TIBBIYOT XODIMLARI FAOLIYATIDA
DEONTOLOGIYA MASALALARI
Hozirgi kunda tibbiyot amaliyotiga aholini sog‘lomlash-
tirishning turli tadbirlari joriy qilinmoqda. Ayniqsa, «Sog‘lom
organizm» uchun kurashuvchi «Lemon» dasturi o‘z tamoyil-
lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Tibbiy amaliyotda
hamshiraning bajaradigan ishlar ko‘lami shifokorlar baja-
radigan ishlar ko‘lamidan kengroqdir. Lekin bu tadbirlarning
sifat darajasi qanday? Yakuniy samaradorligi yetarlimi? Faqat
buyurilgan muolajalarni bajarish bilan bemorning dardiga
davo topib bo‘lmaydi. Buning uchun hamshira. bemor psi-
xologiyasini, uning muolajagacha bo‘lgan ruhiy holatini ba-
holay olishi lozim. Buning uchun hamshira deontologiya
tamoyillari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi shart. U shifokor
bilan bemor o ‘rtasidagi ishonchli ko‘prik bo‘lishi zarur.
HAMSHIRA VA BEMOR O‘RTASIDAGI
DEONTOLOGIK MUNOSABATLAR
Hamshiralar kasalxonadan yoki poliklinikadan ishdan
qaytgandan so‘ng. «Shu bugun juda charchadim», «Juda ko‘p
ish bo‘ldi» deya, toliqqanliklarini bildirishadi. Haqi-qatan
ham ishlari og‘ir, lekin xizmat joyidagi tartibsizlik charchoqqa
sabab bo‘lishi mumkin. Venger olimlari hamshira faoliyati
bo‘yicha bir necha o ‘nlab tadqiqotlar olib borib, ularni
charchatadigan asosiy omil bemorning injiqligi, his-tuyg‘uga
berilishi, jizzakiligi sabab bo‘lishiga amin bo‘lishdi. Shuning
uchun ham Parasels: «Sevgi va g‘amxo‘rlik» — barcha dori-
darmonlardan afzaldir, deydi.
Ayrim hollarda hamshiralar bemorlarga g‘am xo‘rlik,
xushmuomalalik qilib, ertasiga xayfsan olishadi. Chunki
bemorlardan qay biriga e’tibor kamaygan bo‘lsa, o‘sha bemor
shikoyat qiladi. Lekin u «men hamma ishni qildim-ku», degan
fikrda bo‘ladi. Haqiqatan yuzaki qaraganda shunday tuyuladi.
164
Mehnatkash, har narsaga ulguradigan hamshira bor kuchi
va bilimini ishga solib, bemorning ko‘nglini topish uchun
jam i choralarni ko‘radi. Shunday bo‘lsa-da, ish mobaynida
u yoki bu darajadagi xafagarchiliklar, kelishmovchiliklar
bo‘lib turadi. Ambulatoriya sharoitida bunday holatlar bemor
larning toqat bilan kuta olmasligi, injiqligi hamshira va shi-
fokorlar uchun muammolar tug‘diradi.
Tibbiyot fanlarining rivojlanishi hamshiraning amaliyot-
dagi roli ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Endilikda
bemorni tarbiyalash hamshiradan yuqori saviyada tibbiy va
texnik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishni talab qilmoqda.
Shuning bilan birgalikda hamshiraning vazifalari har tomon-
lama murakkablashib bormoqda. Turli hisobotlar, bemorlarni
turli shifobaxsh ichimliklar va ovqatlar bilan ta’minlash, yor-
damga muhtoj bemorlarni ovqatlantirish, cho‘miltirish, yotoq
joylarini saranjom-sarishta qilish, bemor gigiyenasi bilan bog‘-
liq boshqa topshiriqlarni bajarish ana shular jumlasiga kiradi.
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra, hamshira yuqorida aytilgan
ishlarni bajaraman, deb o‘zining asosiy ishi — bemorni par
varish qilishga juda ham kam vaqt sarflaydi. Demak, zamo-
naviy tibbiyotda hamshiralarni ikkilamchi vazifalardan ozod
qilish, faqat bemorni parvarish qilish uchun sharoit yaratib
berish zarur. Hamshira faoliyatidagi kamchiliklardan biri bu
hamshiraning o‘z vazifalarini mexanik bajarishidir. Bunda
hamshira o ‘zi bilgancha bemorni parvarish qilish bilan shu-
g‘ullanib, harorat o‘lchash, inyeksiya qilish, dori moddalarni
tarqatish kabi vazifalarni bajaradi, xolos. Ular bemorga psi
xologik nuqtayi nazardan e’tibor bermaydi. Uning bemor
bilan muloqoti doirasi chegaralanib qoladi. Bu esa hamshira
bilan bemor o ‘rtasida sovuq munosabatlar yuzaga kelishiga
sabab b o ‘ladi. Natijada, hamshiraning ko‘ngil so‘rashni
bilmasligi, e’tiborsizligi bemorlarning shikoyat qilishlarigacha
borib yetadi.
Hozirgi zamon tibbiyotiga «hamshiralik ish jarayoni»
tushunchasi kirib keldi. Agar bu jarayon tahlil qilinadigan
bo‘lsa, uning har bir bosqichi bemor bilan hamshira o ‘rtasi-
dagi munosabatga borib taqaladi. Hamshiralik ishi jarayoni
165
ilmiy asoslangan, bemorning ehtiyojlariga xizmat qiladigan
professional hamshiralik yordamiga asoslangan faoliyat
hisoblanadi. Bunda bemorning hamshiraga bo‘lgan ishonchi
muhim o‘rin tutadi. Bemor hamshiraga ishonsa, bemor unga
o‘zining ichki kechinmalarini, g‘am-tashvishini aytadi. Yaxshi
hamshira esa undan o‘z yordamini ayamaydi. Hamshira bu
ishonchni oqlashi, bemor sirlarini saqlay bilishi muhimdir.
Ko‘pgina hollarda hamshiralar bu fazilatga ega bo‘lmaydi va
bemor sirini boshqa bemorlarga yetkazadilar. Natijada, bun
day hamshiralarga bo‘lgan ishonch yo‘qoladi.
Hamshira faoliyatida mish-mishlar, soxta ma’lumot berish,
yomon va qo‘pol ohangda gaplashish, bemor bilan hamshira
munosabatlarining buzilishiga olib keladi.
Bemorlarga hurmat bilan murojaat qilish, ularga namunali
xizmat ko‘rsatish bemor bilan hamshira o ‘rtasidagi muno-
sabatni yanada yaxshilaydi. Bunda bemorni tushunish, unga
e’tibor bilan qarash ham o ‘zaro ishonchni mustahkamlaydi.
Zero, bemorning aqliy rivojlanganligi, bilimdonligi va shaxsiy
fazilatlarini hamshira ish jarayonida o‘rganib borishi muhimdir.
Shundagina har bir bemorga individual yondashish mumkin
bo‘ladi. Hamshira bemor dardini, ruhiy azoblarini his qila
olishi, uni o‘zida anglay bilishi hamshira faoliyatining yanada
mukamallashganligidan dalolat beradi.
Tibbiyot amaliyotida turli tavsifdagi hamshiralarni uchra-
tish mumkin. Ayniqsa, milliy urf-odatlarimiz hamshirala-
rimiz faoliyatida yaqqol aksini topadi. Ularda mehribonlik,
odamiylik, o ‘zgaga hurmat hissi juda yuqori bo‘ladi. Quyida
shunday hamshiralarga misollar keltiramiz:
1. Vazifalarini mexanik bajaruvchi hamshira — hozirgi
kunda eng ko‘p uchraydigan hamshiralar sirasiga kiradi.
Bu hamshiralar barcha vazifalarni qoida bo‘yicha aniq, o ‘z
vaqtida sinchkovlik bilan bajarishadi. Lekin o ‘zi tashabbus
ko‘rsatmaydi. Bemorning dardiga sherik bo‘lish, uning his-
siyotlarini anglash ularga yot.
2. «Yodlab olingan rolni ijro etuvchi» hamshira. Bu hamshi
ralar alohida e’tiborga loyiqdir. Ular bemorning oldida har
166
xil rollarga kirishadi, o ‘z vazifalarini bajarishga harakat
qilishadi.
3. «Tajang» hamshira. Bunday hamshiralar o ‘z faoliyatida
hissiyotga o‘ta berilgan bo‘lib, bemorlarga qo‘pol, darg‘azab-
lik bilan munosabatda bo‘ladilar, tez jahli chiqib tajanglik
qilishlari bilan ajralib turadilar. Bu ish faoliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday hamshira qovoqlari soliq, peshonasi
tirishgan, nimadandir norozi ko‘rinadi. Ular nevroz holatida
ayrim ishlarni bajarishmaydi. Ulardan shunday so‘zlarni
eshitish mumkin: «Nima, men sizlarning cho‘rilaringmi yoki
mening oyog‘im tekinga kelganmi» va h.k. Buning oldini
olish uchun psixiatrga murojaat qilish yoki ishdan bo‘shatish
choralari ko‘riladi.
4. Erkaksimon yoki kuchli hamshira. Bularning yurish turishi
hamma bemor uchun tanish, muomalasi qo‘pol, prinsipial
bo‘lsa-da, haq bo‘lishadi. Ularda madaniyat, bilimdonlik
yetishmaydi. Lekin ular qattiq e’ti-qodli, qat’iyatli, kechirmay-
digan bo‘lishadi. Bemordan tartibli bo‘lishni talab qilishadi.
5. «Onaxon» hamshira. Bunday hamshira bizning kasal-
xona, ambulatoriya va poliklinikalarimizda ko‘p uchraydi.
Haqiqiy o ‘zbek hamshirasining xususiyatlari shu hamshira
timsolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ish ular uchun hayotning
ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Ular hamma ishlarni ba
jarishga ulgurishadi.
6. Mutaxassis hamshira. Bu hamshiralar o‘zining ayrim
shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra alohida mavqega ega bo‘lishadi.
Bunday hamshiralar yaxshi kotiba yoki texnik vazifalarni ba-
jara oladigan bo‘ladilar. Ular laboratoriyalarda, tibbiy uskuna-
lar bilan ishlash joylarida xizmat qilishadi. Bu hamshiralar
o ‘zlari bajaradigan ishlardan boshqa ishlarga qiziqishmaydi.
Hamshira shaxsi, uning ishlash uslublari, bemorlarga
munosabati, bemor bilan ishlashning psixologik usullarini
qanday egallaganligi — bular, o ‘z-o‘zidan ravshanki, davo-
lovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni ado etish uchun hamshi
ralar doimo izlanishda bo‘lib, o‘z ustida ishlashlari, bilim-
larini tinmay oshirib borishlari kerak.
167
Download Do'stlaringiz bilan baham: |