Umum va tib psix p65


«Muhit bilan davolash» ko‘rinishidagi psixoterapiya


bet76/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

«Muhit bilan davolash» ko‘rinishidagi psixoterapiya.
M uhit yoki mikromuhit deb, birinchidan bemorga juda 
yaqin yuradigan odamlar (oilasi, yaqin do‘stlari, ishxonadagi 
o ‘rtoqlari, kasalxonada esa, boshqa kasallar, bemorni davo- 
lashda bevosita ishtirok etadigan shifokorlar, tibbiyot hamshi- 
ralari)ga, ikkinchidan, bemorni turmushda va davo muassasa- 
sida bo‘lgan paytida atrofni o ‘rab turgan vaziyatga aytiladi.
Kasal odam muhit bilan juda mustahkam aloqada bo‘ladi; 
muhit bemor qiziqishlarining doirasini, uning ijtimoiy va 
m a’naviy qiyofasini, shuningdek, emotsional holati, kayfi
129


ruhiyatini ko‘p darajada belgilab beradi. To‘g‘ri uyushtirilgan 
muhitning bemorga ko‘rsatadigan ta’siri qudratli davo vositasi 
bo‘lib hisoblanadi.
Muhit ta’sirini: 1) davo muassasasidan tashqarida ko‘r- 
satiladigan ta’sir va 2) davolash muassasasi ichida ko‘rsatila- 
digan ta’sirga bo‘lish mumkin.
Shifokor, shuningdek, o ‘rta m a’lumotli tibbiyot xodimi 
bemor kasalxonaga tushmasdan ilgari uning qanday muhit 
sharoitlarida yashab kelganligi bilan hamisha qiziqadi. Shu 
maqsadda shifokor, albatta, bemorning qarindosh-urug‘lari, 
ba’zan esa, birga ishlaydigan hamkasblari bilan tanishadi, 
bemor ishining tabiatini, jamoadagi, oilasidagi o‘zaro munosa- 
batlarini aniqlab oladi va hokazo. Shunda qarindosh-urug‘lari 
o ‘z oilasining a’zosi qanday dardga chalinganligini, unga 
qanday munosabatda bo‘lish kerakligini, uning qanday tartibga 
amal qilib borishi lozimligini aniq-ravshan bilib olishadi.
«M uhit bilan davolash»ning ikkinchi xili kasalxona, 
sanatoriy, dispanser ichida ta’sir ko‘rsatishdir. Psixoterapevtik 
tartib degan narsa bu o ‘rinda katta rol o ‘ynaydi. Shu tartib- 
ning ikki asosiy turini ajratish mumkin: 1) davolovchi-muho- 
faza tartibi va 2) davolovchi-faollashtiruvchi tartib.
Davolovchi-muhofaza tartib holdan ketib, darmoni quri- 
gan kasallarga, o ‘tkir psixik iztirobni boshdan kechirgan 
kasallarga buyuriladi. Bu tartib kasallarni zararli vaziyatdan 
ajratish, ularni tinch qo‘yib, dam oldirish, uyqusini uzaytirish 
va mustahkamlashdan (ba’zan sutkasiga 16—18 soatgacha 
uzaytirishdan) iborat bo‘ladi. Bu davrda kasallar bilan tinch- 
lantiruvchi suhbatlar o ‘tkaziladi, shuningdek, ularga sedativ 
va umuman darmonga kiritadigan preparatlar (bromidlar, 
trankvilizatorlar, vitaminlar, glukoza va boshqalar) buyuriladi.
Davolovchi-muhofaza rejimni ipoxondriya bo‘lgan kasal­
larga, ya’ni o ‘z badanining har xil qismlaridagi sezgilarga 
(yurak, me’da-ichak, o ‘pka, siydik-tanosil a’zolari va boshqa- 
lardagi sezgilarga) butun diqqat-e’tiborini qaratadigan kasal­
larga buyurib bo‘lmaydi. Bunday bemorlar haddan tashqari 
hadiksiraydigan bo‘lishi bilan ajralib turadi va o‘zlarini salga 
go‘yo og‘ir kasalliklarga m ubtalo b o ‘lgan degan fikrga
130


keladilar. Davolovchi-faollashtiruvchi rejim ustida birmuncha 
batafsilroq to ‘xtalib o ‘tamiz.
Davolovchi-faollashtiruvchi rejimda turmushdagi real 
muhitga yaqin vaziyatni yaratish uchun harakat qilinadi. Shu 
bilan birga bunday rejim psixoterapiya uchun eng yaxshi 
imkoniyatlar yaratib beradi, chunki tinchlantiruvchi suhbatlar 
o ‘tkazish uchun imkon beribgina qolmay, balki kasalni har 
xil turdagi faoliyatga o ‘tkazishga, shaxsiyatining saqlanib 
qolgan tomonlarini faollashtirishga, jam oa yordamida unga 
ta ’sir ko‘rsatishga ham imkon ochadi.
O‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimi uchun, birinchi navbatda, 
davolovchi-faollashtiruvchi rejimning kasallarga ikki pog‘onada 
xizmat ko‘rsatiladigan sistema (shifokorlar, tibbiyot hamshiralari) 
sharoitlarida o‘tkazilishini bilish muhim. Kichik tibbiyot xodimlari 
sonini qisqartirish hisobiga o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari 
soni ko‘paytiriladiki, bu davolovchi faol psixoterapevtik rejimni 
amalga oshirish uchun muhimdir. Chunki ana shunday rejim 
sharoitlarida hamshira shifokor buyurgan davolarni bajaruvchi 
shaxs bo‘libgina qolmay, balki kasallar jamoasining tashkilotchisi 
bo‘lib ham qoladi. U ma’lum darajada psixoterapevtik va tibbiy- 
pedagogik ta’sir ko‘rsatib boradi.
Ikki pog‘onali sistema bemorlarning o ‘z-o‘ziga xizmat 
ko‘rsatishi (palatalarni yig‘ishtirishi, ovqat tarqatishi, tartib- 
intizomga amal qilishi) va ularning muhitida o ‘z-o‘zini 
ko‘proq boshqarishi bilan bog‘liqdir. Palata mudirlari, xo‘jalik- 
maishiy va ommaviy-madaniy ishlarga rahbarlik qiladigan 
kasallar kengashi saylanadi.
Davolovchi-faollashtiruvchi rejimning psixologik ahamiyati 
shundan iboratki, bunda kasallar davolanadigan yoki shifokor 
hamda xodimlarning ta’siriga beriladigan passiv «obyekt» bo‘lib 
qolmasdan, balki «subyekt»ga aylanadilar, ya’ni davolash hamda 
tibbiyot m uassasasidagi butun jam o a hayotining faol 
ishtirokchilari bo‘lib qoladilar. Kasalning tibbiyot xodimiga 
bo‘lgan munosabati «buyurish-bo‘ysunish» tamoyiliga asoslangan 
bo‘lmay, balki «shifokor bilan bemor salomatlik uchun umumiy 
kurashda teng huquqda ishtirok etadigan sheriklardir» qoidasiga 
muvofiq qaror topib boradi. Kengash kishilari madaniy
131


saviyasining keskin yuksalganligi, mamlakatda umumiy o‘rta 
ma’lumot tizimining amalga oshirilganligi, davo jarayonining 
tibbiy-psixologik tomoniga ko‘p diqqat-e’tibor berilayotganligi 
tufayli tibbiyot xodimlari bilan kasallar o‘rtasida ana shunday 
yangi mazmundagi o‘zaro psixologik munosabatlar qaror topadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish