Umum va tib psix p65


bet59/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

talanton
— qimmatbaho, 
noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat m a’nolarini bildiradi) muay- 
yan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini 
ta ’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidir. 
Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rifberilishiga qaramay, 
ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga 
qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, 
mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyat­
lar majmuasiga talant deyiladi.
Talant ham qobiliyatlarga o ‘xshash ijodiyotda yuksak 
mahoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib
ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush 
shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
105


Jahon sivilizatsiyasi, fan va texnikasi, san’at va adabiyot, 
moddiy va m a’naviy madaniyatini yaratishning (ichki ruhiy) 
imkoniyati hisoblanmish talant progressning harakatlantiruvchi 
omilidir. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli ko‘pchilik 
talant sohiblari o ‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish imko- 
niyatlaridan mahrum bo‘ladilar. Talantlarning tug‘ilishi ijtimoiy 
shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lganligi bois, mustaqil mamlakati- 
mizda talantli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj sezilmoqda, 
bu narsa yaqqol ko‘rinib turibdiki, shunday mezonga loyiq 
shaxslar mavjud va ular kelajagi buyuk davlatimiz poydevori 
hisoblanadilar.
Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning majmuasidan 
iborat bo‘lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, 
hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin 
ifodalansa ham, u bilan tenglashtirish mumkin emas ekan. 
Bu omilga asos bo‘lib, XX asrning 20—30-yillarida moskvalik 
psixologlar tomonidan olib borilgan fenomenal, g‘oyat o‘tkir, 
noyob (nodir) xotiraga ega bo‘lgan insonlarni tekshirish natija- 
lari hisoblanadi. Ma’lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida 
aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror 
xarakter, turg‘un qiziqishlar, sermahsul bilish jarayonlari
motivatsiya, yuksak his-tuyg‘ular va boshqa psixologik sifatlar 
ustuvor ahamiyat kasb etadi. Psixologik ma’lumotlarni umum- 
lashtirilgan holda ikki fikrni alohida ta’kidlab o ‘tish talant 
tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi:
• talant — bu shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab 
birikmasidirki, uni:
a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan;
b) xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali;
d) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘l- 
maydi;
• shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda 
yetarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab 
tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi 
orqali ularning o‘rnini bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) 
mumkin.
106


Tibbiy psixologiyaning bu mavzusiga juda katta e’tibor 
berilishi kerak, chunki fanning mavzusi va maqsadi ham shu 
shaxsni o ‘rganishdan iborat. Shaxs bilan kasallik o ‘rtasidagi 
o ‘zaro munosabatga kasallikning qanday aloqadorligi bor? 
Bu muammo tadqiqotchilarni ko‘pdan buyon qiziqtirib keladi. 
Ko‘pchilik mashhur terapevtlar kasallik va shaxs muammosiga, 
xususan, kasallikning shaxsga ta’siri muammosini tinmay 
o ‘rganishgan.
Har bir kasallik inson hayotida voqea hisoblanadi. U be­
morning jismoniy holatiga ta’sir qilib qolmasdan, balki uning 
ruhiy holatiga, oilada, jamiyatda, ishda tutgan mavqeyiga va 
um uman butun hayotiga ta’sir qiladi.
Kasallik ham kishining ruhiy qiyofasini o‘zgartiradi, biroq 
u kishini mehnat qobiliyatidan mahrum qilganda, odatdagi 
hayot tarzini o‘zgartirganda, yangi hissiyotlar paydo qilganda, 
jismonan azob chekkanda va yurak xastaligi xavf solganda, 
ayniqsa, kuchli reaksiya paydo bo‘ladi. Odamning psixikasiga 
og‘riq, ayniqsa, u hayotda tahdid soladigan xastaliklarda juda 
og‘ir ta’sir qiladi. Bemorlar muolajalar, qattiq tovushlar, kuchli 
yorug‘ nur ta’siridan, og‘rib turgan a’zolarda qo‘pol xatti- 
harakatlar qilinganda qattiq iztirob chekadilar, ular og‘riq 
kuchaygan a’zoga qattiq tegishdan paydo bo‘lgan og‘riqni, 
ayniqsa, og‘ir o‘tkazadilar. Bunda bemorlar ko‘pincha og‘riq 
qo‘zg‘atuvchilarga ro‘yirost affektiv reaksiyalar bilan javob 
beradilar.
Xastalik ko‘pincha kishining xulqini, uning qiyofasini, 
yurish-turishini, nutqi va mimikasini o‘zgartiradi. Insonning 
diqqat-e’tiborini uning ichki dunyosiga qaratib, unga shu 
vaqtga qadar nom a’lum bo‘lgan sezgilarni, tasavvur va emo- 
tsiyalarni paydo qiladi. Masalan, yurak patologiyasida ba’zan 
og‘riq sindromidan ancha oldin bemorlar vahimaga tushishadi.
Loqaydlik holati, tevarak-atrofdagi narsalarga befarq bo‘- 
lib qolish endokrin tizimining ba’zi kasalliklari uchun xarak- 
terlidir. G ‘azablanish, jizzakilik jigar kasalliklarida paydo 
bo‘ladi. Sil xastaligi bo‘lgan bemorlarda ba’zan ularning og‘ir 
ahvoliga mutlaqo to ‘g‘ri kelmaydigan sababsiz kayfichog‘lik 
ko‘p uchraydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish