madori qurib, bo‘shashib qolishi xarakterlidir, hayvon go‘yo 
mudrab yotgandek bo‘lib ko‘rinadi. Katatonik sindrom uchun 
hayvon harakat aktivligining anchagina kamayishi (harakatsiz 
bo‘lib qolishi) xosdir. Hayvon sun’iy ravishda qaysi vaziyatga 
qo‘yilsa, o‘sha vaziyatda qotib qoladi va muvozanati buzila- 
digan bo‘lsa ham shu vaziyatini uzoq saqlab turaveradi. Hay­
von go‘yoki haykal bo‘lib qoladi.
Yuqorida farmakologik m oddalarning psixikaga bevo­
sita, to ‘g‘ridan to ‘g‘ri ko‘rsatadigan ta’siriga misollar kelti- 
rildi. Biroq, shunday moddalar ham borki, ular psixikaga 
spetsifik ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lsa ham, psixikani turli 
yo‘nalishlarda o‘zgartira oladi. Misollar keltiramiz. Og‘ir ruhiy 
kasallik, ya’ni avj olib boradigan falajga davo qilishda hozir 
har xil antibiotiklar, jum ladan penitsillin ishlatiladi. Pe- 
nitsillin kasallikning infeksion sababchisini — oqish spiroxe- 
tani halok qiladi va shu bilan odam ruhiy salomatligining 
tiklanishiga olib keladi. Psixikaga haddan tashqari zo‘r kelishi 
natijasida ba’zi psixogen kasalliklar, jumladan endokrin bez- 
lar kasalliklari kelib chiqishi mumkin deb yuqorida aytib 
o ‘tilgan edi. Qandli diabet, gipertireoz va boshqa endokrin 
kasalliklar ko‘pincha psixikaning aynishi bilan birga davom 
etadi. Bunday hollarda endokrin sistemani asliga keltiradigan 
moddalar psixik o‘zgarishlarni ham bartaraf etadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish