nihoyatda chanqoqligiga qaramay, yonginasida turgan bir piyola
suvni bir soat ichida olib ichishga jazm qila olmagan.
Irodaning
bo‘shligi yoki yo‘qligi gipobuliya va abuliya deb ataladi.
Odamning irodasi tarbiya, o‘qish va mehnat faoliyatida vujudga
keladi va mustahkamlanadi. Turmushda uchraydigan qiyinchi-
liklar iroda bilan yengiladi. Bunda bolalikdagi tarbiyaning aha-
miyati beqiyos. Bolani yoshligida taltaytirib yuborib, unda
mehnatga havas uyg‘otmaslik, og‘zidan chiqishi bilan hamma
narsani muhayyo qilish irodasiz bo‘lib o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Bunday bolalar irodasiz bo‘lib qolishadi. Ular biror ishni mustaqil
bajara olmaydilar va yangi sharoitlarga tushib qolganda qiynalib
qoladilar. Va, aksincha, agar bolalar o‘z holiga tashlab qo‘yilsa,
ota-onasi va yaqin qarindoshlari ularga loqaydlik qilib tarbiyasi
bilan shug‘ullanmay qo‘ysalar, bu
ham salbiy oqibatlarga olib
keladi. Bolaning xarakteri, xulq-atvori yomonlashadi, unda yaramas
odatlar va salbiy mayllar paydo bo‘ladi.
Odamning ijobiy iroda fazilatlariga qat’iyatlilik, sabot-ma-
tonat, tashabbuskorlik, g‘ayratlilik, intizomlilik, mardlik va jasorat
kabilar kiradi. Mujmallik, bo‘shanglik,
dangasalik, tashabbus
ko‘rsata olmaslik, qo‘rqoqlik, shuningdek, qaysarlik va laqmalik
kabi odatlar odam xarakterining salbiy jihatlaridan sanaladi.
Psixopatologiyada patologik mayllar alohida o ‘rin tutadi.
Yeb bo‘lmaydigan narsalar (ohak, kesak)ni iste’mol
qilish
sog‘lom homilador ayollarda, bolalarda vaqtinchalik hodisa
sifatida kuzatilsa, shizofreniyada bu patologik mayllik ko‘p
uchrab turadi.
Tibbiyot xodimlari bemorlarning davolanish rejimiga rioya
qilishlari ustidan muttasil nazorat olib borishlari kerak. Oddiy
harakatlarni bajarishda ularni faollashtirish lozim. Bunga ana-
lizlarni o‘z vaqtida kechiktirmay topshirish, dori-darmonlar,
davolash muolajalarini qabul qilish kiradi. Ba’zan ularga od
diy topshiriqlarni berish va bu vazifalarning bajarilishini na-
zorat qilib turish kerak.
Katatonik buzilishlarga uchragan bemorlar kamdan kam
hollarda somatik shifoxonalarga tushib qoladilar. Ularni maxsus
malakaga ega hamshiralar parvarish qilishlari kerak. Ular ovqat
yeyishdan bosh tortadilar, shunga ko‘ra bunday bemorlarni
83
zo‘rlab ovqatlantirishga, ba’zan zond orqali yedirishga to‘g‘ri
keladi. Keyinroq ularni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazish
zarur. Bemorlar o‘z tashqi ko‘rinishlariga ahamiyat bermay
qo‘yadilar, gigiyena qoidalarini bajarmaydilar. Bunday hollarda
o ‘rta tibbiyot xodimi ularga talabchanlik bilan muomala
qilishi, ularning faolligini oshirishga harakat qilishi darkor.
Hamshiralar shifokor topshiriqlari va ko‘rsatmalarini og‘ish-
may ado etishlari tufayli bemorlarning dardiga malham bo‘-
ladigan zarur amallarni bajaradilar.
Bemorlarning xatti-harakatlarini sinchkovlik bilan o ‘r-
ganib, bu m a’lumotlarni muntazam yozib borish ham tib
biyot hamshirasining vazifalaridan sanaladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: