Psixologiya faniga oid lug'at.
1.
Affekt
–
qisqa muddatda va shiddat bilan sodir boladigan hissiy, hayajonli jarayon.
2.
Aql - insonning manaviy
va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday bo’lsa, aynan
shunday holda bilish qobiliyati, mavhum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyati.
3.
Gallyutsinatsiyalar - insonda kasal paytidagi psixikasiga tasir etishi natijasida hosil boladigan mavjud
bo‘lmagan
, fantastik, xayoliy, uydirma obrazlar.
4.
Guruh -
umumiy bo‘lgan bir yoki bir necha belgilarga ko’ra birlashgan kishilar yig`indisidir.
5.
Diqqat - ongning muayyan obektlar
to‘plami
, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga bog`liq) tanlangan
holda
yo‘naltirilishidir
.
6.
Individ -
odamzodning vakili, o‘ziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam
.
7.
Iroda -
insonning o’z psixikasi va hatti
-harakatlarini ongli ravishda boshqara olishida namoyon
boladigan xususiyati (holati) dir.
8.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida uni faol tarzda
o‘zlashtirish
jarayoni.
9.
Liderlik -
guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va
qaramlik munosabatlaridir.
10.
Psixo analiz - ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik talimot.
11.
Psixodiagnostika (grekcha psyche ruh va diagnostikos bilishga qodir) - psixologik fan sohasi bolib,
shaxsning individual psixik xususiyatlarini o‘lchash va aniqlash
usullarini ishlab chiqadi.
12.
Referent guruh - (lot. Referens xabar beruvchi) kishi uchun
e’tiborli
bo‘lgan
, qadriyatlari, fikrlash
xulq-atvor, normalari va qoidalarini so
’
zsiz tan oluvchi va ularni
o‘zi
uchun qabul qiluvchi kishilar
guruhidir.
13.
Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan
iborat.
14.
Refleksiya -
aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi tog`risidagi obrazni shakllantirish,
jonlantirish.
15.
Sezgi-qozg`atuvchilarning idrok azolari retseptorlaritga tasiri tufayli vujudga keladigan, obektiv dunyo
xossalarining subektiv inikosidir.
16.
Sotsial muhit -
insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosi.
17.
Fantaziya - hayolning borliqdan, haqiqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.
18.
Xotira -
insonning o‘tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga
yo‘naltirilgan ko‘plab psixik jarayonlari, hatti
-harakatlari, holatlaridir.
19.
Shaxsiy kontakt -
o‘zaro
hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki ko
’
proq kishilardan
iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.
20.
Ehtiyojlar - inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur
bo‘lgan
yetishmovchilikni aks
ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |