Umum va tib psix p65


TERAPEVTIK BEMORLAR BILAN ISHLASH


bet78/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

TERAPEVTIK BEMORLAR BILAN ISHLASH
Terapiya tibbiyot sohasining eng muhim qismi bo‘lib, ichki 
kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar ko‘proq psixogen omillar 
ta’siriga duchor bo‘lishadi. Atoqli terapevtlar bu ta’sirlarni
134


juda yaxshi bilganliklari uchun bemor bilan muloqot qilishning 
turli tomonlarini ishlab chiqqanlar. Masalan, vengriyalik yirik 
terapevt olim Sandora Koranayning quyidagi so‘zlarini 
keltiramiz: «Bemorga kerakli dorini berish emas, balki qanday 
berish muhimdir».
Terapiya bo‘limida organizm turli sistemalarining o‘zgarish- 
lariga uchragan bemorlar davolanishadi. Har bir sistema 
kasalliklari bemorga o ‘ziga xos psixogen ta’sirini o ‘tkazadi.
Hozirgi kunda bemorning jismoniy va ruhiy holatlarini, 
uning butun organizmini to ‘liq bilmasdan turib davolab 
bo‘lmaydi. Ichki kasalliklar klinikasida doimo somatogen va 
psixogen buzilishlarni kuzatishga to ‘g‘ri keladi.
Odamda kuchli his-hayajonlar, iztiroblar yurak urishi bilan 
birga o‘tadi, bunda yuz qizaradi yoki oqaradi (tomirlarning 
qisilishi yoki kengayishiga qarab). Bu alomatlarning tabiati 
va nechog‘li yuzaga chiqishi shaxs va organizmning o ‘ziga 
xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Psixik ta ’sirlar bosh og‘- 
rig‘ini yoki organizmdagi boshqa funksional buzilishlarni kel- 
tirib chiqarishi mumkin. Psixogen omillar ta’siri ostida somatik 
sohada quyidagi buzilishlar: ko‘ngil behuzur bo‘lishi, qusish, 
ich ketishi, qabziyat, ishtaha yo‘qolishi, nafas qisishi, yo‘tal, 
arterial bosim ning ko‘tarilishi, tom ir urishi tezlashishi 
(taxikardiya), uning sekinlashuvi (bradikardiya), yurak ishi 
zaiflashuvi kabilar vujudga kelishi ehtimol.
Bemor organizmi holatini to‘la-to‘kis bilish uchun bemor­
ning psixologik holati bilan birga o‘z kasalligiga munosabatini 
ham hisobga olish kerak. Bundan asosiy maqsad shuki, bemor 
o ‘z organizmidagi a’zolarini va ularning kasalliklarini qanday 
his qilishini, shuningdek, ayrim asosiy kasalliklarning psixogen 
moslashuvi bilan tanishtirishdir. Terapiyada psixologiyaning 
o ‘rni shundaki, u bemor bilan kasallik o‘rtasidagi muhitni, 
tibbiyot xodimlarining bemorlarga munosabatini o ‘rganishga 
yordam beradi.
Bemor ruhiyatiga kasallik ta’siri va shifokorning munosa- 
batini oydinlashtiradigan bir misol keltiramiz.
Grippni boshidan o‘tkazgan 35 yoshli bemor o‘zining tanish 
doktoriga qabulga keladi. U shu shifokorda 12 yildan buyon 
davolanib kelardi. Unda yurak dekompensatsiyasi, yurak
135


qopchasining yetishmovchiligi bor edi. Shifokor obdan 
tekshirib, unda hech qanday o‘zgarish yo‘qligiga ishonch 
hosil qilib, xayrlashuv vaqtida «Tashvishlanmang, mendan oldin 
o‘lmaysiz, juda ham tig‘iz bo‘lsa birgalikda o‘lamiz», deydi. 
Ertasiga to‘satdan shifokor vafot etadi. Bemor juda ham qattiq 
iztirobga tushadi, tom ir urishi 120 ga yetadi, aritmiya 
boshlanadi, barcha ko‘rilgan chora-tadbirlar yordam bermaydi. 
Shifokor o‘limidan bir kun o ‘tib, bemor ham vafot etadi.
Somatogen jihatdan kelib chiqqan ruhiy buzilishlar ko‘pin- 
cha xavotirli-vahimali bemorlarda paydo bo‘ladi, ularning 
holatida ipoxondrik alomatlar ham seziladi. Ular asosiy kasal­
lik natijasida paydo bo‘lgan nevrozlar, zaiflik, tezda charchab 
qolish, bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi, o ‘z ahvolidan cho‘- 
chish, haddan tashqari terlash, yurak urishining tezlashuvi 
va hokazo holatlardan shikoyat qiladilar.
Alkogolizm va giyohvandlik dardiga yo‘liqqan shaxsda 
kasallik aniq ko‘zga tashlanadigan bosqichga yetganda, 
odatda, ichki a’zolarining turli xastaliklari: jigar, yurak, buy- 
rak, m e’da osti bezlari va boshqa xastaliklar aniqlanadi, shu 
sababli ular somatik kasalxonaning terapiya bo‘limida davo- 
lanish uchun keladilar.
Nevrozsimon alomatlar ko‘pincha asosiy kasallikning 
klinik manzarasini niqoblab qo‘yadi. Natijada, bemorlar turli 
ixtisoslikdagi mutaxassislarga murojaat qiladilar, biroq ha- 
misha ham dardlari yengillashavermaydi, bu hol bemorlarni 
nevrotik va ipoxondrik holatlarga duchor qiladi.
Somatopsixik bog‘lanishlar nafaqat bemorga to ‘g‘ri mu- 
nosabat bilan yondashish uchun kerak, balki asosiy kasal- 
likni davolashda ham muhimdir. Yurak faoliyatining og‘ir 
dekompensatsiyasida, jigar sirrozi va uremiyada gallutsina- 
tsiyali alahlash kechinmalari bilan o‘tadigan ruhiy holatlar- 
ning avj olishi kuzatiladi.
Bemorga shu narsani tushuntirish lozimki, tibbiyot ham- 
shirasi dori-darmonlarni faqat shifokorning topshirig‘i bilan- 
gina bera oladi. Ba’zan psixogen omillar somatogen omillar 
bilan qo‘shilib ketib, bir-birini kuchaytiradigan hollar ham 
bo‘ladi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish