Ruhan zo‘riqish natijasida
yuzaga kelgan migren xuruji
vaqtida platseboning qanday ta’sir ko‘rsatishiga Volfning asa-
rida misol keltiriladi. Mazkur kasalda migren xuruji ko‘ngilsiz
suhbatdan keyin tutib qolgan. Bosh og‘rig‘i juda avjiga chiq-
qan paytda, uning terisi ostiga fiziologik eritma, ya’ni kasallik
simptomiga ta’sir ko‘rsatishi lozim bo‘lmagan modda yuborilgan.
Shu bilan bir qatorda ba’zi kasallarda,
xususan nevroz
bilan og‘rib, xavotirlik va vahima holatiga tushib qolgan
bemorlarda dori moddalarning ortiqcha dozalari ham ko‘-
pincha kor qilmay qo‘yishini aytib o ‘tish zarur. Masalan,
uyqusizlikka uchragan, nevroz bilan og‘rigan kasallar ux
latadigan moddalarni odatdagi dozalardan ko‘ra, ko‘proq
miqdorda ichgandan keyin ham uxlay olmaydi. M e’dasiga
fistula qo‘yilgan kasal ustida
olib borilgan kuzatuv u ba-
maylixotir holatda bo‘lgan paytida ta’sir qiladigan dori mod-
dasining hayajonlanib turganida yoki g‘azablangan paytida
hech bir ta ’sir qilmay qo‘yishini ko‘rsatib berdi.
Ba’zi moddalarga odam o ‘rganib qolib, keyin ularga ruju
qiladigan bo‘lib qolishi mumkin deb yuqorida aytib o ‘tilgan
edi. Bu narkotiklarni suiiste’mol qilish bilan ifodalanadigan
kasallik ko‘rinishidagi moyillik narkomaniya deb ataladigan
bo‘ldi. Narkotik modda iste’mol qilishga barham berilganida
abstinensiya hodisasi vujudga keladiki, bu kokainizm va
morfinizmda, ayniqsa, yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Abstinen
siya hodisalari juda og‘ir ruhiy va jismoniy o ‘zgarishlar bilan
birga davom etib boradi. Odamning emotsional ahvoli o ‘z-
garib, ko‘nglini g‘am -u hasrat va xavotirlik bosadi.
Sezgilar
ko‘pincha chalg‘iydi. Ish qobiliyati keskin susayib qoladi.
Abstinensiya organizmdagi muayyan biokimyoviy o ‘zga-
rishlar va bir qancha psixologik omillarning ta ’sirlariga
bog‘liqdir. Bemor narkotik moddaga o‘rganar ekan, undan
tasalli olish, xotirjamlanish, emotsional tonusni asliga keltirish
manbayini topadi. U ana shu manbadan mahrum bo‘lsa,
biokimyoviy o ‘zgarish tufayligina azob tortmay, balki psi
xologik jihatdan ham qiynaladi. Giyohvandlikka giriftor bo‘l-
gan ko‘pgina kasallar iborasi bilan aytganda, «odam» bo‘lmay
qoladi. Shuning uchun narkomaniyalarga
davo qilishda
160
kasalning psixikasiga, xususan, emotsional holatiga turli psi
xoterapevtik usullar bilan ta’sir ko‘rsatish juda zarur.
Alkogol narkomaniyasiga davo qilishda psixikaning roli
yaqqol namoyon bo‘ladi. Hozir apomorfin, antabus va ba’zi
boshqa m oddalar bilan davo qilish ko‘rinishida alkogo-
lizmga qarshi shartli reflektor terapiya juda keng rusum bo‘ldi.
Bu moddalarning hammasi ko‘ngil aynishi, qayt qilish, yurak
faoliyati, nafasning o ‘zgarishi va boshqalar ko‘rinishida o ‘ta-
digan birmuncha sezilarli vegetativ reaksiyalarga sabab bo‘-
ladi. M ana shu moddalarni berish bilan bir vaqtda
alkogol
ham qo‘shib iste’mol qildiriladi.
Biroq shu xilda davo qilish bemorning ishonishi yoki
ishonmasligi to ‘g‘risidagi masalani o ‘rtadan ko‘tarmaydi,
bemorning kelajagi va hayotga munosabatini o ‘zgartirmaydi,
narkomaniyaga sabab bo‘lgan ilgarigi shart-sharoitlar tak-
rorlanadigan bo‘lsa, bu kasallik yana qaytalanishi oson. Shu
munosabat bilan alkogolizm davosi samarali bo‘lishi uchun
bu davo bilan bir vaqtda, albatta, bemor uchun qulay bo‘lgan
ijtimoiy-psixologik vaziyat yaratish, kasalni qayta tarbiyalash
maqsadida psixoterapiyadan foydalanish, unda alkogolni suiis-
te’mol qilishga nisbatan ongli va tanqidiy munosabatni mus-
tahkamlab borish kerak bo‘ladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: