Umum va tib psix p65


TIBBIY PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI


bet3/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

TIBBIY PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI
7


va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha 
mashhur va muhimlari assotsiatsizm, intellektualizm, volyun- 
tarizm, geshtaltpsixologiya va freydizmlar edi. Bu nazariya- 
lardan ayrimlari hozirgi kunda ham mavjud bo‘lib, o‘z taraf- 
dorlariga egadir. Masalan, freydizm nazariyasining asoschisi 
Zigm und Freyd (1856—1939) ta ’limotiga ko‘ra, shaxs 
psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan 
tug‘ma, ongsiz mayldir. Psixologiyaning rivojlanishida Veber 
va Fexner psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha 
o‘z hissalarini qo‘shdilar. Eksperimental psixologiya taraq- 
qiyotida, ayniqsa, kimyo, fiziologiya va psixologiya sohasida 
Vilgelm Vund (1832—1920)ning ishlari katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Vund psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan 
kuzatish, ifodalash va reaksiya metodlarini kashf etdi. Vund 
1879-yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya 
laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan ko‘p o ‘tmay, 1881-yili 
Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya institutini 
tashkil qildi.
XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Lan- 
gerlar, 1911-yilda Chelpanov rahbarligida eksperimental 
psixologiya laboratoriyasi ochildi. XIX asrning oxirlaridan 
boshlab, psixologiyaning boshqa sohalari: hayvonlar psixo­
logiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixo­
logiyasi maydonga keldi. XX asrning boshlarida Germaniyada 
Vyursburg maktabi psixologiyasi deb atalgan alohida yo‘nalish 
paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishning vakillari O. Kyulne (1862— 
1915), K. Byuller (1879—1902) va boshqalar bo‘lib, assotsiativ 
psixologiyani tanqid qilib chiqdilar. O‘tgan asrning 20-yillariga 
kelib psixologiya, xususan tibbiy psixologiyaning fan sifatida 
ajralib chiqishiga E. Krechmer (1888—1964) yaratgan nazariya 
katta ta’sir ko‘rsatdi. U «Tibbiyot psixologiyasi» nomli asar 
yozib, unda ruhiy o‘zgarishlar, buzilishlar haqida m a’lumot 
berdi. Krechmer tibbiyot psixologiyasida va psixoterapiyada 
konstitutsion-biologik yo‘nalish tarafdorlaridan bo‘lib, shaxs- 
ning shakllanishida tashqi muhitning ta’siriga yetarlicha baho 
bermadi va tug‘ma konstitutsion omillarga haddan tashqari 
ko‘p ahamiyat berdi.
8


Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atoqli namoyan- 
dasi I. M. Sechenovning (1829—1905) mashhur asari «Bosh 
miya reflekslari» 1863-yilda bosilib chiqdi. «Insondagi psixik 
va fiziologik jarayonlar, degan edi u, bu bir xil tartibdagi 
hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bo‘lgan hodisa- 
lardir». I.M. Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya 
reflekslaridir, ta’limotini ilgari surdi. I.M. Sechenovning 
davomchisi I. P. Pavlov oliy asab faoliyati fiziologiyasiga doir 
mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy 
qonuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik 
mexanizmlarini ochib berdi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish