Umum va tib psix p65


TIBBIYOT DEONTOLOGIYASI TAMOYILLARI


bet91/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

TIBBIYOT DEONTOLOGIYASI TAMOYILLARI
SHAKLLANISHINING QISQACHA TARIXI
Tibbiyot deontologiyasi (yunon. 
deontos
— zarur, lozim 
bo‘lgan narsa va 
logos
— ta’limot) tibbiyot xodimlarining 
kasbiy xulq-atvori haqidagi fandir.
Deontologiya Osiyo davlatlarida VI—IV asrlardayoq tarkib 
topgan. IV asrlardan boshlab O ‘rta Osiyo hududida zardush- 
tiylik ta’limoti kuchayadi. Uning qonun-qoidalari «Avesto» 
kitobida o ‘z ifodasini topgan. Bu kitobda xususan, axloqiy 
tarbiya, bola tarbiyasiga doir qarashlar ham bayon etilgan. 
Shuningdek, uning ta’limoti uch ifodada: 
Humata
— yaxshilik 
timsoli, 
Nuhta
— to ‘g‘ri so‘z, 
Xvarshita
— yaxshi xulqlarda 
mujassamlashgan.
161


Mustaqil O ‘zbekistonimizda deontologiyaning shaklla- 
nishiga buyuk allomalarimiz Muso al-Xorazmiy, Ahmad al- 
Farg‘oniy, Ismoil al-Buxoriy, At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, 
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, 
Burhonuddin al-M arg‘inoniy, M ahmud az-Zamaxshariy, 
Mahmud Qoshg‘ariy va boshqa buyuk olimlarimiz o‘zlarining 
yaratgan nodir asarlari bilan katta ta’sir ko‘rsatishdi. Ayniqsa, 
Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi o ‘lmas asarlari bilan 
O‘rta Osiyoda tibbiyotning yuksalishiga o ‘zining bebaho 
hissasini qo‘shgan.
Abu Ali ibn Sino yaxshilikka olib boruvchi axloq qoi- 
dalarini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar orqali 
tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini alohida qayd 
etadi. Abu Ali ibn Sinoning ta ’kidlashicha, «Eng muhim 
axloqiy boylik adolatdir». Axloqiy tushunchalar aqlga, bilimga 
asoslanishi lozim. Lekin inson qanchalik bilimdon va olim 
bo‘lmasin axloqiy tamoyillarga tayanmasa, u odobsizlik va 
yomonlikka yo‘l qo‘yadi. Ibn Sino o‘zining «Qush tili» asarida 
ikkiyuzlamachilik, yolg‘onchilik, xoinlik kabi illatlarni 
qoralaydi. Inson ustidan har qanday zo‘ravonlikni qoralaydi. 
Ibn Sinoning yozishicha, insonning eng yaxshi fazilatlaridan 
biri o ‘zining yomon axloqiy illatlarini anglab, ularni yo‘qo- 
tishga intilishidir. Uning yaxshi xislatlari ichida boshqalarga 
e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish alohida 
o‘rin tutadi. Kimki, o‘z axloqini tarbiyalash uchun o ‘z oldiga 
qo‘ygan vazifasini bajarib, o ‘z xulqini tuzatishga intilsa, unga 
hech narsa qo‘rqinchli emas. Kimki, o ‘z xatosini tuzata 
olsagina, u boshqalarning tarbiyasi haqida g‘amxo‘rlik qila 
olishi mumkin.
Tibbiyot deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilar- 
dan iborat:
• tibbiyot xodimlari xulq-atvorining davolash samarador- 
ligini imkoni boricha oshirishga qaratilgan tamoyillarini 
o‘rganish;
• tibbiy xizmatdagi noqulay omillarga, hamshira va shi­
fokor faoliyatidagi ziddiyatlarga, patologik ko‘rinishlarga 
barham berish;
162


• tibbiyot xodimlari bilan bemorlar o ‘rtasida o ‘rnatila- 
digan o ‘zaro munosabatlar tizimini o ‘rganish;
• zamonaviy tibbiyot va bemor talabiga javob bermay- 
digan tibbiyot xizmatining zararli omillarini tugatish.
Tibbiyot xodimi bemorlar bilan, o ‘z kasbdoshlari bilan 
muloqotda sabr-chidamli, samimiy xushmuomalada bo‘lishi, 
kasbdoshlariga mehribon bo‘lishi lozim.
Haqiqatan ham tibbiyot xodimi har kuni ertalabdan kech- 
gacha qancha-qancha bemorlar, xodimlar bilan muomalada 
bo‘ladi. Uning kayfiyati va ish qobiliyati ana shu muomalaga 
bog‘liq. Demak, deontologiya tamoyillari nafaqat tibbiyot 
xodimlari, balki barcha kasbdagi kishilarga ham taalluqlidir, 
chunki har qanday bemor tibbiyot xodimi bilan axloq-odob 
doirasidagi harakatlarni, so‘zlarni ishlatishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy tibbiy muassasalar 
paydo bo‘la boshladi. Bu muassasalar bemorlarga pulli xizmat 
ko‘rsatadi. Xususiy tibbiy muassasalarda xizmat qiladigan 
tibbiyot xodimlari faoliyatida deontologiya masalasi, ayniqsa, 
dolzarb hisoblanadi. Chunki ularga birlamchi murojaat qilgan 
kishi ushbu dargoh, unda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 
to ‘g‘risida o ‘z fikr-mulohazalarini, baholarini berishadi. 
Shuning uchun ham ularning faoliyatida xushmuomalalik 
m uhim o ‘rin egallaydi. Xushmuomala — ichki madaniyat- 
ning ifodalanish shakli, odamlar bilan muomala qilish shak- 
lidir. Uning negizini kishining o ‘z qadr-qimm atini bilishi 
va boshqalarni hurmat qilish hissi tashkil etadi. Xushmuo­
mala boshqa odamlar bilan munosabatda va og‘ir-vazmin 
bo‘lishda, o ‘z izzat-nafsini tiya bilishda, boshqalarning mayl 
va istaklariga qarshi chiqmaslik, balki hurmat bilan qarashda 
ifodalanadi.
Odob
— xulq-atvorning shartli ravishda qabul qilingan 
qoidasi b o ‘lib, u odamning jam oat orasida o ‘zini tuta 
bilishidan dalolat beradi. Bularga ongli ravishda amal qilgan 
odam boshqalarni hurmat qila oladi. Ularning istak-xohishini 
tushuna oladi. Odob — xulq-atvor borasidagi m e’yorni his 
qilish demakdir. Bu xulq-atvor me’yori kishilar bilan muno-
163


sabatda ziyrak, ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishga, faqat o‘z 
nuqtayi nazaridangina ish ko‘rib qolmay, balki boshqa odam- 
larning fikrini hisobga olib ish ko‘rishga asoslanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish