Umum va tib psix p65


bet72/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

O ‘z-o ‘zini inontirish. 
Olimlar (I.R. Tarxanov, V.M. Bex- 
terev, K.I. Platonov va boshq.)ning ko‘pdan ko‘p tajribalari 
kasalning o‘zini-o‘zi ishontirib aytgan so‘zlari organizmining 
turli tizimlarida fiziologik o ‘zgarishlar keltirib chiqarishini 
ko‘rsatdi. O ‘z-o‘zini ishontirish ham tashqaridan ta ’sir qilib 
inontirish singari, bosh miya po‘stlog‘ida konsentrlangan 
qo‘zg‘alish o‘chog‘idan iboratdir. Mazkur holda bu o ‘choqni 
bemorning o ‘zi muayyan so‘z formulalari yoki xayoliy 
tushunchalar yordami bilan vujudga keltiradi. Tansiq ovqat 
to‘g‘risida o‘ylashga javoban me’da shirasining ajralishi, sovuq 
ta ’sir qilishi to ‘g‘risida o ‘ylashga javoban badan terisining 
«tuk-tuk» bo‘lib ketishi, ko‘zga yot narsa tushdi deb xayol 
qilinganida ko‘zning pirpirashi va boshqa shu singari dalillar 
tushunchalarning organizmdagi fiziologik jarayonlarga ta’sir 
ko‘rsatishini aniq-ravshan qilib isbotlaydi.
Hozir o ‘z-o‘zini ishontirishning har xil usullari qo‘llani- 
ladi. Ularning biri shundan iboratki, shifokor kasal bilan 
birgalikda «o‘z-o‘zini ishontirish formulasi» degan narsani, 
ya’ni o ‘z-o‘zini ishontiradigan qisqacha shifobaxsh matnni 
(4—5 jumlani) tuzadi. Masalan, «Men o ‘zimni ancha yaxshi 
his qilyapman. Kayfim joyida, tuzuk. Uyqum ham, ishtaham 
ham tobora yaxshilanib kelyapti. Davodan ancha n af ko‘r- 
dim» va hokazo. O‘z-o‘zini ishontirishning umumiy usullari- 
dan keyin kasallikning ayrim simptomlariga qaratilgan maxsus 
usullari qo‘llaniladi. Bu «formula»ni kasal tinch yotgan va 
muskullari bo‘shashgan holatda bir necha marta fikran yoki 
shivirlab takrorlaydi (ertalab o ‘rinda, tushki paytda va kech- 
qurun uyqu oldidan).
Autogen trenirovka.
Autogen trenirovka (ya’ni, bemorning 
o ‘zi bajaradigan mashq) psixoterapiyaning keng tarqalgan 
uslubidir.
Autogen trenirovkani nemis olimi I. Shuls taklif etgan. 
Bizda bu trenirovka har xil variantlarda qo‘llaniladi. Kasal
125


karavotga yotadi yoki stulga oldinga engashib o ‘tiradi. U 
tayyorlanib olgandan keyin: «O‘ng qo‘lim og‘ir tortib qoldi», 
degan I mashqni aniq-ravshan tasavvur qilishga urinadi. Mana 
shunday mashqni kasal kuniga 2—3 mahal, yaxshisi uyqu 
oldidan va uyqudan uyg‘ongan zahoti takrorlaydi. O‘ng qo‘lini 
ancha og‘ir tortib qolgandek his qilganidan keyin chap qo‘- 
liga, so‘ngra oyoqlariga o ‘tadi. II mashq: «O‘ng qo‘lim iliq 
bo‘lib qoldi», III mashq: «Quyoshsimon chigalim issiq bo‘lib 
qoldi, u issiq sochmoqda». IV mashq: «Yuragim kuch bilan 
bir tekis urib turibdi».V mashq: «Nafasim chuqur va ravon», 
VI mashq: «Peshonam muzdakkina». Ba’zan birinchi 2— 
3-mashq bilan cheklaniladi. Mashqlar bajarilganidan keyin 
muskullar bo‘shashib, odam o ‘zini juda tinch his qiladi
ko‘pincha uni uyqu bosadi. Ana shu holatda davo maqsadida 
shifokor aytgan o‘z-o‘zini ishontirish usulini qo‘llash foydalidir.
Inontirib va o ‘z-o ‘zini ishontirib davolashda tibbiyot 
hamshirasining roli juda katta. Tibbiyot hamshirasi kasallarni 
juda sinchkovlik bilan kuzatib borishi kerak. Davolashning 
hozir aytilgan turlari bexatar bo‘lsa ham, ba’zan asoratlar 
ko‘riladi. Masalan, gipnotik holatning asorati qoladi, bosh 
og‘riydi, autogen trenirovkada esa, arterial bosim pasayadi 
va hokazo. Biroq davo ta’sirida kasalning psixologik holati 
qanday o ‘zgarib borayotganini o ‘rganish, uning davoga 
munosabatini tekshirib borish ham tibbiyot xodimining g‘oyat 
muhim vazifasi hisoblanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish