Umum va tib psix p65


bet70/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

O ‘rtacha gipnoz
yengil uyqudir, kasal ko‘zini ochol- 
maydi, so‘z bilan ta’sir ko‘rsatib, harakat sferasi (so‘z ta ’siri 
bilan vujudga keltirilgan parezlar, giperkinezlar, katalepsiya) 
bilan sezgi sferalarida (anesteziya, giperesteziya) o‘zgarishlar 
keltirib chiqarish mumkin. O‘rtacha gipnozdan keyin ham 
seans vaqtida ro‘y bergan hodisalar xotirada saqlanib qoladi.
Qattiq, chuqur gipnoz
(boshqacha aytganda somnambulizm, 
lotincha 
somnus—u yqu
va ambulare—yurmoq, ya’ni uyquda 
yurmoq so‘zlaridan olingan)—ro‘yirost gipnotik uyqudir. 
Pappoport (miya po‘stlog‘ida sergak qolgan alohida punkt 
hisobiga shifokor bilan bemor o ‘rtasida bog‘lanadigan aloqa) 
tamomila alohidalanib qoladi (ya’ni, shifokordan boshqa kishi 
kasal bilan aloqa o ‘rnata olmaydigan bo‘lib qoladi), deb 
aytgan. A’zoyi badandagi muskullar tamomila bo‘shashib, 
qo‘l ko‘tarilsa, shilq etib tushadi, ba’zan odamning iyagi 
osilib qoladi. Kasallarni inontirib gallutsinator obrazlar 
(ko‘rish, eshitish, hid bilish obrazlarini) hosil qilish, ularni 
boshqacha bir vaziyatda deb (uyda deb, ko‘lda cho‘milyapti, 
avtomobilda ketayapti, teatrda o ‘tiribdi deb) ishontirish 
mumkin. Postgipnotik ta’sirlarni yuzaga chiqarsa ham bo‘ladi 
(ya’ni, kasalning ko‘ngliga solingan harakatlarni u uyqu-
122


dan uyg‘onganidan keyin bir necha soat, kun va hatto hafta 
o ‘tgach bajaradigan bo‘lishiga erishish). Seansdan keyin 
amneziya ko‘riladi.
Davo maqsadlarida gipnoz holatidan ikki xil—o‘z holicha 
foydalanish — gipnozdan foydalanish (K.I. Platonov fikriga 
qaraganda, «gipnoz orom beradi») va gipnoz vaqtida so‘z bilan 
ta’sir ko‘rsatish, inontirish uchun foydalanish mumkin. Gipnoz 
vaqtida inontirishdan foydalanish usuli ko‘proq qo‘llaniladi. 
So‘z bilan ta’sir ko‘rsatib inontirish imperativ (buyuruvchi) va 
izohlovchi (tushuntirib beruvchi) ta’sirga bo‘linadi. Ikkinchi 
holda inontirish sabab, vajlarni ko‘rsatib berib, kasalga 
tushuntirish unda ishonch hosil qilish bilan birga olib boriladi.
Inontirish seansidan keyin ba’zi hollarda takror gipnotik holat 
boshlanishi ko‘riladi (xususan, kasal gipnoz holatidan batamom 
va bekam-u ko‘st chiqarilmagan bo‘lsa). Shu munosabat bilan 
statsionarda gipnoz vaqtida ta’sir ko‘rsatib davolanadigan kasallar 
bir necha soat mobaynida xodimlarning kuzatuvi ostida bo‘lishi, 
ambulatoriya sharoitlarida esa, gipnoz seansi tugaganidan keyin 
bir soat davomida poliklinika yoki dispanserda kuzatib turilishi 
kerak. 2—3 soatgacha c h o ‘ziladigan gipnoz seanslari 
qo‘llaniladigan bo‘lsa (V.E. Rojnov) yoki gipnotik uyqu bilan 
davolash usuli qo‘llaniladigan bo‘lsa, bunda ham kasallar o‘rta 
ma’lumotli tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida turadi.
Gipnoz vaqtida kamdan kam hollarda bemorda isteriya xuruji 
tutib qolishi mumkin. Bunday xuruj xavfli emas. Kasalni gipnotik 
holatdan chiqarish kerak. Uning oldida yelib-yugurib, asoratni 
og‘ir qilib ko‘rsatish yoki shu vajdan vahima ko‘tarish yaramaydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish