Umum va tib psix p65


bet56/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

XARAKTER PSIXOLOGIYASI
97


niyatlar orqali o ‘tishni qayd qiluvchi individuallikning asosiy 
tuzilmasi hisoblanadi.
Xarakterda o‘zlashtirilayotgan hayotiy timsollar shaxsning 
xulq-atvori va faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar sifatida 
tarkib topishni ta ’minlovchi psixologik vositalar inson 
«Men»ining tavsiflovchi poydevori hisoblanadi.
Xarakter temperament (mijoz)dan farqli o‘laroq hayotda, 
muomala va hamkorlikdagi faoliyat jarayonida vujudga kelishi 
va shakllanishida farq qiladi. Xarakter xislatlari to ‘rtta yirik 
tizimga ajratiladi. Bu xususiyatlar insonning munosabatlarida 
aks etadi. Bunday xarakter xususiyatlarining o‘quvchi va talaba- 
larda shakllanishi va namoyon bo‘lishi o‘qish faoliyatini amalga 
oshirayotgan jamoada, oilada, norasmiy guruhlarda kuzatiladi.
Munosabatlarning nomlanishi.
Xarakter xislatlari va xulq- 
atvor xususiyatlari:
1. Odamlarga bo‘lgan munosabat — muloqotmandlik, 
ochiqlik, aniqlik, mehribonlik, tundlik, tortinchoqlik, johil- 
lik, kamtarinlik va h.k.
2. Faoliyatga bo‘lgan munosabat — vijdonlilik, mehnatse- 
varlik, tashabbuskorlik, ehtiyotsizlik, mas’uliyatsizlik va h.k.
3. Ijtimoiy va shaxsiy mulkka b o ‘lgan munosabat — 
batartiblik, tejamkorlik, ozodalik, ehtiyotkorlik va h.k.
4. O‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabat — vazminlik, talabchan- 
lik, o‘zini sevish, o ‘ziga ishonchlilik, xudbinlik va h.k.
Psixologiyada xarakter xislatlarining paydo bo‘lish shartla- 
rida organizmning nasliy xususiyatlari (biologik qonuniyatlari) 
asos bo‘lsa-da, ammo u ijtimoiy qonuniyatlar bilan tavsiflanadi. 
Ushbu masalani irsiyatga bog‘lab tushuntirish gomozigot 
egizaklarni o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning 
nasliy xususiyatlari aynan bir xildir. Ular temperament xusu­
siyatlari bo‘yicha tubdan o‘xshash bo‘lsalar-da, lekin xarakter 
xislatlariga ko‘ra, bir-biridan keskin farq qilishadi. Shuning uchun 
xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog‘liqligini uning 
fiziologik asosi ham, tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga 
keladigan shartli reflektor funksional holati ham tasdiqlaydi.
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida 
amalga oshib, uning har bir xislati shaxs munosabatlariga 
bog‘liq bo‘ladi, ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan
98


belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha 
ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanishi tadqi- 
qotlarda isbotlangan. Shu sababdan ijtimoiy tuzumni tavsif- 
lovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik 
xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xususiyat- 
lari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. 
Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda, 
oilada, bolalar va mehnat jamoalarida xayrxohlik, o ‘rtoqlik, 
o ‘zaro yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, 
zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa 
boshlaydi. Oilaviy muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, 
farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlar 
ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning 
o ‘ziga xos xususiyatlari shakllantirilsa, bolalar bog‘chasidagi, 
maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning 
maxsus xislatlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, noras- 
miy guruhlarda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zga- 
rishlar yuzaga kelib, ilk yoshlik davrida esa shakllangan xarakter 
xislatlari nihoyat darajada barqaror bo‘lib, ularga ayrim 
o ‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. Shaxsda mayllarning 
qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liq holda tarkib 
topgan munosabatlar o ‘zining mustahkamligi bilan ajralib 
turadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiy- 
ligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga 
bog‘liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari 
tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, 
ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin 
holatlarda ham namoyon bo‘laveradi.
Xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning 
fiziologik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining 
tashqi jihatdan namoyon bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan 
vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat deyiladi. Xarakter 
xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga 
bog‘liq. Ana shu holatga muvofiq ravishda temperament xusu­
siyatlari ham xarakter ma’lum xislatlarining vaqt davomida tashqi 
namoyon bo‘lishi ham temperament tipiga bog‘liq.
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning 
psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosa-
99


bati xarakter xislatlarini to ‘g‘ridan to ‘g‘ri tavsiflamaydi, balki 
shaxsning faoliyati orqali belgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli 
aynan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy 
xususiyatlaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Shu bois- 
dan xarakterning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida 
uning xatti-harakatlariga bog‘liq tarzda amalga oshadi. Xarak­
terning tarkib topishida faol faoliyatning roli shundaki, xuddi 
shu faol faoliyatiga xarakterni ifodalaydigan harakatning in­
dividual o ‘ziga xos usullari shakllanadi. Harakat usullarining 
avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil qilinishi bilan 
bog‘liq shartli reflektor funksional holatning natijasidir. Avto- 
matlashuvning bir necha turdagi psixologik mexanizmlari 
mavjud bo‘lib, ulardan biri — odatlardir. Xarakter xislatlari 
tarkib topishining muhim shartlaridan yana biri — xislatlarni 
zaruriy xatti-harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan 
iboratdir.
Xarakterning tarkib topishida taqlidchanlikning roli katta 
bo‘lib, u harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbayi 
hisoblanib, uning ahamiyatliligi ko‘p jihatdan ifodali xatti- 
harakatlarning shaxs emotsional (hissiy) kechinmalariga ta’siri 
bilan belgilanadi. Taqlidchanlik xatti-harakat namunasiga taqlid 
qilish uchun m o‘ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan 
motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari tarkib toptirishning 
shartiga aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit 
obyektiv va subyektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish 
(ustanovka) psixologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avto- 
matlashish muhim bo‘lib, bunda ko‘rsatma (ustanovka) odatla- 
ridan farqli o‘laroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina 
bo‘lib qolmay, balki bilish jarayonlariga, hissiy va irodaviy 
reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida 
ahamiyat kasb etib, bunda xarakter faqat murakkab va keskin 
vaziyatlarda (sharoitlarda) yorqin namoyon bo‘libgina qolmas- 
dan, balki mazkur holatlarda u tarkib ham topadi. Odatda, 
xarakter xislatlarining o ‘zgarishidagi individual farqlar shaxs­
ning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riq 
topishiga bog‘liq. Shunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti
100


va faoliyati davomida o‘z xatti-harakatlari, odatlari bilan o‘z 
xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish