UO ‘K 15(075)+616.89(075)
KBK 88.3 ya 723
F 20
Oliy va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Ushbu o ‘quv qo‘llanmada umumiy va tibbiy psixologiyaga oid
m a’lumotlar umumlashtirilgan. Unda, shuningdek,
fanning vazifalari,
am aliy aham iyati, ruhiy jarayonlar,
tibbiy xodim larning ruhiy
xastaliklarga chalingan bemorlarga munosabati, etika va deontologiya
masalalariga munosib o‘rin ajratilgan.
T a q r i z c h i l a r :
H.M. MAHMUDOV
— Andijon tayanch
tibbiyot
bilim yurti direktori,
tibbiyot fanlari nomzodi;
I.M. TURSUNOVA
— O ‘zbekiston Respublikasi
SSV O‘quv-uslub idorasining oliy toifali uslubchisi.
ISBN 978-9943-16-339-3
© «ILM ZIYO»
nashriyot uyi, 2004-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y.
SO ‘ZBO SH I
Hozirgi kunda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida davr
ruhiga mos o‘quv adabiyotlari nashr qilinmoqda. Qo‘lingizdagi
«Umumiy va tibbiy psixologiya» o ‘quv qo‘llanmasi tibbiyot
kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallab yozilgan. Kitob istiqlol ruhi
bilan sug‘orilgan ta’lim va tarbiya masalalarini, tibbiyotdagi
o ‘zgarishlar, bozor iqtisodiyotining bemor ruhiyatiga ta’sir-
larini tahlil qilgan holda yaratilganligi bilan e’tiborga molik.
O‘quv qo‘llanma uch bo‘limdan iborat. «Umumiy va tibbiy
psixologiya»ning
birinchi bo ‘limi
tibbiyot
psixologiyasining
rivojlanishida umumiy psixologiyaning o ‘rniga bag‘ishlangan.
Unda psixologiyaning nimadan bahs yuritishi, qonuniyatlari,
ruhiy jarayonlar klassifikatsiyasi (tasnifi), tibbiy psixologiya
o ‘rganadigan asosiy obyektlar haqida tushuncha beriladi.
Ikkinchi bo ‘limda
umumiy va tibbiy psixologiyani o‘rganish
uslublari, tizimlari, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashdagi
ahamiyati, ruhiyatining taraqqiyoti, markaziy va periferik asab
sistemalarining ruhiy funksiyalarni boshqarish mexanizmlari,
rus olimi I. P. Pavlovning ruhiy funksiyalar haqidagi nazariya-
siga doir m a’lumotlar beriladi.
Ayni vaqtda, ruhiyatning ayrim ko‘rinishlari — sezgi, idrok,
xotira, tafakkur, nutq, his, irodani inson ruhiyatining belgi-
lari, ong
va shaxsning tarkibiy qismi, deb emas, balki, bir
butun yagona shaxsning ong ko‘rinishlari — funksiyalari, deb
qaraladi. O‘quv qo‘llanmadan shaxsning shaxsiy xususiyatlari,
faoliyat turlari, inson fe’l-atvori,
temperamenti, bemorning
shaxsi borasidagi m a’lumotlar o‘rin olgan.
Uchinchi bo‘limda
xususiy tibbiy psixologiya masalalari
yoritilgan bo‘lib, turli kasalliklarda bemorlar va tibbiyot xodim-
lari o‘rtasidagi munosabatlar psixologiyasiga, deontologiyaga
doir m a’lumotlar bor.